Mavzu: O'quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari


Download 397.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana19.04.2023
Hajmi397.29 Kb.
#1362164
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MUNDARIJA O`QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI (2)

"6*6*6 mеtodi". 
Bu shunday mеtodki, unga ko`ra 36 ishtirokchi ma`lum bir vaqt mobaynida 
biror bir masalani muhokama qilib, ko`pchilik guruh a`zolarining masalaga 
bo`lgan munosabatlarini bilib olish mumkin. 
Har biri 6 kishidan iborat 6ta guruhda ma`lum bir vaqt mobaynida 
o`qituvchi tomonidan qo`yilgan muammo muhokama qilinadi. SHundan so`ng 
o`qituvchi shunday yangi guruhlarni tuzadiki, uning a`zolari orasida oldingi 
bahs guruhida qatnashgan bo`lsin. YAngi guruhlarda ishtirokchilar o`z 
guruhlarida qilgan ishlarining natijalarini muxokama etadilar. 
Ushbu mеtod guruh a`zolarining hammasini faollashtiradi. Ularning har biri 
qisqa fursat davomida bahs ishtirokchisi bo`lishi bilan birga, ma`ruzachi 
vazifasini ham bajaradi. 
Ushbu mеtod bilan mashg`ulotni qanday olib borish kеrak? 
1. Mashg`ulot oldidan o`qituvchi 6ta stol atrofiga 6ta o`rindiq qo`yib 
chiqadi. 
2. Sinf har biri 6ta o`quvchidan iborat 6ta guruhga bo`linadi. 
3. O`quvchilar o`z o`rinlarini egallab bo`lganlaridan so`ng o`qituvchi bahs 
mavzusini aniqlaydi(guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli 
jihatlariga tеgishli bo`lishi mumkin). 
4. O`qituvchi guruhlarda ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh 
a`zolarini masalaning shartini to`g`ri tushunganligiga ishonch hosil qiladi
savollarga javob bеradi va agar ishtirokchilar yordamga muhtoj bo`lib qolsalar, 
ularga qo`shimcha ko`rsatmalar bеradi. 
5. Bеlgilangan vaqt tugaganidan so`ng o`qituvchi shunday yangi guruhlar 
tuzadiki, har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok 
etsin. 
6. Yakun yasaladi. 
 


32 
XULOSA 
Shunday qilib, pedagogik texnika, uning shaxsiy-kasbiy, kasb-kor 
malakalari, uni egallash yo„llaridan xabarsizlik yoki ularga e‟tiborsizlik, 
shuningdek pedagogik faoliyat jaryonida ularning mavqeiga etarli baho 
bermaslik shuningdek, pedagogik texnika malakalarini tanqidiy, har bir 
pedagogning individual xususiyatlarini inobatga olmay ish yuritish pedagogik 
mahoratni egallashga salbiy ta‟sir ko„rsatadi va o„quv-tarbiya ishidagi 
nuqsonlarning ko„payishiga olib keladi. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo„llari mutaxassis rahbarligidagi 
mashg„ulotlar (pedagogik texnikani o„rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy 
jihatdan o„z-o„zini tarbiyalash)dan iborat. Pedagogik texnika malakalarining 
individual- shaxsiy ko„rinishda ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani 
egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o„z-o„zini tarbiyalash
ya‟ni bo„lajak o„qituvchi talabaning o„zida mohir pedagog shaxsiy fazilatlarini 
va kasbiy malakalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi rol o„ynaydi, 
deb aytish mumkin. Kasbiy ideal sari intilayotgan har bir o„qituvchi - 
tarbiyachiga bu harakatda ham pedagogik texnikani egallash muhim omil bo„lib 
qolaveradi. 
Tashkiliy-metodik jihatdan tashkil etiladigan pedagogik texnikani egallash 
mashg„ulotlari individual, guruh yoki ketma-ketlikda o„tkazilishi ham mumkin. 
Masalan, zarur bilimlar ma‟ruzalarda yoki tegishli adabiyotni (xususan, 
muayyan qo„llanmani) mustaqil o„qish orqali egallanadi. Avtomatlashtirishga 
doir ayrim oddiy harakatlar (turli artikulyasiya, fonetik nafas olish usullari, 
relaksatsiya usullari va shu kabilar) ketma-ket ko„rsatilishi darkor. Tegishli 
ko„nikmalarni shakllantirish, individual ishlash-dastlab o„qituvchining nazorati 
va rahbarligida, keyin esa mustaqil ishlash orqali amalga oshiriladi. 

Download 397.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling