Mavzu: O‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni


Sinf rahbarning o‘quv-tarbiviy ishlarni tashkil etish metodikasi


Download 471.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana07.01.2023
Hajmi471.82 Kb.
#1082143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni

Sinf rahbarning o‘quv-tarbiviy ishlarni tashkil etish metodikasi 


Sinfda ta‟lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va rahbarlik qilishda asosiy yetakchilik 
vazifasini sinf rahbari bajaradi. 
Sinf rahbari maktabda muhim va mas‟uliyatli vazifani ado etadi. U sinfda tarbiyaviy ishlar 
tashkilotchisi hamda o„quvchilarning murabbiysi hisoblanadi. U o„z sinfidagi o„quvchilar
jamoasini uyushtiradi va tarbiyalaydi, o„qituvchilar, bolalar yetakchisi hamda «Kamolot» yoshlar 
ijtimoiy harakati, o„quvchilarning ota-onalari hamda jamoatchilik olib boradigan tarbiyaviy 
ishlarni umumlashtiradi. 
Keyingi yillarda sinf rahbarlarining tarbiyaviy ish faoliyati yangi-yangi shakl va uslublar 
bilan boyitilmoqda. Darsdan tashqari vaqtlarda tarbiyaviy ishlar o„tkazishda maktab bolalar 
yetakchisi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati roli ancha oshdi. Bu tashkilotlar maktabda, 
shuningdek, bolalar yetakchisi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda 
sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashabbuskori va tashkilotchisi bo„lib chiqmoqdalar. Shuning 
uchun sinf rahbarlari bu tashkilotlar bilan mustahkam aloqa bog„lab, tarbiyaviy ishlarni yo„lga 
qo„yishning ko„pgina masalalarini ular bilan hamkorlikda hal etmoqdalar. 
Sinf rahbarlari ish-faoliyatining mazmuni ham kengayib bormoqda. Hozirgi davrda 
ijtimoiy hayotning tez sur‟atlar bilan o„sib borayotganligi, sinf rahbarlaridan o„quvchilarga 
tarbiya berish, ularda istiqlol g„oyalariga e‟tiqodni tarkib toptirish hamda ularning ijtimoiy 
faolligini oshirish borasidagi ishlarini yaxshilash, takomillashtirishlarini taqozo etadi. 
Maktab direktori tajribali va obro„li o„qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar 
hayotini yo„lga qo„yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas‟uliyati, sinfdagi o„quv-
tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o„quvchilarni har tomonlama kamol 
topishi to„g„risida, ularni mehnatsevarlik, jamoada o„zini tutish ruhida tarbiyalash to„g„risida, 
o„quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustahkamlash to„g„risida g„amxo„rlik 
qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas‟ul 
shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldida, xalq ta‟limi bo„limlari oldida o„ziga 
topshirilgan sinfda ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va 
yo„lga qo„yilishi uchun javobgardir.
Sinf rahbarining asosiy vazifasi o„quvchilarga tarbiya berish va ularni do„stona bir jamoa 
qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, o„z sinfidagi o„quv ishlari, o„quvchilar bilim darajasini 
oshirish masalalari ham uning e‟tiborini jalb etadi. Ammo bu masalalarni hal etishga u avvalo 
tarbiyachi sifatida yondashadi. U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o„quvchilarda o„quv 
vazifasiga nisbatan ongli va mas‟uliyat bilan munosabatda bo„lishni tarbiyalash, o„qishda 
o„quvchilarning o„zaro yordamini yo„lga qo„yish, ularni “Umumiy o„rta ta‟lim maktabining 
namunaviy ustavi”ga rioya qilishga o„rgatish va shu kabilar) ta‟lim berish sifatini oshirishda shu 
sinfda dars beradigan barcha o„qituvchilarga yordam beradi.


Agar sinf rahbari sinfni dastlab qabul qilayotgan bo„lsa, u yil boshidayoq barcha 
o„quvchilar to„g„risida umumiy ma‟lumotlar olishga harakat qiladi. O„ni taxminan shunday 
savollar qiziqtiradi: o„quvchi qaerda yashaydi; uning ota-onasi qaerda ishlaydi, u yashaydigan 
oila sostavi, uning moddiy jihatdan ta‟minlangan-ta‟minlanmaganligi, madaniy darajasi, ota-
onasining ijtimoiy faoliyati, oiladagi muhit, oilada o„zaro munosabatlar, bolaning oilada 
tarbiyalanganligi, bolaning kundalik tartibi va turish-turmushi, uning ish joyi bor-yo„qligi, 
bolaning uy mehnatiga ishtiroki, bolaning maktabdan tashqaridagi do„stlari va tanishlari, 
o„quvchi salomatligi (maktab hashirasi ma‟lumotlariga ko„ra). Albatta bu savollarning 
hammasiga birdaniga javob olish mumkin bo„lmaydi. Bularning ko„plariga javoblarni asta-
sekinlik bilan to„plab borish mumkin bo„ladi.
Sinf rahbari sinfdagi o„quvchilarning qobiliyati, istak-xohishiga qarab ularni to„garaklarga 
jalb etadi. Haftada bir marta o„tkaziladigan ma‟naviyat soatlarini to„g„ri tashkil etib, unga 
haqqoniy yondoshishi lozim. Sinf rahbari qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga 
rahbarlik qilishidan qat‟iy nazar, o„quvchi shaxsini kamol toptirishi lozim. Sinf rahbarligi har 
qaysi o„quvchini alohida–alohida o„rganishdan boshlanadi. Ma‟naviyati boy bo„lgan sinf rahbari
o„quvchilar bilan alohida-alohida ishlashni mohirlik bilan qo„llashi kerak.
U o„quvchi yoshlarni erkin fikrlashga, hayot mazmunini tushunib olishiga, o„z-o„zini 
idora va nazorat qila bilishiga ko„maklashadi. O„quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, 
Vatanimizning boy ma‟naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni 
egallashga bo„lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora boyitib borish va 
estetik tushunchalarini shakllantirishga yordam ko„rsatadi. 
Sinf rahbari ota-onalar bilan yaqindan aloqada bo„lsa, uning sinfidagi o„quvchilarning 
faolligi oshadi. 
Tajribalar shuni ko„rsatadiki, ilg„or sinf rahbarining olib borayotgan ishiga nazar 
solsangiz, u ota-onalar bilan bir oyda yoki ikki oyda bir uchrashadi. Bu sinfda davomat, 
o„quvchining faolligi, ustozga bo„lgan hurmatini oshiradi. 
Sinf rahbari faqatgina o„quvchilar bilangina emas, balki o„qituvchilar, ota-onalar, davlat 
va nodavlat tashkilotlar bilan ham ish olib boradi.
Sinf rahbari darslarga kiradi, kuzatadi va o„z sinfidagi o„quvchilar bilan birgalikda sinfda 
o„quv ishlari sifatini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi. 
Sinf rahbari o„z ishlarini maktab ma‟muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari bilan 
hamkorlikda olib boradi. Shuning uchun uning faoliyatini rivojlantirish umummaktab hamda 
bolalar va o„smirlar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati ishining rejalashtirilishi bilan uzviy 
bog„langandir.


Sinf rahbarining ish rejasi lo„nda va tushunarli holda yozilishi lozim. Unda bajariladigan 
tadbirlarning muddati aniq ko„rsatilishi lozim. 
Ish reja o„quv yiliga tuzilib, shu asosda yarim yillik, choraklik, haftalik ish reja tuziladi.
Ish reja qisqa, lo„nda va tushunarli holda yozilishi lozim. Unda bajariladigan tadbirlarning 
muddati aniq ko„rsatilishi lozim. 
Ish reja o„quv yiliga tuzilib, shu asosda yarim yillik, choraklik, haftalik ish reja tuziladi.
Sinf rahbari o„z tarbiyaviy ish rejalarida quyidagi vazifalarni va asosiy yo„nalishlarni aks 
ettirishlari muhimdir: 
sinfdagi har bir o„quvchiga tavsifnoma; 
o„quvchilar to„g„risida to„liq tahlil (diagnostikasi);
o„tgan o„quv yilidagi tarbiyaviy ish jarayonining tahlili va yangi o„quv yili vazifalari; 
sinf o„quvchilarining bilim samaradorligining tahlili; 
sinf o„quvchilarining jamoa ishlarida faol ishtiroki (qanday yangilik bilan o„quvchi jamoa 
ishida ishtirok etmoqchi); 
bolalar va o„smirlar uyushmasi bilan olib boriladigan ishlar;
o„quvchilarga ma‟naviy-ma‟rifiy yo„nalishda tarbiya berish, ularda ilmiy dunyoqarashni, 
yuksak fuqarolik fazilatlarini tarkib toptirish, onglilik va faollikni rivojlantirish, ularni milliy 
istiqlol g„oyasi ruhida tarbiyalash; 
o„quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ularning Vatan oldidagi burchi va mas‟uliyatlarini 
oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; 
mehnat tarbiyasi berish, jamiyat rivoji yo„lida mehnat qilish xislatlarini rivojlantirish; 
estetik tarbiya berish, o„quvchilarning badiiy didlarini va ularning go„zallikni tushunish, 
qadrlash hamda yaratish malakalarini rivojlantirish; 
jismoniy tarbiya berish, o„quvchilarning jismoniy jihatdan o„sishlari uchun sharoit 
yaratish, ularda sanitariya-gigiena ko„nikmalari hosil qilish; 
o„quvchilarning umumiy madaniyatini rivojlantirish, ularning aqliy talablarini, faolliklarini 
va ijodkorliklarini oshirish, madaniy axloqlarini tarbiyalash; 
huquqiy madaniyatni shakllantirish; 
iqtisodiy tarbiya; 
ekologik tarbiya; 
o„quchilar ongidagi hamda xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarni bartaraf qilish; 
ota-onalar va mahalla bilan ishlash («Oila, mahalla, maktab konsepsiyasi» asosida). 
tarbiyasi og„ir va pedagogik nazoratdan chetda qolgan hamda salomatligi nochor 
o„quvchilar bilan ishlash. 


o„quvchilar bilan hamkorlikda bolalarni o„qishga ongli munosabatda bo„lishga hamda 
ularning o„qishlarini nazorat etish;
o„quvchilarning darsdan bo„sh vaqtlaridan to„g„ri foydalanishini va ularning ijodiy 
qobiliyatlarini o„stirishi va har tomonlama kamol toptirishga yordam berishi; 
o„quvchilar bilan olib boradigan har xil tadbirlarni davlat va nodavlat tashkilotlar bilan 
hamkorlikda o„tkazish va boshqalar; 
Yosh avlodni milliy istiqlol g„oyasi ruhida tarbiyalashning yuqoridagi sanab o„tilgan 
vazifalari o„quvchilarning yosh xususiyatlariga, ularning qay darajada tarbiyalanganliklariga 
qarab, har bir sinf jamoasining ahvoli va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda amalga 
oshiriladi. Tarbiya ishlarini rejalashtirish va tashkil etishda tarbiyaning imkon boricha asosiy 
vazifalarini qamrab olishga harakat qilish juda muhimdir. 
Mamlakatimizda
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy o„zgarishlar amalga 
oshirilayotgan hozirgi sharoitda yoshlarimizning bilim darajasi yil sayin oshib bormoqda. Ular 
ko„p narsalar biladilar va yana ko„p narsalar bilishga harakat qiladilar. Biroq 
o„quvchilarimizning, shuningdek maktabni bitirib hayotga qadam qo„ygan yoshlarimizning ba‟zi 
bir qismi xulq-atvorida intizomsizliklar, o„z vazifasiga mas‟uliyat bilan qaramaslik, xulq-atvor 
qoidalarini buzish, xudbinlik, qo„pollik va bezorilik singari holatlar uchramoqda. Biz bu 
holatlarga befarq, loqayd qarab tura olmaymiz. 
Albatta, o„quvchilarga ishonish ularga nisbatan yuksak talabchanlikni rad etmaydi, balki 
buni shart qilib qo„yadi. Bolalarga, o„smirlarga va yigit-qizlarga nisbatan talabchanlik va shu 
bilan birgalikda mehribonlik va g„amho„rlik munosabati ularning doimiy suratda axloqiy va 
g„oyaviy kamol topib borishlarini ta‟min etadi. O„quvchilarning qo„llaridan keladigan ishlarni 
ado etishlari o„zlarini tutib olishga, o„z hatti-harakatlarini boshqarishga o„rgatadi, ularning iroda 
hamda xarakterlarini tarkib toptiradi. Mana shuning uchun ham sinf rahbari o„quvchilardan 
doimo ularning imkoniga yarasha talablar qo„yib borishi, ularning lapashangliklariga va 
injiqliklariga yo„l qo„ymasligi kerak. O„quvchilarning har qanday xohish va istaklarini bajo 
keltiraverish mutlaqo yaramaydi. Ayni vaqtda bolalarga nisbatan g„amxo„rlik va mehribonlik 
bilan munosabatda bo„lish, ularni oqilona seva bilish kerak. Mana shunday sharoitda sinf rahbari 
va o„quvchilar orasida o„zaro ishonch muhiti yuzaga keladi. 
O„quvchi xulq-atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish, o„z-o„zidan ma‟lumki, o„quvchilar 
xulq-atvoridagi kamchiliklar va salbiy xususiyatlarni nazardan soqit qilish mumkin degan 
ma‟noni anglatmaydi. Biroq bu kamchiliklarni ortiq darajada qayd qilaverish, bu kamchiliklarni 
har qadamda ularning yuziga solaverish ham yaramaydi. Ko„pincha xatolarini yuziga solib 
turiladigan bolalar o„zlariga tuzalmas deb qaray boshlaydilar. Ular o„zlariga, o„z kuchlari va 


imkoniyatlarga ishonchni yo„qota boshlaydilar. Hamisha bolalardagi ijobiy xislatlarni aniqlab, 
bulardan tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatish uchun tayanch sifatida foydalanishga harakat qilish kerak. 
Talabchanlik tarbiyalanayotganlar xulq-atvorini nazorat qilib borishni taqozo qiladi. 
O„quvchilar xulq-atvoridagi ko„pgina kamchiliklarni, ularning intizom va tartib-qoidalarni 
buzishlarini maktab, oila, bolalar va yoshlar tashkilotlarining nazorati tufayli bartaraf qilish 
mumkin bo„ladi. Bu nazorat ular orqasidan yurib, kamchiliklarini aniqlashdan iborat bo„lmasligi 
kerak, albatta. Uni o„quvchilarning g„ashiga tegadigan voqelikka aylantirib yubormaslik kerak. 
Prezident Islom Karimov «Eng asosiy mezon-hayot haqiqatini aks ettirish» risolasida «… 
ma‟naviyatni yo„qotsak, o„zimizni va o„zligimizni yo„qotamiz. Ma‟naviyatni yuksaltirsak, o„z 
murod-maqsadimizga yetishda kuchli madad topamiz. 
Hozirgi kunda g„oyaviy muxoliflarimiz, ma‟naviyatimizga qarshi kuchlar aholimizga
ayniqsa yoshlarimizga nisbatan axborot xurujlari uyushtirishga, «ommaviy madaniyat» 
shaklidagi puxta niqoblangan tahdid va ta‟sirlar o„tkazishga urinmoqda»,-deb bayon etgan. 
Bunday illatlar o„zbekona qadriyatlarimizga yot bo„lib, xalqimizning tafakkuriga, axloq-
odobiga, kiyinishi, o„zaro muomalasi, oilaviy munosabatlariga jiddiy salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Ayrim qizlarimizning beli ochiq kiyimlarni kiyib ko„chada yurishlari, yoshlarimizning jamoa 
joylarda semichka chaqishlari, sigareta chekishlari, qo„l telefonlaridan baland ovozda qo„pol 
gapirishlari milliy qadriyatlarimizga yotdir. 
Yaxshi xulq, jamoatchilik joylarida o„zini to„g„ri tuta bilish, tashqi qiyofa, muomala 
madaniyati kabilar inson uchun ulug„ fazilat. 
Biz doimo kundalik hayotda, ishda, o„qishda, ko„chada, mehmondorchilikda, turli rasmiy 
tadbirlarda o„zimizni to„g„ri tutishni bilishimiz kerak. Sinf rahbarlari har haftada o„tkazadigan 
tarbiyaviy soatlarda bu muhim yo„nalishlarga alohida ahamiyat berishlari lozim. 
Tarbiya ishiga pedagogik rahbarlik qilish–murakkab ish. O„quvchilar foydali mashg„ulotlar 
va o„zlariga xush keladigan ishlar topib olishida, o„qishdan tashqari vaqtlarini yo„lga qo„yishda 
ularga yordam berish, o„z-o„zini tarbiya qilish ishlarida ko„maklashish lozim. 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishining asosiy mazmuni o„quvchilarning yosh xususiyatlariga mos 
bo„lishi kerak. Masalan, yuqori sinflarda o„quvchilarning turli kasblarga qiziqishlarini tarkib 
toptirish ko„p o„rin ishg„ol qilishini hisobga olish kerak. Yigit va qizlarni kim bo„lishlari 
to„g„risidagi masalagina emas, balki qanday kishi bo„lishi, biron bir kasb uchun qanday xislatlar 
kerakligi to„g„risidagi masala ham qiziqtiradi. Shuning uchun ham VIII-IX sinf rahbarlari 
ko„pincha o„z rejalarida o„quvchilarni kasbga yo„llash, kasb tanlashda ularga yordam berish 
singari ishlarni amalga oshirishni belgilab olishlari kerak. 
Kichik yoshdagi o„quvchilarga tarbiya berishda ularda e‟tiqod, ishonch hosil qilishga 
qaraganda ularga o„rgatish birmuncha ko„p o„rin ishg„ol etadi. Quyi sinflarda bolalar mehnat 


faoliyatini yo„lga qo„yishning o„yin shakli va pedagogik ta‟sir etishning ishontirish hamda 
ta‟qiqlash usullari katta o„rin tutadi. 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni yo„lga qo„yish jarayonida o„quvchilarning faqat yosh 
xususiyatlarinigina emas, balki ularning yakka tartibda xususiyatlarini ham xisobga olishi kerak. 
Ma‟lumki, bolalar bir-birlaridan o„z xulqi bilan, xarakteri bilan, o„z qobilyatlari, nimaga 
qiziqishlari, qanday ishga moyilliklari bilan ajralib turadilar. Ulardan har qaysisining o„z fikri, 
kechinmalari, orzu-havaslari bo„ladi. O„quvchilarning yakka tartibda
xususiyatlarini o„rganish 
shuni ko„rsatadiki, bir xil o„quvchilar kattalar ta‟siriga osonroq beriladilar, ikkinchi birlari esa 
qiyinroq beriladilar. Ba‟zi o„quvchilarga ishonch bildirilganda, ularga biror iltimos bilan 
murojaat qilinganda, ular bu ishni astoydil, diqqat-e‟tibor bilan tez bajaradilar, boshqa birlariga 
esa faqat buyurish ta‟sir etadi. 
Tarbiya jarayonida o„g„il bolalarga va qizlarga xos xususiyatlarni ham hisobga olish kerak. 
Ba‟zi bir maktablarda hozirgi kunda o„g„il bolalarning ijtimoiy faolligi susayib borayotganligi 
ko„zga tashlanmoqda. Jamoat ishlariga aksariyat qizlar ishtirok etmoqda. Bu hol ayrim 
maktablarda bolalarni qiziqtiradigan turizm, texnika-modelchilik va boshqa ishlarni tashkil 
etishga kam e‟tibor berilayotganligi bilan izohlanadi. O„g„il bolalar o„zlari sevgan ishlar bilan 
shug„ullanib, hamma vaqt ham mas‟uliyatni his etadigan tashkilotchilik rolini bajaravermaydilar. 
Ular faqat ijro etuvchilik vazifasinigina bajarib qolmoqdalar. Bu hol ularning jamoat faolligining 
pasayib ketishiga olib kelmoqda. Tarbiya berish san‟ati o„quvchilarni o„zlari uchun foydali va 
qiziqarli bo„lgan ishlarni topib va bu ishlar ustida mustaqil fikr yuritib, ijodiy tarzda tashabbus 
ko„rsatishga undashdan iboratdir. 
Tarbiyachi qanday sharoitda ishlamasin, u qanday sinfga rahbarlik qilmasin, butun 
e‟tiborni o„quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirishga qaratishi kerak.
Sinf rahbari ishining barcha turli-tumanligi uning butun o„quvchilar jamoasiga va alohida 
har qaysi o„quvchiga qiladigan ta‟sirini o„z ichiga oladi. Agar bu ta‟sirlar yaxshi o„ylangan 
hamda bunyodkorlik yo„nalishiga qaratilgan xarakter kasb etsa, ularning samaradorligi ko„p 
darajada oshadi. 
O„quvchilar bilan yakka tartibda ish olib borish sinf rahbari faoliyatida katta o„rin tutadi. 
U o„z tarbiyaviy ishini asosan o„quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalashga qaratar ekan, 
bu jamoadagi alohida o„quvchilarning o„ziga xos xususiyatlarini hisobga olmasligi mumkin 
emas. 
O„quvchilar bilan yakka tartibda ish maktabda, shuningdek, o„quvchi uyiga borib ham 
olib boriladi. Sinf rahbari o„quvchining uyiga borib u bilan suhbat olib borganda, ota-onalar 
yordami va qo„llab-quvvatlashiga tayanadi. 


O„quvchilarni tarbiyalashda ijobiy ibratli misollardan keng foydalanish odat bo„lib 
qolgan. Ibratli misollar o„z ko„rgazmaliligi bilan ta‟sir etadi. Bu ibratli misollar kuchi ularning 
bolalarga qanchalik yaqin va tushunarli, ular uchun qiziqarli bo„lishiga bog„liq. 
O„quvchilarni yaxshi, namunali xatti-harakati uchun rag„batlantirish, ularni 
quvvatlovchi fikr-mulohazalar aytish shakllarida o„z ifodasini topadi. Ba‟zi hollarda xatti-
harakatida muhim yutuqlarga erishmagan, ammo bunga harakat qiladigan, o„zini yaxshi tutishga 
tirishadigan o„quvchini quvvatlash foydalidir. Quvvatlash o„quvchini tetiklashtiradi, uning xulq-
atvorini yaxshilashga yordam beradi. 
Sinf rahbarining o„quvchilarga ko„rsatadigan tarbiyaviy ta‟sir kuchi ko„p jihatdan uning 
ma‟naviy kamolotiga bog„liqdir. Tarbiyachi shaxsi, uning ma‟naviy qiyofasi o„quvchilar ongi va 
xulq-atvorining shakllanishida hal qiluvchi ta‟sir ko„rsatadi. Bu ta‟sirning ahamiyatini hech narsa 
bilan taqqoslab va hech narsaga bog„lab bo„lmaydi. 
Sinf rahbari o„quvchilarga mehribon bo„lishi, ularga diqqat bilan e‟tibor berishi, 
yordamga muhtoj o„quvchilarga ko„mak ko„rsatishi, har bir o„quvchiga yakka holda yondosha 
olishi lozim. Shu asosda ularda milliy g„urur, Vatan tuyg„usi, vatanparvarlik, tevarak-atrofga 
mehr-muhabbatli, do„stlik, har qanday topshiriqqa mas‟uliyatli, ishbilarmonlik kabi xislatlarni 
uyg„ota olish bilan o„quvchilarga o„rnak bo„lishi lozim. 
Bolalarni sevish, hurmat qilish va shu bilan birga, ularga nisbatan yuksak haqqoniy 
talabchanlik qilish o„quvchilarda xuddi shunga javoban tarbiyachini ham sevishini va uni chuqur 
hurmat qilishini keltirib chiaradi. 

Download 471.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling