Mavzu: O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va o’tkazish. Mundarija: Kirish


Download 81 Kb.
bet3/11
Sana15.06.2023
Hajmi81 Kb.
#1488235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ta\'lim menejmenti

Buning uchun o’qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o’rganishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu organilayotgan fan bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmasi yoki gazeta, jurnallarda chop etilgan bevosita o’rganilayotgan mavzuga taalluqli ilmiy maqolalar bo’lishi mumkin.

Bunda o’qituvchi talabalarga mavzu bo’yicha o’quv adabiyotidan paragraf yoki biron parchani o’qishni taklif etadi. So’ngra o’qituvchi talabalariga:

Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o’qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo’lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo’lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.

Bu metodni boshqacha variantda, dars o’tishni uch kursga bo’lib quyidagicha qo’llash mumkin:


  • Bu metodni boshqacha variantda, dars o’tishni uch kursga bo’lib quyidagicha qo’llash mumkin:

  • Dastlab, o’qituvchi talabalariga kitob yoki ilmiy maqolani o’qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi.

  • So’ngra, ikkinchi kursda muallif nima haqida fikr yuritayotgani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.

  • Uchinchi kursda, o’qituvchi talabalardan o’zlari muallif sifatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bo’lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi.

  • To’rtinchi kursda, talabalar yozgan javoblar o’zaro tekshiriladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo’yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki aksinchaligini aniqlash.

Talabalar o’z fikrlarini bildirgach, ularni solishtirib, o’qituvchi o’zi yakun yasaydi. Ana shu parchani tushunish uchun avvaldan nimalarni o’qigan bo’lishi, nimalarni bilish kerak? va hokazo.

Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalaiga ball beriladi


Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling