Mavzu: O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari reja I. Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Download 61.58 Kb.
|
22 BARCHINOY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: O'quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni o'quvchilar jon dillari bilan sevishlari,bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o'zlarining eng muhim deb bilishlari zarur.
Kurs ishining maqsadi: O'quvchilarni fizika o'qitishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish usullari va mazmuni,shakli metodlarni aniqlash. Kurs ishining obyekti: O'quvchilarni sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish mazmuni,shakli va metodlaridan foydalanish jarayoni. Kurs ishining vazifalari: 1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish usullari. 2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish. 3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlarni turlari. 4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarni tashkillashtirish. Kurs ishining tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 1.1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish. Maktab fizika kursining umumiy ta’lim predmetlari orasidagi o'rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko'ra aniqlanadi.Fizika kursi nazariy fan bo'lib,uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur’atlar bilan rivojlandi, jumladan,Nyuton mexanikasi, relyavistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o'rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi.Ikkinchidan, fanning rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, ximiya, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo'lib qoldi. Ularning ko'pchiligi alohida fan bo'lib ajralib chiqdilar.Fizika ochgan qonunlar universal bo'lib, bu uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchilik darajasiga ko'ardi. Yuqorida aytilganlardan ko'ramizki, fizikani bilmasdan to'la qiymatli o'rta ma’lumotni tasavvur qilib bo'lmaydi. Boshqa predmetlar kabi fizikani o'qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta’lim, tarbiya va o'quvchilarning rivojlanishini amalga oshiradi. Ko'rinib turibdiki, maktabda fizika o'qitish katta ahamiyatga egadir. Fizika o'qitish jarayonida o'quvchilar fizikani sanoatda,qishloq xo'aligida, transportda,tibbiyotda va boshqa soxalarda qo'llanishlari bilan tanishadilar; o'lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar va foydali mexnatga tayyorlanadilar. Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator xodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqidagi ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biladilar.Bular esa o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini to'g'ri shakllantiradi, ularning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi. Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar ilg'or fizik-olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo'lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini to'g'ri shakllantirishi, o'quvchilarga politexnik ta’lim berishi, ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to'g'ri shakllantirishi lozim. Fizika kursining mazmuni va xajmini aniqlab beruvchi asos bu dasturdir. U o'quvchilar o'rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi. Fizikadan o'quv materiali tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim: -mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo'nalishiga; -fanning mantiqiy va o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan holdagi o'qitish sistemaliligiga; -nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog'lanishiga; -fizika o'qitishda boshqa predmetlar bilan bog'lanishini ta’minlashga. O'quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo'yicha taqsimlash muammosi tug'iladi.Fizika o'qitish tarixida o'quv materialini yillar bo'yicha taqsimlashda kursning tuzilishini uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va boqichli variantlar. Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo'limlar bir-biridan qat’iy ajratib qo'yildi. O'tilganlarga qaytish bo'lmaydi. Fizika kursining radial ko'rilishini kamchiligi shundaki, unda o'quvchilar sodda masalalarni ko'rish bilan birga, o'zlashtira olmaydigan materiallarni ham o'rganishlariga to'g'ri keladi.Bir bo'limni og'ir masalalaridan ikkinchi bo'limni yengil masalasiga birdaniga o'tiladi. Fizika kursining konssentrik ko'rilishida har bir bo'lim maktabda ikki marta ko'rib chiqiladi, ya’ni butun o'quv materiali ikkita konsentrga bo'linadi.Birinchi konsetr fizika kursining deyarli hamma bo'limi bo'yicha boshlangich elementar tushunchalarni o'z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo'yicha bilimlar sistemasini o'z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o'quv materialini to'la yoki qisman o'z ichiga oladi. Kursni konsentrik tuzilishida material o'tishdagi qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o'quvchilarning aqliy o'sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi.Konsentrik ko'rilishning kamchiligi shuki, unda o'quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko'p sarf bo'ladi va o'quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi. Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o'rganilib, ular birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadilar. Yuqorida ko'rilgan fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli ko'rilishidir.U pedagogika va didaktika talablarga to'la javob beradi. Bunga ko'ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o'zichiga oladi: A. Tayyorlov davri 3-5 sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish. B. Kursning birinchi bosqichi 6-9 sinfdarda fizikani o'rganish. V..Kursning ikkinchi bosqichi kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o'rganish. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari: -O'quvchilarni fizik xodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish; -O'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish; -Koinot tuzilishi va undagi xodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashi rivojlantirish; -Buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini tevarak atrofdagi maxalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o'quvchilarni miliy va vatanparvarlik ruxida tarbiyalash; -Ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqiyoti bilan bog'lash orqali o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus yoki kasb- hunar ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash; -fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni "Umumiy o'rta ta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta’lim standarti"ga asoslangan xolda dastur tuzildi.O'rta ta’lim maktablarida fizika o'qitish shu dastur asosida olib boriladi. O'zbekiston respublikasining "Ta’lim to'g'riisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", vazirlar mahkamasining "O'zbekiston respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari tog'risida " gi 1998 yil 13-may 204-son va davlat standarti talablariga asoslangan holda Akademik litseylarning fizika-matematika va boshqa bo'limlari uchun, hamda kollejlar uchun fizikadan o'quv dasturlari tuzildi.Bu dasturlarda fizika o'qitishning maqsadi va vazifalari ko'rsatib o'tildi. Akademik litseylarda fizika o'qitishning asosiy maqsadi: umumiy o'rta ta’lim asosida umumiy fizikadan o'rta ta’lim berishga: fizikaviy nazariya, kuzatishlar va hodisalar haqidagi ta’limotlarni umumlashgan shakli ekanligini ko'rsatishga, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog'likligini ko'rsatishga, fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta’kidlashga, fanga nisbatan qiziqish uyg'otish va uni o'rganishni davom etdirishga zamin yaratishdan iboratdir. -fizika kursining o'qitish izchilligini ta’minlash, -fizikaning barcha bo'limlari bo'yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish, -fizik jarayon, hodisa, tushuncha, hamda qonunlarning o'rganish ketma-ketligi mantiqiy to'gri va oddiydan murakkablikka qarab borish tamoyiliga rioya qilish; -fizik xodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish; -tajriba o'tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko'nikmalarni xosil qilish: -asosiy fizik qonun va xodisalarni to'g'ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko'rish ko'nikmalarini hosil qilish: -oliy o'quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish: -o'quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish, hamda hayotda bo'layotgan xodisa va jarayonlarni to'g'ri talqin qilishga o'rgatish: -hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni yechish yo'lidagi roli bilan tanishtirish kabi mavzu va muammolarni xal kilish kerakligini ko'rsatishdan iboratdir. Aniq fanlar yo'nalishi bo'limlarida fizikani o'qitish uchun 720 soat, maxsus kurslarni o'rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o'rganishga 222 soat vaqt ajratilgandir. Fizikani o'rganish uchun,Ximiya -biologiya yo'nalishdagi bo'limlariga 280 soat, boshqa yo'nalishdagi bo'limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgandir. Kasb-hunar kollejlarida fizikani o'ganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan bo'lib, uni o'qitishdan asosiy maqsad bizni o'rab olgan dunyoning tabiiy ilmiy manzarasini o'quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta’lim berish, kasbiy predmetlarni o'rganishga nazariy baza yaratib berish va ilmiy dunyoqarashlarini to'gri shakllantirib borishdan iboratdir. Fizikani kasbga bog'lab o'qitish kasbga yo'n altirishning eng yaxshi vositasidir.Uni quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin. A. Maxsus predmetlarda fizik tushuncha, xodisa, qonunlarni qo'llash; B. kasb mazmuniga ega bo'lgan fizik masalalar yechish; V. Ishlab chiqarishga mo'ljallangan asboblar yordamida kompleks laborotoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish kilish; G. Hunar-texnikassiklidagi predmetlarda fizik tushunchalardan foydalangan xolda masalalar yechish; D. Fizika kursi va hunar-texnikassikli predmetlaridan ayrim mavzu va bo'limdagi bilimdan foydalanib kompleks topshiriklar bajarish; E. O'quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab qiluvchi masalalar yechish; J. Turli asbob va qurilmalarni tuzilish prinsiplarini tushuntirish uchun zarur bo'lgan fizik bilimlarni qanday o'zlashtirganligini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish; Z. Ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish va ular bo'yicha o'quvchilarga hisobot tuzishni topshirish; I. Sinfdan tashqari ishlarni bajarish to'garaklar, konferensiyalar, kechalar va boshqalar K. Ma’lum programma asosida fakultativ kurslar o'tish; Fizika o'qitishda kasbga yo'naltirish prinsipiga amal qilganda o'quvchilarning o'zlashtirishi ortadi. Akademik litseylarning va kasb-xunar kollejlarining va o'rta umumta’lim maktablarining fizikadan dasturlarida Nyuton mexanikasidan boshlab elementar zarralar fizikasigacha bo'lgan barcha bo'limlari ma’lum darajalarda o'z aksini topgandir. Download 61.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling