Mavzu: O’qish darslarini “odobnoma” darslari bilan bog’lab o’tishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni


-sinf Mavzu: Istiqlolim bayramlari Maqsad


Download 142 Kb.
bet21/27
Sana08.11.2023
Hajmi142 Kb.
#1756634
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning-1

2-sinf
Mavzu: Istiqlolim bayramlari
Maqsad: Istiqlol, mustaqillik tushunchalarini mamunini o`rgatish;
eng ulug` kunlar, bayramlar haqida ma’lumot berish;
O`zbekiston Mustaqilligi kunining ahamiyatini o`rgatish;
tez va ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirish;
badiiy his-tuyg`ularini ifoday olishga o`rgatish.
Dars jihozi: O`zbekiston davlati tasvirangan plakatlar. Turli bayramlar tasvirlari, test tarqatmalari, darsliklar, rasm daftar, rangli qalamlar, oq qog`ozlar, rag`bat kartochkalari.
R eja:

  1. Tashkiliy qism. O`quvchilarni guruhga ajratish (3 daqiqa);

  2. «Tarmoqlar» usulidan foydalanish (7 daqiqa);

  3. Matn bilan tanishish (10 daqiqa);

  4. Matn mazmunini gapirish (8 daqiqa);

  5. Rasm chizdirish (10 daqiqa);

  6. Test o`tkazish (3 daqiqa)

  7. Uyga vazifa (4 daqiqa).

Dars mazmuni: tashkiliy qism qisqa vaqt o`tkazilgandan so`ng o`quvchilar 3 guruhga bo`linadilar. O`quvchilar guruhga bo`linganlaridan so`ng, har bir guruh aylana shaklda o`tirishlari lozim. SHundan so`ng o`qituvchi har bir guruhga oq qog`oz tarqatib chiqad iva ularga «tarmoqlar» usulidan foydalangan holda O`zbekiston bayramlarini yozib chiqish topshirig`i beriladi. O`quvchilar guruhlarda o`zaro maslahatlashib topshiriqni bajarib chiqadilar.
Vaqt tugagach har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, yozganlari bo`yicha taqdimot qiladilar. 3 ta guruh uchun 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Guruhlar rag`batlantirib boriladi.
O`qituvchi o`quvchilarni o`z fikrlarini bilganidan so`ng ular e’tibori odobnoma kitobidagi «Eng ulug` kunlar» matniga qaratiladi. O`qituvchi matn mazmunini. O`qish kitobidagi «Istiqlol» she’ri mazmuniga bog`langan holda tushuntirib beradi. SHundan so`ng uchala guruhdan 1 tadan o`quvchi chiqib, matn mazmunini gapirib beradilar va har bir guruhdan o`quvchilar sheriklariga qo`shimcha tarzda istiqlol bayramlari to`g`risida she’r va maqollar aytadilar. Mazmuniga ko`ra qo`shimcha tarzda o`z fikrlarini bildiradilar. Ishtirok etgan barcha o`quvchilar rag`batlantirib boriladi. Navbatdagi topshiriqla o`quvchilarga yakka tartibda rasm chizishlari aytiladi. Bunda o`quvchilar yurtimizda o`tkaziladigan bayramlar tasviri yoki bayram tabriknomasini chizishlari kerak bo`ladi. O`quvchilar ushbu topshiriqni 10 daqiqa davomida bajaradilar o`qituvchi ularni ishlarini nazorat qilib turadi.
Vaqt tugagach o`qituvchi o`quvchilarni chizgan rasmlarini ko`rib, ularni qanchalik tasavvur qilganliklarini aniqlaydi va rag`batlantirib chiqadi.
So`ngra, o`tilgan mavzuni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash maqsadida har bir o`quvchi test savollari yozilgan tarqatmali material beriladi. O`quvchilar test javobini shu qog`ozning o`ziga belgilaydilar va orqa qismiga ism familiyalarini yozib o`qituvchiga qaytarib beradilar. Test savollari har bir o`quvchi uchun 2 tadan iborat bo`ladi. shu bois ham o`quvchilar topshiriqni tezda bajaradilar.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling