Hozirgi kunda o‘rmon xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish ishlab chiqarishida traktorlar asosiy energetika manbai hisoblanadi.
Traktor - g‘ildirakli va zanjirli o‘ziyurar mashina bo‘lib, ish mashinalarini ko‘chib yurishini ta‘minlash va uning ishchi qismlarini xarakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
Traktorlar halq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ular qishloq xo‘jaligida, qurilish va yo‘l ishlarida, o‘rmon xo‘jaligida, yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish, yuklarni tashish ishlarida foydalaniladi.
Bajariladigan ishlarga talab etiladigan quvvatga qarab traktorlar tortish kuchi bo‘yicha: 6, 9, 14, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80 kN sinfga bo‘linadi.
Belgilangan ishlarni bajarishiga qarab: umumiy ishlarni bajaradigan traktorlar ( yer haydash, tekislash, ekishdan oldin tuproqq ishlov berish va b.); universal-chopiq traktorlari (ekinlar qator oralariga ishlov beradigan, yuklarni tashiydigan); maxsus traktorlar (bog‘ va uzumzorlarda, botqoq, tog‘ oldi mintaqalarda qo‘llaniladigan) turlarga bo‘linadi.
Yurish qismini tuzilishiga qarab: g‘ildirakli (3x2, 4x2, 4x4 ko‘rinishida); zanjirli va qisman zanjirli bo‘ladi.
Asosini tuzilishiga qarab: ramali, yarim ramali, ramasiz turlarga bo‘linadi. Traktorlar o‘zaro bog‘langan turli mexanizmlardan tuzilgan bo‘lib, quyidagi
asosiy qismlardan (1.3-rasm): dvigatel (2), transmissiya (5), yurish qismi (1), boshqarish mexanizmlari (6), ishchi (4) va qo‘shimcha (3) jihozlardan iborat.
Dvigatel - yoqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi.
Transmissiya- dvigatelning tirsakli valida hosil bo‘lgan kuch momentini traktorning xarakatlantiruvchi yurish qismiga o‘tkazib beradi. U quyidagi mexanizmlardan: tishlashish muftasi, tezliklar qutisi, bosh uzatgich va oxirgi uzatgichdan iborat.
Yurish qismi – oxirgi uzatgichdagi aylanma xarakatni traktorning ilgarilanma
xarakatiga aylantirib beradi. Bunga g‘ildirakli traktorda asos, xarakatlantiruvchi va yetaklovchi g‘ildiraklar, zanjirli traktorlarda rama, yulduzcha, zanjir, osma g‘aldirakchalar, tayanch gildirakchalar va yo‘naltiruvchi g‘ildiraklardan iborat.
Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta‘sir etib, traktorning xarakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va xarakatsiz ushlab turish uchun xizmat qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda boshqarish chambaragi va o‘ng va chap tormozlar, zanjirli traktorlarda planetar mexanizmi va o‘ng va chap tormozlar kiradi.
Traktorning ishchi jihozlariga gidravlik osma sistema, tirkash qurilmasi, quvvat olish vali kiradi.
Yordamchi jihozlarga o‘rindiq (kabina), yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni almashtirish va boshqa jihozlar kiradi.
G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: yengil boshqariladi, xarakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50 km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda va hakozo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan tishlashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish sifati keskin kamayadi. SHu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbitan yuqori ekanligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |