Mavzu: O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari Reja: O’rmon xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi energetika turlari
Download 0.49 Mb.
|
O’rmon xo’jaligining texnikaviy shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tr a k t o rl a rning ishchi j i h o z lari T r a k tor l ar
Tanlangan traktor quyidagi talablarga to‘liq javob berishi, ya‘ni: traktorlar quvvati va tortish xossalari bo‘yicha mazkur mintaqa yoki fermer xo‘jaligi (fermerlar uyushmasi) sharoitlaridagi ishlarning to‘liq bajarilishini; agregatlarning mazkur sharoitlarda yuqori ish unumi va eng kam foydalanish harajatlari bilan ishlatilishini; barcha o‘rmon xo‘jalik mavsumlari davrida mumkin qadar undan to‘liq foydalanish va
rejalashtirilgan texnologik jarayonlarning kompleks mexanizatsiyalash ishlarini yuqori saviyada bajarilishini ta‘minlashi kerak. SHu bilan birga, birinchi navbatda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan texnikalarni tanlanishiga hamda ularni namunaviy texnologik kartalarga va ―Mashinalar tizimi‖ga kiritilganligiga alohida ahamiyat berilishi kerak. Traktorlarning ishchi jihozlari Traktorlar ko‘plab qishloq xo‘jalik mashinalari, qurollari, qurilma va moslamalar bilan agregatlanadi.SHuning uchun traktorning ish jihozlarini benuqson ishlashini ta‘minlashga alohida e‘tibor berish zarur.Traktorning o‘rnatma gidrotizimi o‘rnatma qishloq xo‘jalik mashinalarini traktorga ulash, ularni ishchi holatdan transport holatiga yoki aksincha ish ishchi holatiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. O‘rnatma gidrotizim (1.5-rasm) ikkita asosiy qismdan: o‘rnatma qurilmasi hamda gidravlik tizimdan iborat. O‘rnatma qurilma 4 traktorga o‘rnatma qishloq xo‘jaligi mashinasini tirkash uchun xizmat qiladi. U traktor orqasida, oldida yoki yonida o‘rnatilishi mumkin. Gidravlik tizim moy baki 1, moy nasosi 2, taqsimlagich 3 va kuch tsilindridan 4 iborat bo‘lib, ular o‘zaro yuqori bosimda ishlaydigan moy o‘tkazgichlar yordamida biriktirilgan. Gidrotizim quyidagicha ishlaydi. Moy taqsimlagichning dastagi ―yuqoriga ko‘tarish‖ holatiga qo‘yilganda moy nasosi 2 traktorning dvigatelidan xarakat olgan holda ishchi suyuqlikni moy bakidan 1 so‘rib oladi va taqsimlagich 3 orqali kuch tsilindri 4 porshenining ostki kamerasiga yetkazib beradi. Yuqori bosimda yuborilgan moy kuch tsilindri 4 porshenining shtokini xarakatga keltiradi va qishloq xo‘jalik mashinasi (masalan, plug) bilan bog‘langan o‘rnatma qurilmani 5 yuqoriga ko‘taradi. Porshenning shtoki kerakli holatga yetgandan keyin moyning bosimi oshadi va taqsimlagich dastagi avtomatik tarzda ―neytral‖ holatga o‘tadi va kuch tsilindri mashinani transport holatida mahkam ushlab turadi. Aksincha, taqsimlagichdastagi ―pastga tushirish‖ holatiga qo‘yilsa, moy porshenning yuqori qismiga yuboriladi va mashina ishchi holatiga tushiriladi, so‘ngra dastak avtomatik tarzda ―neytral‖ holatga o‘tadi va kuch tsilindri mashinani ishchi holatda mahkam ushlab turadi. Tanyach g‘ildiragi mavjud bo‘lgan mashinalarda (osma plug, seyalka) taqsimlagich dastagi ―pastga tushirish‖ holatiga emas, balki ―suzish‖ holatiga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunda traktor bilan mashina orasida yumshoq bog‘lanish vujudga keladi va mashinaning ishchi qismlarini sinishdan saqlaydi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling