Mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja. Mehnat tarbiyasining maqsadi vavazifalari


Estitek tarbiyaning maqsad va vazifalari


Download 468.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi468.86 Kb.
#1557453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Amaliy.Nazariy malumot

 
Estitek tarbiyaning maqsad va vazifalari 
Estetik tarbiya - o‘quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy 
va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri 
tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zallikka muhabbat uyg’otish va 
xayotiga go‘zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Taprbiya nazariyasida ikki xil 
tushuncha mavjud: estetika va badiiy tarbiya tushunchalari. 
Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo‘lib, tabiat va jamiyat, mehnatdagi 
go‘zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga, Shuningdek estetik faoliyatga, 
voqelikni go‘zallik qonun-qoidalari asosida o‘zgartirishga qodir Shaxsni 
tarbiyalashga qaratilgandir.
Estetik tarbiya o’quvchilarda estitek bilim, ko’nikma va malakalarni 
shakllantirishni hamda, estetik xis tuyg’u, qiziqish, baho berish kabi xislatlarni 
tarbiyalash masalasini o’z ichiga oladi, estetik tarbiyaning moxiyati asosan 
quyidagilarni o’z ichiga oladi.
- Voqiylikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish;
- Asarlarni to’g’ri tushina bilish va baholash;
- Qobiliyat va istidodlarni namoyon etishga intilish;
- Tabiatda, insoniy munosabatlarda, turmushda go’zallik uchun mustaqil 
kurashish;
- Tatibsizlikka murosasiz bo’lish.
Go’zallik xaqidagi bilimlar hayot voqiyligi, rang-barangligi, turlarini hamda 
san’at o’zlashtirish jarayonida tarkib topadi. O’quvchilar hayot, tabiat manzalari va 
xil janrdagi san’at rang, tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, asarlari bilantanishib 
boradilar va Shu barobarinda bilim oladilar.


Asosiy estetik kategoriya – go’zallik to’g’risidagi o’rab turgan tevarak 
atrofdagi turmush chechak, o’yinchoqlar, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, 
saranjom xovli, san’at, ashula, chiroyli sur’at vositasida egallaydilar. Bilim va 
tushunchalardan o’quvchilar o’z ishlar faoliyatini va tabiat xodisalarini kuzatadilar.
Pedagogikada estetik tarbiya vazifalarini belgilashda umumiy tarbiya maqsadlari 
va o‘quvchilarning yosh hususiyatlari alohida hisobga olinadi. Estetik tarbiya vazifalarini 
yo‘nalishiga ko‘ra shartli ravishda to‘rt guruhga birlashtiriladi: 
1 .O‘quvchilarda estetik moyillik: estetik hayajon, estetik munosabat va qiziqishni tarkib 
toptirish, ularda estetik moyillik atrof-voqelik va san’at asarlarining estetik obrazlari 
yig‘indisining to‘plashni, ularga xissiy hozirjavob bo‘lishni rivojlantirish; estetik xis-
tuyg‘ular, ehtiyoj, did va munosabatlarni rivojlantirish kiradi. 
2. Estetik ongni shakllantirish esa estetik ong qirralari(tasavvur va bilimlar hajmi, 
estetik mulohaza va baholash)ni tarkib toptirishdan iboratdir. 
Estetik ong tarkib topishi orqali o‘quvchilar voqelik va san’atdagi go‘zallik 
yoki xunuklik, kulguli yoki fojialilikni to‘g‘ri aniqlashning xilma-xil mezonlarini aniqlash, 
ya’ni buyumlarning hususiyati va sifatlarini: shakli, rangi, tovushlari; hissiy aniqlash: 
shodlik, qayg‘u, xafalik, ajablanish, alam; san’atshunoslik mezoni ya’ni ayrim musavvir, 
bastakorlarning ismlari va hayoti, faoliyatini bilish; estetik mezon-chiroyli, xunuk, kulguli, 
qahramonlik kabilarni ajrata bilishni o‘rganadilar. Ularda tevarak-atrofga nisbatan 
to‘g‘ri munosabat va go‘zallikni tushunish shakllanadi. 
3.Estetik faoliyatga o‘rgatish bu guruh vazifalarini amalga oshirilishi 
jarayonida pedagog o‘quvchilarni faol estetik va badiiy faoliyatga jalb qiladi, 
ularda estetik va badiiy idrokni rivojlantiradi, badiiy ijrochilik faoliyatining 
ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi, go‘zallikni turmushga, tabiatga, o‘z 
qiyofasiga kiritish ko‘nikma va malakalarini tarbiyalaydi. 
4.Estetik va badiiy- ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish vazifasini bajarish 
natijasida o‘qituvchi har bir bolada umumiy va maxsus badiiy- ijodiy 
qobiliyatlarining rivojlanishini, hissiy hozirjavoblik qobiliyatini hamda ijodiy 
hayolni rivojlantiradi. 


Estetik tarbiya vazifalarini to‘la-to‘kis bajarilishi o‘quvchilarda qator ijobiy 
sifatlarni: tashabbuskorlik, ijodkorlik, oldindan ko‘ra bilish, intiluvchanlik, orzu qila 
bilishlik kabilarni shakllantiradi. 
O‘quvchilarda estetik tarbiyaning mazmuni, ularda estetik bilim, ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho 
berish va didlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. 
O‘quvchilarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof hayot voqeligi, buyumlar, 
ularning rang-barangligi, turlarini, hamda san’at asarlarini estetik o‘zlashtirishi 
jarayonida tarkib topadi. O‘quvchilar tevarak-atrof, hayot, tabiat va har xil janrdagi 
san’at asarlari: grafika, rang-tasvir haykaltaroshlik, amaliy san’at, musiqa bilan 
tanishib boradilar va ular haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib oladilar. 
O‘quvchilar asosiy estetik tushuncha go‘zallik to‘g‘risidagi bilimlarni 
o‘zlarining o‘rab turgan tevarak-atrofdagi turmush ashyolari: kiyim-kechak, 
o‘yinchoqlar, oila a’zolarining o‘zaro madaniy samimiy munosabatlari, saranjom hovli, 
chiroyli gulzor, san’at asarlari; musiqa, ashula, chiroyli surat orqali egallaydilar. Go‘zallik 
to‘g‘risidagi bilim va tushunchalaridan o‘quvchilar xatti-harakatlarini, kishilar faoliyatini 
va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. 
O‘quvchilar ijodiy mehnatning turlariga ko‘ra go‘zalligini, mehnat Sharoiti, mehnat 
maxsulini go‘zalligini, mehnatdagi jasorat romantikasi orqali ko‘tarinkilik
kabi murakkab estetik san’at asarlari: she’r, ashula, musiqa asarlarining 
go‘zalligini bilib oladilar. Pedagog o‘quvchilarga san’at turlari haqidagi bilimlarni berish 
bilan birga ularning estetik hissiyotini bir joyga to‘playdi, hamda mazmunli estetik mulohaza 
yuritishga o‘rgatadi. O‘quvchilar estetik tarbiya jarayonida estetik malaka va ko‘nikmalar 
ham egallashlari lozim. Musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo‘Shiq, musiqaviy harakat 
qilish, musiqa asboblarini chalish kabilarni egallab olishlari ko‘zda tutiladi. Tasviriy 
san’at asarlarini diqqat bilan kuzata bilish, ularning mazmuni va ifoda vositalarini, tahlil 
qilish janrlarni bir- biridan farqlash malakalarini egallaydilar. Musiqa va rasm darslarida 
pedagog o‘qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko‘nikmalarni rivojlantiradi.  

Download 468.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling