Mavzu: Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi Reja


Download 212.5 Kb.
bet6/9
Sana18.12.2022
Hajmi212.5 Kb.
#1030697
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni

Ona tilidan nazorat darslari. Nazorat darslari o`quvchilarning o`rganilgan materiallarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash, yo`l qo`yilgan imloviy, punktuasion va nutqiy xatolarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Ona tilidan nazorat darslarini uch turga ajratish mumkin:
1. Til hodisalarining o`zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat.
2. O`quvchilarning imloviy va punktuasion savodxonligi ustidan nazorat;
3. Nutqiy malakalarning egallanganlik darajasi ustidan nazorat.
Til hodisalarini o`zlashtirganlik darajasi ustidan nazorat berilgan tovush, so`z, gap, matnni tahlil qilish, so`zlarni muayyan xususiyatlariga qarab guruhlash, til hodisalarini qiyoslab, ularning o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash, umumlashtirish, qo`yilgan savollarga to`g`ri javob qaytarish, topshiriqlarni to`g`ri bajarish orqali aniqlanadi. Chunonchi, otlarning yoki sifatlarning ma’no guruhlari o`rganilgach, o`qituvchi oxirgi mashg`ulotni nazorat darsi sifatida rejalashtiradi.
O`quvchilarning imloviy va punktuasion savodxonligi ustidan nazorat, asosan ta’limiy diktantlar, shuningdek, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi.


Savol va topshiriqlar:
1. Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv ko’chirib yozishdan foydalaniladi.
2. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma
3.«Dars» va «Mashg`ulot» tushunchalariga izoh bering.
4. Ona tili mashg`ulotlari oldiga DTS talablari doirasida qanday didaktik talablar qo`yiladi?
5. Darsga umumiy tavsif bering.
6. Ona tili darslarining tarkibiy qismlarini ayting.
7. Takrorlash darslarini izohlang.
8. Yangi bilim berish darslarini izohlang.
9. Bilimlarni ko`nikma- malakaga aylantirish darslarini darslarini izohlang.
10. O`rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalashni darslarini izohlang.
11.Ona tili darslarining turlari va qurilishini ayting.
12. Ona tili darslarining maqsadi va tuzilishidan kelib chiqib, necha guruhga ajratish mumkin?
13. Ta’limiy darslar haqida so’zlang.
14. Nazorat darslari darslari haqida so’zlang.
15. Omilkor o`qituvchilar ish amaliyotida xato haqida xabar berishning qanday usullaridan foydalanadi?

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling