Mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja. Mehnat tarbiyasining maqsadi vavazifalari


Download 468.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi468.86 Kb.
#1557453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Amaliy.Nazariy malumot

3. Jismoniy tarbiya daqiqasi. Bu turdagi mashg’ulotlar jismoniy 
madaniyatga ko’proq tegishli bo’lib, ayniqsa muayyahi fanlarni o’zlashtirish 
davomidagi aqliy toliqishning oldini olish uchun undan foydalaniladi. Bunday 
harakatlardan (harakatlar majmuini o’qituvchi tanlaydi) ko’zlangan maqsad 
quyidagilardan iborat: 

Ta’lim oluvchilarning asab tarangligini bo’shashtirish; 

Ta’lim oluvchilarning jismoniy holatini yaxshilash; 

Diqqatini yanada o’rganilayotgan mavzuga kuchaytirish. 
Umuman olganda jismoniy tarbiya daqiqasi asosan quyidagi uch qismdan 
iborat bo’ladi: 
1. Harakatlarga kirishishni ta’minlash; 
2. Oyoq muskullarini harakatlantirishga mo’ljallangan mashqlar; 
3. Tananing boshqa a’zolarini harakatlanishiga mo’ljallangan mashqlar. 
Bunday ko’rinishdagi jismoniy tarbiya daqiqalari o’yin ko’rinishida tashkil 
etilib, bunda qo’l harakatlari barcha mashq turlarida mos holda ishtirok qiladi. 
 
 


4. Madaniy jismoniy piyoda yurishlar va sayr qilishlar. 
Bunday mashqlarga odatda havoning ochiq kunlari va darsdan tashqari vaqtlar 
tanlanadi. Jismoniy yayov yurishlar asosidagi sayrlarda quyidagilarga e’tiborni 
qaratish lozim bo’ladi: 

Uni to’g’ri uyushtirishni rejalashtirish lozim; 

Sayr dasturi mukammal ishlab chiqilmog’i lozim; 

Sayr harakat rejasi oldindan aniqlanib, ma’qullanib olmog’i lozim; 

O’quv yurti rahbariyati va ota – onalar bunday jismoniy harakatlar majmuidan 
xabardor bo’lmog’i lozim; 

Ushbu harakatlar majmuini amalga oshirish muddatini bir kundan oshirmaslik 
lozim; 

Sayr qatnashchilarining xavfsizligi va salomatligiga mutasaddilar oldindan 
belgilanishi lozim va Shu kabilar. 
5. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda umumiy jismoniy tarbiya. 
Bunday turdagi jismoniy tarbiya sport turlariga mos holda tanlanadi va ular 
yilning fasllarini e’tiborga olgan holda tashkil etiladi. Mashg’ulotlarning asosiy 
mazmuni jismoniy tarbiya o’quv dasturining mazmuniga mos bo’ladi. 

Download 468.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling