Yuqoridan uchib kelayotgan to’pga turib, qo’llarni yuqoriga ko’targan holda yoki yondan to’siladi. Agar to’p balandroqdan kelayotgan bo’lsa, balandga sakrab kaft bilan uning yo’li to’siladi. To’pni yumshoqroq qabul qilish uchun panjalar yoyilishi lozim.
Yerdan 70—170 sm balandlikda uchib kelayotgan to’pning yo’lini to’sish. Agar to’p yon tomonga yo’nalgan bo’lsa, unga yaqin turgan qo'1 kafti ochiladi va iickala qo'1 to’pning yo’liga qo’yiladi.
Yerdan 40 — 50 sm balandlikda uchib kelayotgan to’pningyo 'lini to 'sish. Himoyachi to’pning yo’nalishi tomon odimlaydi va to’pni qo’llarini oldinga cho’zib to’sadi. Mabodo, to’p himoyachining o’ng yoki chap tomonidan o’tib ketayotgan bo’lsa, unda bir oz oldinga engashish zarur.
To’pni oyoq bilan to’sish.Agar himoyachi juda past uchib kelayotgan to’pning yo’lini to’sishga ulgurmasa, unda shu usuldan foydalaniladi. Himoyachi oyog’i bilan pastga egiladi. Aslida to’pni oyoq bilan to’sish qoidada man etilgan, lekin sharoit taqozo qilsa, qo’llash mumkin. Bunda to’sishga yo’naltirilgan oyoq bilan bir paytda qo’lni ham shu tomonga ishga harakat qilinadi. Yerga yaqin uchayotgan yoki yerga urilgan to’pni o’tirib to’sish mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |