Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Reja
Download 212.5 Kb.
|
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona tili darslarining turlari va qurilishi Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, uni ikki katta guruhga ajratish mumkin
Darsni xulosalash jarayoni. Darsni xulosalash ham ancha mas’uliyatli jarayon bo`lib, u egallangan bilimlar amaliy faoliyatda sinalgandan so`ng o`tkaziladi. O`quvchilar darsning bu bosqichida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarga tayangan holda o`zlari ta’rif va qoidalar chiqaradilar.
Uyga vazifa berish darsni xulosalash bilan birga qo`shib olib boriladi, o`qituvchi uyga berilayotgan topshiriq sharti o`quvchilarga tushunarli bo`lishini ta’minlashi, zaruriyat tug`ilsa, uni bajarish usuli haqida qo`shimcha ma’lumot berishi zarur. Uy vazifasi darsning tarkibiy qismi bo`lganligi uchun ham u ko`ng`irok chalinmasdan oldin berilishi kerak. Vaqt taqsimoti ham dars samaradorligini ta’minlashning muhim omili sanaladi. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, uni ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) ta’limiy darslar; 2) nazorat darslari. Ona tilidan ta’limiy darslar. Ta’limiy darslarni katta guruhga ajratish mumkin: 1. Yangi bilim berish darslari. 2. Ko`nikma va malakalarni shakllantirish darslari. 3. O`rganilganlarni takrorlash darslari. 4. Xatolar ustida ishlash darslari. Yangi bilim berish darsi keng tarqalgan dars turlaridan biri bo`lib, bu darsda o`quvchilar yangi zururiy bilimlar bilan qurollantiriladi va o`rganilganlar yuzasidan dastlabki malakalar xosil qilinadi. Darsning bu turi uy vazifasini tekshirish, egallangan bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilish, darsni xulosalash, uyga vazifa berish singari unsurlarning yig`indisidan iborat: Yangi bilim berish darsi darsning boshqa bosqichlarida bajariladigan ishlarni o`ziga buysundiradi. Uy vazifasini tekshirish va o`rganilganlarni takrorlash yangi bilimlarni puxta egallashga tayyorlasa, mustahkamlash, xulosalash, uyga vazifa berish egallangan bilimlarni amaliyotda qo`llashga keng yo`l ochadi. Yangi bilim berish darslari bilimlarni tayyor holda bayon qilib berish emas, albatta. O`quvchilarning ijodiy fikrlashga tayanib ish ko`rishi yangi bilim berish jarayonida ham davom ettiriladi. Bu darslarda xam tushuntirish - namoyish etish metodidan kamroq, muammoli vaziyatlar yaratish, o`quvchilarni ijodiy faoliyat ko`rsatishga undovchi metodlardan ko`prok foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko`nikma va malakalarni shakllantirish darslari maxsus dars turi bo`lib, xajm jihatidan katta, o`rganilishiga 2-3 soat vaqt ajratilgan mavzular yuzasidan o`tkaziladi. Bu dars turi yangi bilim berishdan tashqari boshka barcha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Agar yangi bilimlar berish darsida qayta xotiralash xarakteridagi topshiriqlar qisman izlanuvchanlik va izlanuvchanlik xarakteridagi topshiriqlarga qaraganda qo`prok qismni tashkil etsa, bu darslarda shuning teskarisidir. Topshiriqlarning sharti xam bu darslarda ancha murakkablashadi. Har bir mashq uch-to`rt va hatto besh-olti topshiriqni o`z ichiga qamrab olishi mumkin. O`rganilganlarni takrorlash darslari bir necha soat davomida egallangan bilim, ko`nikma va malakalarni mukamallashtirishni nazarda tutadi. Takrorlash darslari o`quv yilining boshida, oxirida, yirik mavzular o`rganilgandan keyin va bo`limlar tugagandan so`ng o`tkaziladi. O`quv yilining boshida o`tkaziladigan takrorlash oldingi sinfda o`rganilgan materiallardan tashkil topadi. Til hodisalarini yaxlitligi, bir - biri bilan o`zaro chambarchas aloqadorligi o`quv yilining boshida oldingi sinfda o`rganilganlarni takrorlashni zaruriyatga aylantiradi. Chunki yangi o`rganiladigan materialllar oldin o`rganilganlarning mantiqiy davomi sanaladi. O`quv yilining boshida o`tkaziladigan takrorlash ham umumlashtiruvchi, ham tayyorlovchi takrorlash bo`lib, u nafaqat oldingi sinfda o`rganilganlarni xotirada tiklashga, balki navbatdagi sinfda o`rganiladigan materiallarga zamin xozirlashga xizmat qiladi. Bu turdagi takrorlash darslari uchun o`quv materialini o`qituvchi darslikdan tanlashi yoki o`zi tuzishi mumkin. Takrorlashning bu turini muvaffaqiyatli qo`llash uchun sinf o`quvchilarining o`quv imkoniyatlarini hisobga olish, qaysi til hodisalarini takrorlashga ko`prok ehtiyoj sezayotganligini nazarda tutish, zarurat tug`ilsa, darslikdagi qo`shimcha mashqlar shartiga qo`shimcha shartlar kiritish, ularni o`zgartirish, yangi mashqlar kiritish foydalidir. Takrorlash bitta bo`lim yoki katta mavzu doirasida tashkil etilishi mumkin. Bunda asosiy e’tibor nafaqat o`rganilganlarni takrorlash va mustahkamlashga, balki o`quvchilar bilimidagi bo`sh tomonlarni hisobga olib, bu bo`shliqlarni to`ldirishga qaratiladi. Keyingi yillarda takrorlash mashg`ulotlarini «Topqirlar bellashuvi» tarzida o`tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darsning bu shakli qiziqarli dars shakllaridan biri bo`lganligi uchun ham bu haqda batafsil to`xtalamiz. Xatolar ustida ishlash darslari o`quvchilar nutqida qo`yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etishni ko`zlaydi. Ona tili mashg`ulotlarida nafaqat xatoning oldi olinadi, balki yo`l qo`yilgan kamchiliklar bartaraf etiladi. O`qituvchilar ish amaliyotida xatoni tuzatishning ikki usulidan foydalaniladi: 1) xatoni tuzatib ko`rsatish; 2) xato haqida xabar berish. Xatoni tuzatib ko`rsatish usulidan, asosan, nazorat xarakteridagi yozma ishlarni tekshirishda foydalaniladi. Xato haqida xabar berish usuli eng samarali usullardan biri bo`lib, u ko`proq ta’limiy xarakterdagi yozma ishlarni tekshirishda qo`llaniladi. Omilkor o`qituvchilar ish amaliyotida xato haqida xabar berishning qo`yidagi usullaridan foydalaniladi: 1.«4»,«5» bahoda o`qiydigan o`quvchilarning yozma ishlarini tekshirishda, xato tuzatilmay, balki hoshiyasida shu qatordagi xatoning soni ko`rsatiladi. Bunda imlo xatolarini shartli ravishda I harfi bilan, tinish belgilarga oid xatolarni P harfi bilan, uslubiy xatolarni to`lqinli chiziq bilan belgilash mumkin. Masalan, daftar hoshiyasiga I-1 belgisi qo`yilgan bo`lsa, demak shu qatorda bitta imloviy xato mavjud. O`qituvchi shu qatorda joylashgan 4-5 so`zdan qaysi birida xato qilganligini o`zi aniqlaydi va tuzatadi. 2. «3» baho bilan o`qiydigan o`quvchilarning yozma ishlaridagi xatolar haqida xabar berish maqsadida xatoli so`zning ostiga chizish, lekin xatoni tuzatib ko`rsatmaslik usulidan foydalaniladi. Bu holda o`quvchi yo`l qo`yilgan xatoni barcha so`zlardan emas, balki ostiga chizilgan so`zdan izlaydi. 3. Bo`sh o`zlashtiradigan yoki o`z xatosini aniqlashda qiynaladigan o`quvchilarning yo`l qo`ygan xatolarini xatoli bo`g`in ostiga chizish bilan belgilash maqsadga muvofiqdir. O`quvchi belgilangan bo`g`indan o`z xatosini qidiradi. O`quvchilarning og`zaki javoblaridagi nutqiy xatolarni bartaraf etish yozma ishlardagi xatolarni bartaraf etishga qaraganda ancha murakkab, chunki yozma ishlardagi xatoni ko`rish oson, nutqdagi xatoni esa payqash qiyin. Tovushlarni noto`g`ri talaffuz etish, so`z urg`usini noto`g`ri qo`llash, gap urg`usiga rioya qilmaslik, gap ohangini buzish kabilar nutqiy xatolar bo`lib, uni bartaraf etish o`quvchi javobini diqqat bilan tinglashni, og`zaki nutq namunalarini birgalikda tahlil etishni talab etadi. Nutqiy xatolar ustida ishlashning eng samarali yo`li uni magnit lentasiga yozib olib, keyin o`quvchilar bilan birgalikda muhokama qilishdir. Xatoni bartaraf etishda o`quvchining ishtiroki qancha ko`paysa, uni bartaraf etish imkoniyati osonlashadi. Download 212.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling