Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Reja


Download 212.5 Kb.
bet4/9
Sana18.12.2022
Hajmi212.5 Kb.
#1030697
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni

1.Tayyorlovchi xotirlash. Til yaxlit bir tizim bo`lib, uning barcha sathlari bir - biri bilan uzviy bog`liq. Shuning uchun xam tilning xar bir satx birligi serqirra, ko`p vazifali, ko`p ma’noli. Bu birlikning bir tomoni ma’lum bir bo`limda o`rganilsa, uning ikkinchi qirrasi, xususiyati tamoman boshqa bir bo`limda o`rganiladi. Chunonchi, bog`lovchilar, ularning ma’nolari va guruhlari morfologiya bobida o`rganilsa, ularning so`zlarni va gaplarni bir - biriga bog`lashi sintaksis bobida ko`rib chiqiladi. Demak, sintaksisni o`rganishda, bog`lovchilar haqida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarni o`quvchi xotirasida tiklash ehtiyoji tug`iladi. Tayyorlovchi xotirlash yangi bilimlarni egallash uchun asos vazifasini o`taydi.
2.Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash) Til sathlari o`zaro bog`lik bo`lgan yaxlit tizim bo`lsa ham, bu zanjirning har bir bo`g`ini nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo`g`ini alohida-alohida mavzular sifatida o`rganiladi. Chunonchi, bog`lovchilarning o`zi 5-6 mashg`ulotga bo`linib turlarga ajratilib o`rganiladi va mashg`ulotlarning oxirida umumlashtiruvchi xotirlash ishlari bajarilishi lozim. Umumlashtiruvchi xotirlash ishlari tilning uzluksiz tizimidagi ma’lum bir tizimchalar haqida yaxlit, to`liq ma’lumot hosil qilish uchun zarurdir va yakunlovchi sinov ishlari (yozma ish, yakuniy baho chiqarish, imtihon v.x.) bajarilishi shart.
Yangi bilim hosil qilish. Amaliy ishning bu turi tahliliy (induktiv) ta’lim usulining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib, o`quvchilar bu jarayonda avvalgi bilimlariga tayangan holda hodisalarni tahlil etadilar, ko`rsatilgan yo`llar asosida bu xodisalarni (mustaqil yoki o`qituvchi yordamida) guruhlarga ajratadilar, saralaydilar va xususiylikdan umumiylikni topishga kirishadilar. Bunday amaliy ishlar yangi bilim hosil qilishning asosiy usulidir.
Tadbiq. Tadbiqiy amaliy ishlar o`quvchilarni mashg`ulotda olgan bilimlarini amalga qo`llay bilish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantiruvchi mashqlardir. Bunday mashqlar mohiyatan ikki turli bo`ladi:
1) qisman ijodiy mashqlar;
2) ijodiy mashqlar.
Qisman ijodiy mashqlar o`rganilgan til hodisalarini qisman yangi sharoitda tadbiq etishni talab etadigan amaliy ishlardir. Bunday amaliy ishlarning tarkibida ma’lum darajada izlanish, ijodiy faoliyat ko`rsatish ehtiyoji bor. Mashq shartidagi ayrim ko`rsatmalar, o`qituvchi beradigan tavsiyalar yoki uning rahbarligida o`quvchilar bilan uyushtiriladigan o`zaro suhbat amaliy ishni qisman ijodiy qilib qo`yadi.
Ijodiy mashqlar esa o`rganilgan til hodisalarini tamomila yangi sharoitda ijodiy qo`llashni talab etadigan amaliy ishlardir. Mashq shartidagi noma’lumni izlab topish o`quvchidan ijodiy izlanishni talab etadi. Yangi o`rganiladigan til xodisalarini mustaqil ravishda guruhlarga ajratish, berilgan matnning til xususiyatlarini tahlil qilish orqali ma’lum bir yangi xulosaga kelish, o`qilgan badiiy asarga yoki kinofilmga taqriz yozish, uslub talabidan kelib chikib matn yaratish kabi ishlar amaliy ishlarning bu turiga kiradi. Ayniqsa matn yaratish egallangan bilim, ko`nikma va malakalarning so`nggi natijasidir.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling