Punktuatsiya mashqlari – o’quvchilarga tinish belgilarining qoidalarini o’rgatish maqsadida o’tkaziladigan turli mashqlar.
Punktuatsion savodxonlik – tinish belgilarini yozma nutqda tog’ri qo’llay olish malakasiga ega bo’lish.
Imlo (orfografiya) – to`g`ri yozishning qonun-qoidalari.
Punktuatsiya – tinish bеlgilari haqidagi bo`limda tinish bеlgilarini qo`llash qoidalari.
Orfoepiya – to`g`ri talaffuzda nutq tovushlari va so`zlarni to`g`ri aytish qoidalari.
Tamoyil – lotincha so’z bo’lib asos,q =oida, talab singari mahnolarni anglatadi.
So`z birikmasi – mazmun va grammatik tomondan bog`langan ikki so`z.
So`z birikmasi – mazmun va grammatik tomondan bog`langan ikki so`z.
Harf – nutq tovushlarining yozuvdagi shakli dеb ataladi. Nutq tovushlarini talaffuz qilamiz va eshitamiz. Harflarni esa ko`ramiz, yozamiz va o`qiymiz. Ma'lum tartibda joylashgan harflar qatori alifbo (yoki alfavit) dеyiladi.
Testlar
1. “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror qachon qabul qilindi?
A. 2017-yil 6-aprelda.
B. 2016-yil 6-aprelda.
C. 2017-yil 1-sentabrda.
D. 2016-yil 1-dekabrda.
2. Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
A. O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qila oladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish.
B. O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish.
C. O‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni rivojlantirish.
D. Ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
3. Yangi bilim berish darslari, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari, o‘rganilganlarni takrorlash, xatolar ustida ishlash kabi darslar ona tili darslarining qaysi guruhi ostida birlashadi?
A. Ta’limiy darslar.
B. Mustahkamlovchi darslar.
C. Yangi bilim beruvchi darslar.
D. Nazorat qiluvchi darslar.
4. Yangi bilim berish darslari, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari, o‘rganilganlarni takrorlash, xatolar ustida ishlash kabi darslar ona tili darslarining qaysi guruhi ostida birlashadi?
A. Ta’limiy darslar.
B. Mustahkamlovchi darslar.
C. Yangi bilim beruvchi darslar.
D. Nazorat qiluvchi darslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |