Mavzu: O’qish darslarini “odobnoma” darslari bilan bog’lab o’tishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni
Download 142 Kb.
|
Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning-1
Tajriba-sinov ishlari
Biz tajriba-sinov ishlarini boshlashdan oldin ushbu umumta’lim maktabida uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan boshlang’ich sinf o’ituvchilarining darslarini kuzatdik. Ularning odobnoma va o’qish darslari davomida o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashdagi pedagogik mahoratlari va tajribalari bilan yaqindan tanishishga harakat qildik. O’qish va odobnoma darslarini ko’zatish jarayonida har bir dars uchun tuzilgan reja-konspektlarini o’rganishga alohida ahamiyat berdik. Kuzatish shuni ko’rsatdiki, o’qish va odobnoma darslari doimo bir-biriga bog’lab o’tkaziladi. Har bir dars mashg’ulotlari davomida doimiy ravishda o’quvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash darsning asosiy maqsadi qilib olingan. Tajriba-sinov ishlarini quyidagi to’rt bosqichda amalga oshirishga harakat qildik: Birinchi bosqich: kuzatish bosqichi. Bu bosqichda biz umumta’lim maktabining ilg’or pedagoglarining odobnoma va o’qish darskarinin kuzatdik hamda ularning o’quvchilarni komil inson qilib tarbiylashdagi usul va metodlarini o’rganib olishga harakat qildik. Ikkinchi bosqich: Aniqlash bosqichi. Bu bosqichda biz o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini, axloqiy fazilatlarini qay darajada ekanligini bir necha usul va vositalar yordamida aniqlashga harakat qildik. Uchinchi bosqich: Tajriba bosqichi. Bu bosqichda biz o’qish va odobnoma darslarini integratsiyalsh yordamida o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashga harakat qildik. To’rtinchi bosqich: Tajriba natijalarini tahli qilish bosqichi. Bu bosqichda biz tajriba va hazorat sinfi o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini tajriba sinov ishlari davomida qay darajada rivojlanganini bir necha tekshirish usul hamda vositalari orqali tekshirdik va tekshiruv natijaarini tahlil qildik. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy dunyoqarashini, axloq-odobga doir bilim va ko’nikmalarini qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida quyidagicha savollardan iborat kartochkalardan foydalandik: Nima uchun mehnatkash odamlarni qadrlaymiz? Yolg’n gapirish mumkinmi? O’ri deganda nimani tushunasiz? Vatan deganda nimani tushunasiz? va hokazo. Biz tajriba va nazorat sinfi o’quvchilarini dastlabki bilim va ko’nikmalarini tekshirganimizda quyidagi natijalarni qayd etdik. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling