Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Reja


To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma


Download 212.5 Kb.
bet2/9
Sana18.12.2022
Hajmi212.5 Kb.
#1030697
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni

To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma
Dars-o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. Bundan tashqari, fakultativ mashg`ulotlar, sinfdan tashqari mashg`ulotlar, o`quvchilar bilan yakkama-yakka ishlash, mustaqil ish, matbuot va ommaviy axborot vositalari, sayohatlar o`quv ishlarini tashkil etishning muhim shakllari sanaladi.
Ona tili darslari-o`quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli. O`quvchi ona tilidan zaruriy bilim, ko`nikma va malakalarini asosan dars orqali oladi.
Dars-bir xil sinfdagi o`quvchilar bilan qat’iy jadval asosida o`tkaziladigan mashg`ulot turi.
«Dars» va «Mashg`ulot» tushunchalari garchand bir-biriga yaqin bo`lsa-da, ammo ular bir ma’noni ifodalamaydi. Mashg`ulot-darsga qaraganda keng tushuncha. Agar dars belgilangan qat’iy jadval asosida va qat’iy vaqt ichida o`tkazilsa, mashg`ulot dars bilan bir qatorda o`quvchilar bilan birga yoki yakkama - yakka holda o`tkaziladigan ta’limiy ishlarni ham o`z ichiga oladi.
Maktab tarixida sinf-dars o`qitishning ishonchli va qulay usuli bo`lib, u davr sinovlaridan o`tgan va o`zini to`la oqlagan. Bu usulning qulayligi shundaki, o`quvchilar jamoa bo`lib o`qiydilar va bir vaqtning o`zida sinfdagi barcha o`quvchilarni zaruriy bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish imkoniyati tug`iladi.
Ona tili darsi o`quvchilarni nutq ko`nikmalari bilan qurollantirishning asosiy vositasidir.
Darsga ajratilgan vaqt 45 daqiqani tashkil etadi. Ona tili darslari oldiga muayayan talablar qo`yiladi. Bu talablar ona tili darsining maqsadiga bog`liq. Ma’lumki, boshqa o`quv fanlari singari ona tili mashg`ulotlari ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko`zlaydi.
Darsning ta’limiy maqsadi o`rganilayotgan til hodisasi yuzasidan o`quvchilarda puxta bilim, ko`nikma va malakalar hosil qilish, uni amaliy nutqiy faoliyatda qo`llash kabilarni talab etsa, tarbiyaviy maqsad shu til hodisasi orqali bolalarda milliy tilga muhabbat, uni puxta egallashga kuchli ishtiyoq, milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar ruhida tarbiyalashni asosiy talab darajasiga ko`taradi.
Rivojlantiruvchi maqsad o`quvchilarni mustaqil xulosalar chiqarish, yuzaga kelgan o`quv qiyinchiliklarini mustaqil ravishda yengish, o`zida qat’iylik, o`z nuqtai nazarini himoya qilishga o`rgatishni talab qiladi.
Keyingi yillarda ayrim maktablarda darslar 30 daqiqalik shaklda ham o`tkazilmoqda.

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling