Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Reja


Download 212.5 Kb.
bet1/9
Sana18.12.2022
Hajmi212.5 Kb.
#1030697
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni




Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi


Reja:

1. Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish.


2. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma.
3. Ona tili darslari.
4.Darsga umumiy tavsifnoma.
5.Ona tili darslarining turlari va qurilishi.

Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar qanday o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi.
Tekshirish o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan qanchalik foydalanishini aniqlashni ta’minlaydi. Bu, o’z navbatida, o’quvchilarning yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo’llanilgan metod va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi. Tekshirish o’quvchilar uchun, birinchidan, to’g’ri shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini yaxshilaydi, o’z-o’zini tekshirishni o’stiradi.
Maktab tajribasida tekshirish og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan bilim, ko’nikma, malakalar og’zaki va yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so’zni va gapni tahlil qila olishlari, bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshoga) tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. O’quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tek­shirib boriladi. O’qituvchi 1-sinfda o’quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o’rganilgan davrdagi yozma ishlarni tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi.
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko’chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda bir marta tekshiruv ishi o’tkaziladi. Bulardan tashqari, o’quv yili davomida bir necha martadan diktant, gram­matik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho o’tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo’lishi mumkin:




1-sinf

2-sinf

3-sinf

4-sinf

Nazorat diktant
O’quv yilining
I yarmida



25-30


40-45


55-70


O’quv yilining
II yarmida

15-20

35-40

45-50

75-80

Bayon



45-60

70-80

100-110


Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling