Mavzu: O‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni


Download 471.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana07.01.2023
Hajmi471.82 Kb.
#1082143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni

Guruhdagi tanishuv : 
Guruh a‟zolari doira bo„lib o„tiradilar. Birinchi ishtirokchi turadi, ixtiyoriy bir qatnashchiga 
yaqinlashib, u bilan salomlashadi va unga trening sharti bo„yicha istak bildiradi. Har bir 
ishtirokchi navbati bilan bu jarayonni davom ettiradi. 
Shundan keyin o„tkaziladigan «Bir – biringizni biling» deb nomlangan mashq ishtirokchilarning 
bir-birlarini anglab yetishlariga imkon beruvchi mashq hisoblanadi. Bu mashq ishtirokchilarni 
shaxslararo munosabatga, o„zaro idrok qilishga, guruh tomonidan qabul qilingan me‟yor va 
shaxs qadriyatlarini inobatga olishga o„rgatadi. Bu mashq tafsiloti quyidagicha: 
Mashq: «Bir–biringizni biling» 
Mashqni amalga oshirish uchun ishtirokchilar ikkita guruhga ajratiladi. Guruh a‟zolarining 
vazifasi bir-birlari haqida ko„proq ma‟lumot olish uchun savollar bilan murojaat qilishdan 
iboratdir. 
Guruhda qoidalar hosil qilish. Guruh a‟zolari aylana bo„lib o„tiradilar va guruhiy ish 
tamoyillarini muhokama qiladilar. Trening davomida ishtirokchilar rioya qilishi shart bo„lgan 
qoidalar hamda mashg„ulotlar qachon boshlanishi, davomiyligi va yakuni, guruh a‟zolarining 


rituallari (salomlashish va xayrlashuv usullari, chyeklanishlar, kechikkanda va guruh qoidalari 
buzilganda jazolash ) belgilab olinadi. 
Guruh rituallari muhokama qilingandan so„ng belgilab olinadi. Guruh a‟zolarining 
roziligidan so„nggina, bunga qat‟iy amal qilinadi. Bu guruhda ishlashning muhim jihati 
hisoblanadi. 
Uchrashuv vaqtini trener belgilaydi. 
Guruhda ishlashning asosiy tamoyillari:  
Guruhda ishlash tamoyillari shye‟riy shaklda 
taklif qilinadi. Uni trening ishtirokchilarining o„zlari ishlab chiqadilar. Bu ularning bir-
birlarining idrok qilishlarini yengillashtiradi va qiziqishlarini orttiradi. Shye‟r aytilgach, trener 
tamoyillarni yana bir bor izohlab beradi, masalan:
1. 
Jahd qilibsiz, treninga kelishga,
sabr qiling, oxirigacha bo„ling biz bilan birga. 
Guruhda butun mashg„ulot mobaynida birga ishtirok etish maqsadga muvofiq. Bu tamoyil guruh 
a‟zolarining o„zaro bir-birlarini idrok qilishlariga imkon beradi. Birorta qatnashchining ishtirok 
etmasligi guruh ichidagi munosabatlar buzilishiga sabab bo„lishi mumkin. 
2. 
Muomalada ochiqroq bo„ling,
erinmasdan, dangalroq harakat qiling.
Muammoni hal etish istagingiz bo„lmasa, 
yolg„on ishlatmay, jim tura qoling.
Guruhda erinish va yolg„on ishlatish kerak emas. Guruh-bu sizni ochiq -oydin fikr-mulohaza 
bildirishga imkon beruvchi joy-sharoit. Agar siz savollarga ochiq-oydin javob berishga tayyor 
bo„lmasangiz, yaxshisi jim turing. 
3. 
Sizning, guruhga «to„xta», deyishga huquqingiz bor. 
Muammoni muhokama qilmang. 
Har bir guruh a‟zosi «to„xta» deyish huquqiga ega. Agar sizga aloqador savolni 
muhokama qilishga tayyor bo„lmasangiz yoki mashq sizga psixologik ta‟sir qilsa (asoratga sabab 
bo„lsa), ushbu «to„xta» deyish huquqidan foydalaning . 
4. 
Faolroq bo„ling o„yinda,
shubhali muammolar hal bo„lar shunda. 
Muhokama qilinayotgan muammoni guruhdan tashqariga chiqarmang. Hammasi o„zaro 
qolishi lozim. Treningda muammolarni guruhdan tashqarida muhokama qilish ma‟qul emas. Bu 
ushbu ishning asosiy qoidalaridan biri. 
5. Faqat o„zingiz haqingizda so„zlang, muhokamadan chyetlanib qolmang. «Men his qilaman», 
«O„ylashimcha», «Menimcha», bular murakkab, bo„lmag„ur so„zlar emas. 


Har bir ishtirokchi o„z nomidan o„zi uchun gapiradi. Muhokamadan chyetga chiqib, «Hamma 
shunday deydi» qabilida mulohaza yuritishga yo„l qo„yilmaydi. Siz o„z mulohazangizni
«menimcha», «mening o„ylashimcha» tarzida ifodalang. 
6. Har bir kishi o„z fikriga ega. Hyech kimni baholamang, tanqid qilmang. Hammaning fikri 
tinglanadi va qo„llab-quvvatlanadi. Guruhda bir-birini tushunish, his qilish lozimdir. 
Shuningdek, tayanch harakat a‟zolari buzilgan ilk o„spirinlar eng yaqin odam sifatida 
kimnidir e‟tirof etishlari, unga maslakdosh va maslahatchi sifatida qarashlari tabiiy. Xuddi shu 
bois, navbatdagi «Assotsitsiya» mashqi mazkur holatlarga aniqlik kiritishga hamda diagnostik 
ma‟lumotlar olishga yordam beruvchi ish bo„lib hisoblanadi. 

Download 471.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling