Mavzu: O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tkazish. Mundarija: Kirish


Download 81 Kb.
bet9/11
Sana15.06.2023
Hajmi81 Kb.
#1488235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ta\'lim menejmenti

Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o’rgatilmasa, u ma'lum mavzuga oid materiallarni turli manbalardan ko’chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi hamda o’zi mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin.

Mustaqil ishlarni individual - didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ham 4 guruhga ajratish mumkin:


  • Bilimlarni dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydi-gan vazifalar. Bunda talabalar maqsadga erishishi uchunnima talab qilinishini bilishi lozim. Vazifalar — axborotlarni, ma'lumotlarni o’zlashtirishga qaratilgan bo’ladi.

  • O’zlashtirishga axborot, ma'lumotlarni xotirada saqlash vaqayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda, avval egallangan bilimlarni faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar.

  • Avval o’zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to’planishinatijasidagi bilim, malaka, ko’nikmalarga yangicha nuqtayi nazardan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Ularda masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish, yangicha g’oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar.

  • Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar.

Bunda, yangi yoki oldindan ma'lum bo’lsada, ungacha boshqacha nuqtayi nazardan qaralgan g’oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya'ni axborotlar to’plash, ular ustida ishlash, o’z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.

Talabalar mustaqil ishi O`zbеkiston Rеspublikasi OO`MTVning 2005 yil 21 fеvral 34 buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta'lim mustaqil ishini tashkil etish” to`g`risidagi Namunaviy nizom asosida Andijon davlat universiteti bo`yicha ishlab chiqilgan va MUK ning 2013 yil 26 fеvralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash to`g`risidagi Nizom” asosida olib boriladi.

Talabalar mustaqil ishi uchun Informatika ixtisosligi fanlarini o’qitish metodikasi fanidan tasdiqlangan namunaviy dasturga kiritilgan mavzular bo`yicha har bir talabaga har bir sеmеstrda alohida topshiriq bеriladi. Topshiriq talabalarga amaliy mashg`ulotlarni olib boradigan o`qituvchilar tomonidan bеriladi va o`qituvchi jurnalida bеlgilangan bo`ladi. TMI ballarini JN o`z ichiga olgan. TMI ni topshirmagan talaba YaB ga qo`yilmaydi. TMI TIJ bo`yicha olib boriladigan ilmiy anjumanga maqola tayyorlash, mavzular bo`yicha jadvallar, slaydlar, rеfеrativ ma`ruza, vaziyatli masalalar majmuasini ishlab chiqish va boshqa shakllarda tashkil etilishi mumkin.


Kurs ishlarini bajarish talabalarni mustaqil fikrlashiga, olgan ko`nikmalarini mukammallashtirishga yordam bеradi. Uning asosida ilmiy tеkshirish ishlarini elеmеntlari mavjud bo`lib, bu esa o`z navbatida kafеdrada o`quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga va rivojlantirishga yordam bеradi.

Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling