Mavzu: O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tkazish. Mundarija: Kirish


Download 81 Kb.
bet2/11
Sana15.06.2023
Hajmi81 Kb.
#1488235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ta\'lim menejmenti

Mustaqil fikrlash insonning o’z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini vazifalarini belgilagan belgilagan holda o’z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l, usul, vositalar yordamida, o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatidir

Mustaqil ta’limda qo’llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o’quv axborotini uning o’ziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. O’quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi.


Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki paragraflarni sinchiklab o’qish, berilgan materialni o’rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo’llash mumkin.

Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o’tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:


  • Birinchidan, darsliklar, ko’pincha noaniq, mujmal yozilgan bo’ladi, hech bo’lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.

  • Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so’zga duch kelgach, tipik holatda o’zini passiv tutadi, ya'ni eng osoni kitobni yopib qo’ya qoladi.

  • Uchinchidan, o’quvchi, talabalar ko’pincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni ko’zlashadi.

Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan o’quvchi, talabalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «muallifdan so’rang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qo’llab darsni boshlashdan oldin o’qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bo’lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o’quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so’zni so’zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so’raymiz. Yozma matn, ya'ni kitob ma'nosi tushunarli bo’lmasa, uni tushuntirib berishlarini so’rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o’zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.


Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling