So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e’tibor
bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari
maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning
bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat Shaxsni har tomonlama
kamol toptirish hamda
uning muayyahi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy
mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim
muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga
qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan
amalga oshiriluvchi mehnat
faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: