Mavzu: O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari reja I. Kirish


Download 61.58 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi61.58 Kb.
#1615031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
22 BARCHINOY


Mavzu: O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlari
REJA
I.Kirish…………………………………………………………………………….3
1.1 O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish………………..6
II. Asosiy qism:………………………………………………………………......11
2.1 Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish…………………………………11
2.2. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlar turlari…………………………….14
2.3. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarini tashkillashtirish…………………………………………………………………..16
III.Xulosa.....................................................................................................40
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………41


KIRISH
O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining mazmunini muhim ahamiyatiga ega.Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari fizikadan hali chuqur va mustahkam bilimga ega emasligini,mustaqil ishlash qobilyati ham yetarli shakillanmaganligi hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari ishlarning mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas, balki uning ahamiyatligiga asosiy e'tibor qaratish kerak.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalariga ham bo'lajak kasblarini hisobi olgan holda yondashish zarur.O'quvchilarning mehnatga ongli munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash ta'lim-tarbiya jarayonining vazifalaridan biridir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari ishlarining ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar davomida uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy ko'nikmalar hosil qilishda katta imkoniyatga ega. Fizikadan o'tkaziladigan to'garak ishing eng qimmatlisi shuki,bunda o'quvchilar o'z bilimlarini amalda qo'llashni o'rganadilar,hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar.Darsdan tashqari fizik to'garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi.Ko'pincha o'qituvchi to'garak uchun qandaydir qisqa,texnik sohalarni-radiotexnika,kinotexnika va hokazolarni tanlaydi. Fizika o'qituvchisi rahbarlik qiladigan to'garak ishi o'quvchilarning to'garakdagi ishini fizikani o'qitish bilan to'laroq bog'lash imkoniyati bo'lishi uchun ko'proq fizika va texnika tematikasi bo'yicha olib boriladi. Fizika-texnik to'garagining tashkil etish bilan o'qituvchi o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobiga olishi, rejalashtirayotgan to'garak faoliyatini ular bilan birga takomillashtirishi, mavzularning zamonaviy katta ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki,o'quvchilarni avtomatika, radio, yadro energiyasi, yarim o'tkazgichlar, raketka texnikasi, kosmonavtika, informatika kabi masalalar qiziqtiradi. Fizika o'qitishdagi ilg'or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari mashg'ulotlarda paydo bo‘lgani tasodif emas. Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan praktikum ishlari, ekspremental masalalar, o'quv filmlaridan foydalanish sinfdan tashqari mashg'ulotlar orqali kiritilgan, yani fizika xonasini elektr simlarini o'tkazib jihozlash,qo'ng'iroqlarni avtomatik chalish,magnitofonni o'chirish,ulashni avtomatik boshqarish,maktabni radiolashtirish radiouzel orqali chiqib o'quvchilarga murojaat qilish va h.k. Fizika kechlari -bu maktabda sinf tashqari ishni avj oldirib borish uchun ko'p mehnat talabqiladigan samarali tadbirlardan biridir.Ular fizikaning ko'p sohalari bo'yicha o'quvchilar bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko'pchilik o'quvchilarni ishtirok etishi talab qinadi.
Ayrim o'quvchilar doklar,boshqalar,uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar,to'rtinchilari kecha o'tkaziladigan zalni bezash bilan shug'ullanadilar,beshinchilari mehmonlarni kitish bilan va h.k.lar bilan shug‘ullanadilar. Kechani o'tkazishga o'quvchilarga o'quvchilarning ko'p tayyorgarlik ko'rishi ularning jamoa bo'lib birlashishlariga ham yordam beradi.
O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlashlariga o'qituvchi va ota-ona hamkorligi katta rol o'ynaydi.O'sib kelayotgan yosh avlodni darsda va darsdan tashqari vaqtlari mazmunli rejalashtirilishi barkamol,iste'dotli kadrlarni yetish chiqishiga eng katta turki hamda poydevor hamdir.O'quvchining darsdan tashaqari vaqtlarida fan to'garaklariga,fan kechalariga,kitobxonlik kechalari jalb etish juda ham to'g'ri yo'ldir.

Download 61.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling