Mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar


Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu yosh(1)

 
Ilk bolalik davrida jismoniy rivojlanish 
Ilk 
bolalik 
davri: 
gо‘daklik 
davridan 
sо‘ng 
rivojlanishning 
yangi bosqichi - ilk bolalik (1-3 Yosh) davri boshlanadi.  
Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi 
psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu 
davrdagi rivojlanishning asosini bolaning tо‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va 
predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va tо‘g‘ri yura 
olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin 
bо‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar о‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan 
muloqotga kirishishga intiluvchan bо‘ladilar.  
Yurishni о‘rganish bolaning jismoniy о‘sishi uchungina emas, balki uning 
psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Bolaning mustaqil 
harakat qilishi – yurishi tufayli kо‘plab predmetlarga duch keladi, ularning 
nimalarga ishlatilishini «amal»da kо‘rib biladi va о‘zi ham ulardan kerakli о‘rinda 
foydalana boshlaydi. Bola yurishni о‘rgangach, fazoni ham bila boradi. Kichkintoy
bolalar «yaqindagi» fazoni qо‘llarining harakati yordamida bilib oladilar, bunda 
kо‘z ham ishtirok eta boshlaydi. Bog‘chagacha Yoshdagi bola «uzoqdagi» fazoni 
oriyentirovka qila boshlaydi. Bola yura boshlaganda, о‘z oyog‘i yordamida masofa 
va yо‘nalish bilan tanishadi, uning kо‘z, qо‘l va oyoqlarining о‘zaro kelishib 
harakat qilishi, boshlang‘ich kо‘z о‘lchovi о‘sadi hamda masofa va 
predmetlarning turgan joylarini birmuncha aniq aytib berish kо‘nikmasi vujudga 
keladi. 
Bog‘chagacha bо‘lgan Yosh davrining birinchi yarmida bolalar predmetlar 
bilan harakat qilib, tanishib boradilar. Harakatlarning barcha koordinatsiyasi bolada 
barqaror diqqatning rivojlanishiga, idrokning aniq bо‘lishiga va iroda kuchining 
о‘sishiga olib keladi. Ammo bolalarning harakatlari kattalarning harakatlariga 
taqlid qilish xarakteriga ega bо‘ladi. Biror bir harakatni о‘z vaqtida о‘zlashtirishi 
bilan bola uni asta-sekin mustaqil bajara boradi, bu harakat unda dadillik, ishonch 
va sabr-matonatlilik kabi ijobiy hislatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Bola 
hayotining uchinchi yilida, ya’ni organizmning intensiv о‘sishi va rivojlanishi 
davrida harakatlarning kam bо‘lishi bolaning umumiy о‘sishiga salbiy ta’sir etadi. 


Shu sababli asosiy harakatlar (yurish, yugurish, predmetlarga tirmashib chiqish) 
bilan birgalikda, qо‘l harakatlariiing ham tо‘g‘ri va о‘z vaqtida rivojlanishi haqida 
g‘amxо‘rlik qilish zarurdir. Bolaning harakatlarini asosan uning kundalik faoliyati 
jarayonida о‘stirib borishga e’tibor berish kerak. Masalan, mustaqil ravishda 
yuvinish, kiyinish, ovqatlanish, gigiyenik mashqlar, о‘yin va boshqalar. 
Hap xil harakatlarni bajarish va predmetlar bilan harakat qilish tevarak-
atrofdagi olamni bilishga olib keladi. Bola predmetlarning fazodagi о‘rni, joylanishi, 
sifati, hajmi, shakli va holatlari bilan tanishadi. Bularning hammasi sezgi 
organlarining о‘sishiga ijobiy ta’sir etadi. Bir Yoshlik bola nisbatan yaxshi 
rivojlangan sezgirlikka egadir. Bola bog‘cha davrining boshlanishida ba’zi 
tovushlarni, о‘ziga yaqin kishilarning ovoz tempini aniq ajrata oladi, ba’zi bir 
narsalarning ta’mi va hidini farq qiladi, ranglarni taniy boshlaydi. Bu Yosh davrida 
kо‘rish va eshitish analizatorlarining rivojlanishi ayniqsa yuksak darajaga etadi. Bo-
la asosiy ranglarni bir-biridan farq qiladi. Lekin bolaga ranglarning nomini aytishga 
qaraganda, ularni bir-biridan ajratish osonroqdir. Bolalar ranglarni bilsalar ham, bu 
sohadagi о‘z bilimlaridan etarli darajada yaxshi foydalana olmaydilar. Bolalar qizil 
rangni osonlik bilan ajrata oladilar-u, binafsha rangni ajratishda kо‘pincha 
yanglishadilar. Kо‘pincha bolalar har bir rangning tusini, tovlanishini yaxshi ajrata 
olmaydilar. 
Bu Yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obrazlarining bir-biriga 
о‘xshashib ketishi xarakterlidir. Masalan, ular olmani biladilar, olma bolaga bir 
butunligicha tanish, lekin bola olmaning rangini ham, shaklini ham alohida holda 
ajrata olmaydi. Predmetni har tomonlama kо‘ra bilish, ya’ni uni qismlarga ajratish, 
belgi va turlariga qarab farqlash — uni analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga 
butunlikni tushunish imkonini beradi. Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar bilan 
tanishtirganda, ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli, rangi va qismlariga e’tibor 
berish lozim. Mana shunday tarbiyaviy ta’sir natijasida bolalarning predmetlar 
haqidagi tasavvurlari о‘sadi. Bola bir yarim Yoshga borganda, о‘zlari tez-tez 
uchratib turgan predmetlarni, ularning rangi, hajmi, shaklining о‘zgarishidan qat’iy
nazar, xatosiz tanib oladilar. Bola ikki Yoshga tо‘lay deganda, tanish kuy va 
tovushlarni bilib oladi. Borliqni bilish jarayonida bola о‘z hayotida va tevarak-
atrofidagi kishilar turmushida о‘rnatilgan tartibni tushuna boshlaydi. Bu olamni 
bilishning eng muhim tomoni bо‘lgan zamon - vaqtni bilib olishi uchun asos bо‘ladi. 
Bolaning organizmi ma’lum tartibga kо‘nika boshlaydi, bu vaqt bilan tanishishdagi 
dastlabki qadamdir. Keyinchalik bolalar tabiat hodisalari va odamlarning kundalik 
hayoti singari tushunchalarni anglay boshlaydilar. Albatta, buning uchun kattalar 
bolalarning e’tiborini hayotning muhim belgilariga qaratishi lozim. Bolaning har bir 
sezgan va idrok etgan narsalari о‘ziga xos sezgilar bilan mustahkamlanishi kerak. 
Sо‘z bolaning kо‘rayotgan predmetlarini tushunib olishini osonlashtiradi, predmetni 
sо‘z yordamida bilib olish kо‘z va quloq ishini kuchaytiradi. 
Bolaning aqliy jihatdan о‘sishida makon va zamon haqidagi tushunchalarni 
anglashga yordam beradigan sо‘zlarni о‘zlashtirib olishi muhimdir. Predmetlar 
о‘rtasida mavjud bо‘lgan har xil fazoviy belgilarning (masalan, katta oraliq, tor 
oraliq) va turli fazoviy munosabatlarning nomlarini (о‘ngda, chapda, orqada, bir 
qatorda) bilib olish natijasida bolalar predmetlar о‘rtasidagi bu munosabatlarni 


ajratib olishga о‘rganadilar. Shu tariqa, nutq predmetlarning belgilarini 
differensiyalash va umumiylashtirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Lekin, shu bilan 
bir qatorda, sо‘z birinchi signal sistemasi bilan bevosita bog‘lanmog‘i lozim. Ikki-
uch yashar bolalardagi idrok о‘zining etarli darajada о‘smaganligi va beqarorligi 
bilan ajralib turadi hamda bir kuzatish obyektidan ikkinchi kuzatish obyektiga tez-
tez kо‘chib turishi bilan xarakterlanadi. Yaltiroq, chiroyli, kо‘zga tez tashlanadigan 
predmetlar bola diqqatini о‘ziga jalb qiladi. Bog‘chagacha bо‘lgan Yosh davridagi 
bolalar idroklarini qо‘yilgan vazifa asosida tashkil eta olmaydilar, ulardagi bu xil 
idrok juda qisqa muddatli bо‘ladi. О‘zlaridan uzoqda turgan predmetlarni idrok 
qilishda ayniqsa kо‘p xato qiladila. Bolada idrok asta-sekin mustaqillashib, ma’lum 
maqsadga tayangan bо‘ladi, kuzatuvchanlik rivojlana boradi. Bola о‘zini 
qiziqtirayotgan narsaga uzoq vaqt qarab, uni kuzatishi, о‘sha predmet tо‘g‘risida 
biror narsani sо‘rashi mumkin. 
Lekin bola hali predmet va hodisalarni har tomonlama kuzatib, uning asosiy, 
muhim tomonlarini ajratib, ayrim elementlarini о‘zaro bog‘lab olishning uddasidan 
chiqa olmaydi. Bolada kuzatuvchanlikni о‘stirishda sayr va ekskursiyalar muhim 
ahamiyatga egadir. Bunda bolalar kattalarning rahbarligida tevarak-atrofdagi 
predmet va hodisalarda о‘zlari uchun yangi bо‘lgan muhim va qiziqarli narsalarni 
aniqlashga о‘rganadilar. Rasmlarga qarash, о‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish 
idrokning о‘sishiga juda yaxshi ta’sir etadi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling