Mavzu: O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning reting tizimi
Download 0.91 Mb.
|
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning reting tizimi N.Namazov
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo’yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o’rtasida yig’indisining o’rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.
Masalan, o’quvchi biror o’quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo’yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo’lsa, unga chorak uchun «4» baho qo’yiladi. Bu esa o’quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko’rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.
«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo’yicha baholash. Reyting tizimi o’quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o’quvchilarning o’quv fanlari bo’yicha ta’lim standartida belgilangan barcha talablar bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling