Mavzu: O’qish darslarini “odobnoma” darslari bilan bog’lab o’tishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni


Download 142 Kb.
bet20/27
Sana08.11.2023
Hajmi142 Kb.
#1756634
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning-1

1-sinf
Mavzu: Tabiatni asrang.
Maqsad: tabiat haqida tushuncha berish, tabiatni asrab-avaylashga o`rgatish, o`simliklarni parvarish qilishga o`rgatish;
daraxt, gullarni singdirmaslikni tushuntirish;
ifodali va tez o`qish malakalarini shakllantirish;
og`zaki bayon qilish qobiliyatini o`stirish;
tabiatni rasmda ifodalash va uni badiiy idrok qilishga o`rgatish.
Dars jihozi: tabiatni turli ko`rinishlari tasvirlangan plakat, tabiat va bolalarni tabiatga munosabati tasvirlangan rasmli tarqatmali qurol, rasm daftar, rangli qalamlar, darslik, rag`bat kartochkalar.
R eja:

  1. Tashkiliy qism. Mavzuni yozish (5 daqiqa);

  2. Mavzu bilan tanishtirish (10 daqiqa);

  3. Matnni o`qitish (10 daqiqa);

  4. Rasmlar asosida aqliy xujum (12 daqiqa);

  5. Rasm chizish (5 daqiqa);

  6. Uyga vazifa (3 daqiqa).

Dars mazmuni: O`qituvchi tashkiliy qismni o`tkazganidan so`ng mavzuni doskaga yozadi, turli tabiat mavzusidagi rasmlarni ham o`quvchilarga taqdim etadi. Ularga tabiat nima, uni asrash yo`llarini rasmlar asosida tushuntiradi. Odobnoma darsligidagi «O`simliklarni parvarish qilish» rasmi asosida o`quvchilar fikrini so`raydi, o`quvchilardan xohlaganlari rasmda nima tasvirlanganini og`zaki bayon etadilar.
- Bu rasmda bahorgi bog`lar, dala, daraxtlar tasvirlangan. Tog`larda qorlar bor. Bularning barchasi tabiatdir.
- Bu rasmdagi bolaning ismi Ne’mat. Ne’mat gullarni o`zib payxon qilyapti. Uning qilgan ishi tufayli gullar nobud bo`ladi. ne’mat odobsiz bola.
- Bu rasmdagi qizning ismi Asal. Asal xonadagi gullarga suv qo`yib, uni parvarish qilyapti. Asal odobli qiz.
O`quvchilar huddi shu tarzda rasmlarga ta’rif beradilar. So`ngra o`qituvchi o`qish darsligidagi «Ona yer» matnini o`qib mazmunini gapirib beradi va o`quvchilarga ham gapirtiradi. O`quvchilardan ayrimlariga matnni o`qitib chiqadi.
Navbatdagi topshiriqda har 2 ta o`quvchiga tabiat xodisalari, bolalarning tabiatga munosabati tasvirlangan tarqatmali rasm berib chiqiladi. Ular tezda rasmdagi voqeani tasvirlab, og`zaki bayon etadilar. SHu tariqa o`quvchilar rag`batlantirib boriladi.
Navbatdagi topshiriqda o`quvchilar oldilaridagi tarqatmali qurol asosida, rasm daftarlariga tabiatning biror belgilarini: gullar, daraxtlar, qushlar, tog`lar va boshqalarni chizishlari kerak bo`ladi. o`qituvchi ularning ishlarini nazorat qiladi.
Eslatma: rasm chizilganda uning to`laligicha chizilganiga emas, o`quvchi tasavvurida nimalar qolganligi aniqlanadi. CHunki bola qisqa vaqt ichida rasmni bo`yab ulgurmaydi.
O`quvchilar vazifani bajarishgach, ularning rasmlari baholanadi. Dars so`ngida o`qituvchi «Tabiatni asrang» mavzusidagi mujassam xulosani beradi va o`quvchilarni baholab chiqadi.
Uyga vazifa: «Ona yer» matnini o`qish, mazmunini gapirib berishga tayyorlanish. Tugallanmagan rasmlarini bo`yab, yakunlab kelish.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling