Mavzu: O’qish darslarini “odobnoma” darslari bilan bog’lab o’tishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni


Test savollari quyidagicha bo`ladi


Download 142 Kb.
bet22/27
Sana08.11.2023
Hajmi142 Kb.
#1756634
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning-1

Test savollari quyidagicha bo`ladi:
1. Mustaqillik bayrami qachon nishonlanadi?
A) 1 sentyabr
B) 31 avgust
D) 1 oktyabr
2. 21 mart qanday kun?
A) Yangi yil
B) Navro`z bayrami
D) Mustaqillik kuni
3. Oilada qanday marosimlar o`tkaziladi?
A) To`y, tug`ilgan kun.
B) Mustaqililk bayrami
D) Hech qanday
O`quvchilar test savollariga javobni belgilab o`qituvchiga qaytarib bergandan so`ng, o`qituvchi darsga yakun yasaydi, mavzuga to`liqlik kiritadi va dars jarayonida ishtirok etgan barcha o`quvchilar baholanadilar. Baholash chog`ida test topshirig`ini bajarganlik darajasi ham hisobga olinadi va shu tariqa baholanadi.
Uyga vazifa: matnni o`qish, «Istiqlol» she’rini yodlash va biror bayramni o`tkazish haqida yozib kelish.
Mavzu: Hadislar yaxshilik sari chorlar.
Maqsad: «Hadis» nima ekanligini o`rgatish;
Yaxshi va yomon odatlarni farqini tushuntirish;
Yaxshilik eng yuksak fazilat ekanligini tushuntirish;
Yaxshilik va yomonlik odamdanligini o`rgatish;
Tez va ifodali o`qish malakalarini shakllantirish;
Yaxshilik va yomonlikni rasmda tasvirlashga o`rgatish;
Dars jihozi: Yaxshilik va yomonlik haqida ertak namunalari tasvirangan plakat, oq qog`ozlar, darslik, savollar yozilgan tarqatmali qurollar, rasm daftar, rangli qalamlar.
R eja:

  1. Tashkiliy qism. Guruhlarga bo`lish (3 daqiqa);

  2. B.B. usulini qo`llash (5 daqiqa);

  3. Matn bilan tanishtirish (10 daqiqa);

  4. B.B. usulini davomi (5 daqiqa);

  5. Guruhlararo maqol, hadislar aytish musobaqasi (13 daqiqa);

  6. Rasm chizish (7 daqiqa);

  7. Uyga vazifa (2 daqiqa).



Dars mazmuni: Tashkiliy qism o`tkaziladi va o`quvchilar 4 ta guruhga bo`linadilar. Har bir guruh aylana stol atrofida o`tiradilar. SHundan so`ng o`qituvchi har bir guruhga tarqatmali material beradi, ya’ni ikkita guruh «yaxshilik» deganda nimani tushunishlari haqida, yana 2 ta guruh «yomonlik»ka nimalar kirishini yozishlari kerak bo`ladi. buni o`quvchilar quyidagi jadvalning birinchi qismiga, faqat bilganlarini yozadilar.
Guruhlar o`zlariga berilgan topshiriqlarni bajarganlaridan so`ng, har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, yozganlarini taqdimot qiladilar. Har bir guruh ishtirokiga ko`ra rag`batlantiriladi.
O`qituvchi o`quvchilarni qanchalik bilimga ega ekanliklarini bilgandan so`ng o`qish va odobnoma darsliklaridagi «Hadislardan namunalar» va «Yaxshilik ham, yomonlik ham o`zingdan» matniga qaratiladi. O`qituvchi mazmunlarini uyg`unlashtirgan holda tushuntiradi, hayotiy misollar, ertaklardan namuna keltiradi. Ko`rgazmalar orqali qiyofalarni taqdim etadi. so`ngra o`quvchilar matn bilan mustaqil tanishib chiqishlari uchun vaqt beradi. O`quvchilar bir-biriga xalaqt bermagan holda matnni o`qib chiqadilar. SHundan so`ng oldin bilganlariga qo`shimcha yana nimalarni o`zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida guruhlarga B.B.B usulini davom ettirish va 2-qismini to`ldirib chiqishlari uchun vaqt beradi.
O`quvchilar vaqt tugagach yozganlarini taqdimot qiladilar. SHundan so`ng guruhlararo yaxshilik va yomonlik to`g`risida maqol va hadislar aytish musobaqasi o`tkaziladi. Bunda eng ko`p aytgan guruhlar rag`batlantiriladi. Misol: Hadisdan.
«Bir-biringiz bilan salomlashib yuringlar. SHunda o`rtalaringizda mehru-muhabbat uyg`onadi»
«Tangri sahiydir. Sahiylarni do`st tutadi. Axloqli, oliy kishilarni yoqtirib, axloqsizlarni yoqtirmaydi».
«Yaxshilikning evazi, yaxshilik bo`lishi kerak».
Guruhlar ishtiroklariga ko`ra rag`batlantiriladi. Navbatdagi topshiriqda guruhlar o`zaro kelishib, yaxshilik va yomonlik haqida o`qigan ertak, hikoyalari qahramonlarini tasvirlashlari va u qaysi asarga tegishli ekanligini aytishlari kerak bo`ladi. Rasm chizishlari uchun vaqt ajratiladi. O`qituvchi ularning ishlarini nazorat qilib turadi.
Vaqt tugagach o`quvchilar qaysi qahramonlarni ifodalaganlarini aytadilar va eng yaxshi tasvirlar baholanadi. SHu tariqa dars yakunlanadi. Darsning so`ngida o`qituvchi darsga xulosa qiladi va ishtirok etgan o`quvchilarni baholaydi, g`olib guruhni aniqlab, rag`batlantiradi.
Uyga vazifa: Hadis, maqollardan o`rganish, matnni o`qish. Yaxshilik va yomonlik to`g`risida hayotiy voqealardan matn ko`rinishida yozib kelish.

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling