Mavzu: O’qish darslarini “odobnoma” darslari bilan bog’lab o’tishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni


Integratsiyalashgan o’qish va odobnoma darslarini samarali


Download 142 Kb.
bet18/27
Sana08.11.2023
Hajmi142 Kb.
#1756634
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning-1

2.3. Integratsiyalashgan o’qish va odobnoma darslarini samarali
tashkil etish usullari
Ma’lumki, ta’lim jarayonida qo`llaniladigan har qanday texnologiyalar o`quvchilarni faolligini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgandir. Buning uchun esa dars jarayonini o`quvchilarni qiziqishlari, intilishlari, xohish va istaklari, ehtiyojlari asosida tashkil qilinishi zarurdir. SHundagina ular berilgan bilimni puxta o`zlashtiradilar.
O`rganish bu keng ma’noda o`quvchilarning yangi bilimlarni o`zlashtirish jarayonidir. Lekin har qanday o`rganish o`quv faoliyati bo`la olmaydi. O`rganish o`quv faoliyati darajasiga ko`tarilishi uchun o`quvchilar bilimlarni egallash davomida ularni boyitadigan o`quv harakatlarining yangi usullarini o`zlashtirish, mustaqil ravishda o`quv topshiriqlarini belgilash, o`z-o`zini nazorat qilish o`v fz xususiy o`quv faoliyatini baholash mezonlarini bilishlari kerak.
Boshlang`ich ta’lim – alohida bilimlar tizimi emas, balki dunyo to`g`risida, jamiyat va insonning undagi o`zi to`g`risidagi umumlashtirilgan, yaxlit tasavvurdir. O`qitish natijasida bolada o`ziga xos dunyoqarash tarkib topadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari nazariy bilimlarining kuchayishi, ularning aqliy faoliyati, mantiqiy fikrlashning rivojlanishi, o`qitishning rivojlantirish printsipiga asoslanadi. Chunki hozirgi bosqichda boshlang`ich ta’lim uzluksiz ta’limning umumiy ta’limida muhim qism hisoblanadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida tabiat va jamiyat to`g`risidagi bilimlarni tarkib toptirish, o`quvchilarning ongini boyitish, bilimga qiziqishlarini oshirish; o`quvchilarni o`rta maktabning navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatli o`qishga tayyorlash, ularga muayyan bilim, ko`nikma va malakalar tizimini berish, ularni tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki bilimlar asosida dunyoning umumiy manzarasi bilan tanishtirish, ularda dunyoni yanada chuqurroq bilish uchun zarur ko`nikma va malakalarni shakllantirish, tevarak atrofga to`g`ri qarash hamda munosabatini tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshiradi. Boshlang`ich ta’limdagi kamol toptirish vazifasining mazmuni, o`quvchilarning bilish jarayonini faollashtirish, fikrlash mantiqini, tafakkur usullari, mushohada yuritish va xulosalar chiqarishni o`zlashtirishdan, o`qishga va atrofdagi olamni bilishga qiziqishni shaklantirishdan iborat. Har qanday o`quv materialini o`rganish o`quvchining kamol topishga, undagi fikrlash mantiqining bilish kuchlari va o`qish motivlarining rivojlanishiga ta’sir ko`rsatadi.
O`quv jarayonida o`qituvchi o`z o`quvchisini faol hayotga va o`z shaxsini namoyon qilish jarayoniga kiritib, ularning har birini beixtiyor faol aqliy jarayonga tayyorlaydi va shu yo`l bilan o`quv mashg`uloti qo`ygan maqsadni amalga oshirishga erishadi. Lekin bu maqsadlar ham samarali bo`lishi uchun darsni qanday hamda qaysi usullardan foydalanib tashkil etilishiga e’tibor qaratish lozim.
Integratsion texnologiya asosida o`tkaziladigan darslaor, aynan yuqorida ko`rsatilgan maqsadlarga erishishga yordam beradi. SHu bilan birga boshlang`ich sinf o`quvchilarini faolligini oshiradi.
To`g`ri, integratsion dars faqatgina fanlarning yoki mavzularning uyg`unlashtirilishi bilan samarali bo`lib qolmaydi. Chunki ushbu mujassam darsning samaradorligga erishish uchun maqsadlarni aniq qo`yish, darsni tashkil etishda interfaol metodlarni qo`llash muhim sanaladi. Bu usullar orqali uyg`unlashgan dars maqsadiga erishiladi va o`quvchilarning bilim olish jarayoni osonlashadi. Integratsion darsda bunday metodlarni qo`llash quyidagi sifatlar va malakalarni shakllantiradi:
- o`qituvchi va o`quvchining butun dars davomida birgalikda faoliyat yuritishi;
- dars jarayonda har bir o`quvchining faol ishtirok etishi;
- sinfda iliq-ruhiy muhit yaratish;
- beriladigan o`quv fani bo`yicha o`quv materiallarini ongli o`zlashtirish;
- shaxsning o`z qobiliyatlarini namoyon qilish va o`zining ichi imkoniyatlaridan foydalana bilish;
- guruh bo`lib faoliyat yuritish va shu guruhda yoqimli psixologik muhit yaratish;
- berilgan muammolarni hal qilishda o`zining shaxsiy farazlarini ilgari surish;
- muammolarni yechish jarayonida mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlay olish;
- guruh ichida shaxsiy ma’suliyatchilik hissini kamol toptirish;
- o`z faoliyatining samrali bo`lishiga qiziqish, o`zini xolis baholash;
- boshqalar fikrlarini baholashda tanqidiy yondashish;
- yangi vazifalarni yechishga o`z yondashuvini topa bilish qobiliyatini shakllantirish;
- mustaqil fikrlay olish va erkin faoliyatga, faollik ko`rsatishga intilish;
- o`zgalar fikriga hurmat qilish va fikrlarni xolis baholashga o`rganish;
- o`zaro yordam xissini shakllantirish;
- o`zaro fikrlashish, tajriba almashishni yo`lga qo`yish;
- o`z fikrlariga tayanish va fikrlarini isbotlovchi dalillar keltira olish;
- muammoni yechish jarayonida har bir o`quvchi o`zi bilgan, esga tushirgan, o`ylagan ma’loumotlariga tayanish;
- birgalikda aqliy bilim jarayonida fikrlashga tez kirishish;
- munozara jarayonida birgalikda o`qish muhokama qilish, e’tiroz bildirish;
- o`quv materiallari bo`yicha beriladigan bilimlarni chuqurlashtirish;
- o`zaro nazorat va guruhlararo nazoratni yo`lga qo`yish kabilar.
Integratsion mashg`ulotlarda o`qituvchi va o`quvchilar birgalikda faoliyat yuritadilar. Eng asosiy faoliyatdagi shaxs endi o`qituvchi emas, balki o`quvchilar bo`ladi. o`qituvchi esa ularni nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi shaxs hisoblanadi. Shu bois ham quyida biz muvofiqlashgan darslarda qo`llanishi mumkin bo`lgan interfaol usularning ayrimlari bilan tanishtirib o`tamiz.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling