Мавзу: Ориентирлаш


Download 1.79 Mb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1184996
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Ma`ruza Geodeziyada qo`llanadigan koordinata tizimlari, geodezik

Bizga ma`lumki to`g`ri burchakli koordinatalar sestemasida absissa o`qlari har bir zonaning o`q meridianiga parallel qilib o`tkazilgan chiziqlardan iborat. Geografik meridianlar ikki nuqtada, ya`ni geografik qutblarda birlashadi. Shuning uchun geografik meridiani yo`nalishi bilan absissa o`qi meridianidagina bir – biriga to`g`ri keladi. Boshqa meridianlar yo`nalishi absissa (o`q meridianga parallel chiziqlar) yo`nalishiga to`g`ri kelmasdan, meridian bilan absissa o`qi orasida qandaydir burchak hosil bo`ladi. Agar nuqtalaridan o’q meridianiga parallel chiziqlar o’tkazsak ɣ va –ɣ burchaklar hosil bo’ladi. Bu burchaklar meridianlar yaqinlashish burchaklari bo’ladi.

Geografik meridian bilan o’q meridianiga parallel bo’lgan chiziq orasidagi burchakka meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi va u “ɣ” bilan belgilanadi.

Geografik meridian bilan o’q meridianiga parallel bo’lgan chiziq orasidagi burchakka meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi va u “ɣ” bilan belgilanadi.

bu yerda: ɣ – meridianlar yaqinlashish burchagi; – o’q meridian bilan berilgan nuqta meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi.

φ– berilgan nuqtaning geografik kengligi.

Abssissa o’qi meridianning sharq tomonida yotsa, meridianlarning yaqinlashish burchagi sharqiy hisoblanib, ishorasi musbat () bo’lib, azimut, A  α  ɣ bo’ladi.

Abssisa o’qi meridianning g’arb tomonida yotsa, meridianlarning yaqinlashish burchagi g’arbiy hisob-lanib, ishorasi manfiy (–) bo’lib, azimut, A  α - ɣ . bo’ladi.

Yer yuzasida berilgan har qanday chiziq yo’nalishining haqiqiy azimuti, shu chiziqning boshlang’ich nuqtasidan o’tkazilgan geografik meridianning shimoliy tomonidan, direksion burchagi esa absissa o’qi deb qabul qilingan har bir zonaning o’q meridiani yoki unga parallel qilib o’tkazilgan chiziq (absissa o’qi) ning shimoliy tomonidan boshlab, soat strelkasining aylanishi bo’yicha hisoblanadi. Joyda yoki topografik kartada berilgan chiziq yo’nalishlarining haqiqiy azimuti va direksion burchagi qiymatlari 00 dan 3600 gacha o’zgaradi. Berilgan yo’nalishning haqiqiy azimuti va o’sha joydagi meridianlar yaqinlashish burchagi ma’lum bo’lgandagina uning direksion burchagini yoki direksion burchagi va meridianlar yaqinlashish burchagi ma’lum bo’lganda haqiqiy azimutini topish mumkin.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling