Mavzu: O’quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi. Reja. Mehnat tarbiyasining maqsadi vavazifalari


Download 468.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/12
Sana18.06.2023
Hajmi468.86 Kb.
#1557453
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Amaliy.Nazariy malumot

 
 


Estetik tarbiya vositalari
Estetik tarbiya vositalari – o‘quvchilarnig estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-
atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va bolalarning badiiy 
ijodi hisoblanadi.
Estetik 
tarbiya 
vositalari 
(3-chizma) 
– o’quvchilarning estetik 
rivojlanishlarini ta’minlash maqsadida tevarak – atrofdan tanlab olingan turmush, 
tabiat, san’at estetikasi va bollarning badiiy faoliyati, ta’lim jarayoni hisoblanadi.
3 – chizma. 
Estetik tarbiya vositalari.
Oila go’zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarning o’zaro 
munosabatlari, uyning jixozlari, ularning uyg’unligi, tartibi, saranjom – sarishtalik, 
maktabning, sinfning bezatilish kabilar barchasi bevosita bolalar estetik didiga 
ta’sir etadi. Turmush estetikasining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinf xonalarida 
tozalikni saqlanishi, tabiat burchagini tashkil etilishi, o‘quvchilar ijodiy ishlari 
ko‘rgazmasi, a’lochilar taxtasi va boshqalar| o‘quvchilarning estetik didlarini tarbiyalaydi. 
Tabiat – eng muhim estetik tarbiya vositasidir. O’quvchilarni tabiat qo’yniga 
ekskursiyalari ular diqqatini tabiat go’zalligiga qaratish imkonini beradi. 
Ko’kalamzorlaShtiriSh, ko’chatlar ekish ham bolada estetik ko’nikma – 
malakalarini Shakllantiradi. Tabiat turlicha estetik kechinmalarning asosi bo‘lib, 
tabiatdan ta’sirlanish, uni ko‘ra bilishga, eshita olish qobiliyatiga bog‘liqdir. O‘quvchilar 
yilning to‘rt faslida tabiat o‘ziga xos rang olishini, o‘zgarishini bilib oladilar, tabiat 
hodisalariga qiziqish kuchayadi va tabiatni asrab-avaylash kerakligini chuqurroq anglab 
Estetik tarbiya vositalari
Oila
Tabiat
San’at turlari
Adabiyot


etishlariga |yordam beradi. O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida nafaqat tabiiy 
bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki tabitda go‘zallikni yaratishni, maktab hovlisini 
ko‘kalamzorlashtirish, gulzor yaratish, daraxt o‘tqazish va parvarish qilish kabilar bolalar 
ruhiyatiga kuchli ta’sir etadi va estetik ko‘nikma-malakalarini shakllantiradi. 
San’at turlari asosiy tarbiya vositalaridir. San’atning xilma-xil ko‘rinishlari va 
janrlari yordamida o‘quvchilarning rang-tasvir, qalam tasvir haqidagi bilimlari, 
haykaltaroshlikka doir ko‘nikma va malakalari, ijodiy qobiliyatlari shakllantirilib 
boriladi. Rasm darslari tasviriy, amaliy, arxitektura san’ati, o‘zbek va chet el san’at ustalarining 
ijodlari, asarlari bilan tanishtiradi, hamda asliga ko‘ra, xotira va tasavvurlari asosida rasm 
chizish malakalarini tarbiyalaydi. Darsdan tashqari suhbatlar, kechalar, ko‘rgazmalar 
tashkil etish, muzey, rasmlar galereyasiga, san’at yodgorliklari, rassom va 
me’morlar, haykaltarosh ustaxonasiga sayohat amaliy san’at to‘garagiga 
qatnashish, tanlovlar o‘tkazishni tashkil etilishi bolalar tarbiyasida muhim 
vositadir. Estetik tarbiya berishda ashula va musiqaning roli benihoya kattadir. 
Musiqa va ashula o‘quvchilarning musiqaviy qobiliyatlarini, musiqiy xotira, didini 
o‘stiradi, Musiqadan nazariy ma’lumot beriladi, ular notalar, turli davralardagi 
musiqa asboblari, musiqashunoslarning ijodi, oqimlar, janrlar bilan tanishadilar. 
Bolalar birgalikda ashula aytishga, raqsga tushishga o‘rganadilar. O‘zbek xalq 
klassik musiqalari, ashulalarini ijro etishga harakat qiladilar. Shu bilan birga badiiy 
adabiyot ham estetik tarbiya berishda ishkoniyatlarga ega. Adabiyot darsi esa 
o’quvchilarda estetik ko’nikma va kechilmalarining yorqinligini, chuqirligini 
ta’minlaydi. 
 
- .
 
 
 
 
 
 



Download 468.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling