Mavzu: O‘quv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni


Download 471.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana07.01.2023
Hajmi471.82 Kb.
#1082143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
oquv faoliyati samaradorligini oshirish borasida sinf rahbari olib boradigan ishlarning mazmuni

Uchinchi mashg‘ulot 
Bu mashg„ulotda ishtirokchilar munosabatni o„rganadilar. 
Mashq: «Munosabat doskasi» 
Mashg„ulotdan oldin devorga bir nechta vatman varag„i mahkamlab qo„yiladi. 
Yo‘riqnoma: Bu bizning o„ziga xos «munosabat doskamiz». Bu yerda o„ziga va 
boshqalarga munosabatni ifodalash mumkin. Siz nimanidir chizishingiz yoki yozishingiz 
mumkin. «munosabat doskasi» bu yerda bir necha mashg„ulotgacha saqlanadi. 
Mashq: «Musiqani to‘xtating» 
Musiqa yangraydi. Ishtirokchilar xona bo„ylab erkin harakatlanadilar. Faqat trener musiqani
to„xtatgach, ishtirokchilar u bilan birga ekanliklarini qayd qilishlari mumkin. Buni kompliment 
yoki yoqimli ifodalarni aytish orqali amalga oshirish mumkin: «Men juda ham xursandman, biz 
yana birgamiz».
Mashq: «Qisqacha o‘zim haqimda» 


Guruh ishtirokchilari aylana bo„lib o„tiradilar. Har biri navbat bilan mimika va pantomima 
orqali bo„sh vaqtlarida nima bilan shug„ullanishlarini ifodalaydilar. Masalan, ashula aytish
o„qish, sayr qilish, musiqa tinglash. Ishtirokchilar navbatni o„z ixtiyorlariga ko„ra tanlaydilar. 
To‘rtinchi mashg‘ulot 
Mashq: «G‘ayritabiiy salomlashish» 
Ishtirokchilarga bir-birlari bilan panja, yelka, oyoq, pyeshona, tizza, tirnoq orqali va shular 
kabi «g„ayritabiiy salomlashish» taklif etiladi.
Musiqa yangraydi. Ilk o„spirinlar xona bo„ylab tartibsiz harakatlanadilar. Trener
ishtirokchilardan qanday salomlashish kerakligini so„raydi. Ishtirokchilar bir-biri bilan ixtiyoriy 
salomlashadilar. Ularga o„z salomlashishlari haqida o„ylab ko„rish tavsiya qilinadi. 
Mashq: «Men o‘zimni yaxshi ko‘raman» 
Hamma aylana bo„lib o„tiradi. Guruh ishtirokchilari o„z qadriyatlari haqida gapiradilar. 
Masalan, «Men o„zimni yaxshi ko„raman, chunki mehribon bo„lganligim uchun». 

Download 471.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling