Mavzu: Oʻrta masofaga yugurishda maxsus mashqlarni bajarishga oʻrgatish. Harakatli oʻyinlar. Qoʻl toʻpi oʻyinining tarixi va qoidalari
Harakatli oʻyinlar. Qoʻl toʻpi oʻyinining tarixi va qoidalari
Download 54.51 Kb.
|
5-Mavzu
Harakatli oʻyinlar. Qoʻl toʻpi oʻyinining tarixi va qoidalari.
Gandbol o’yini, tashqaridan kuzatilganida, oson va oddiydek tuyuladi. Ammo bu unchalik to’g’ri emas. Bunday oddiylik ortida juda katta mehnat, ya'ni ba'zi bir elementlarni qayta-qayta mashq qilish yotadi. Gandbol o’yini harakatda siljishlar, to’pni olib yurish kabilardan tashkil topgan. Turish, siljish, to'xtash. Har bir sport turida o’yinchi biror- bir usulni bajarishdan awal dastlabki (standart) holatni egallaydi. Gandbolchi ham doimo himoya va hujum holatini egallashga intiladi. o’yinda barcha harakatlar o’yin holatida bajariladi. Himoyachi va darvozabon, o’yinchilar holati bir-biriga o’xshashdir. o’yinchi oyoqlarini bir oz keng, tizzalarini bukibroq turadi. Oyoq uchlarini bir chi-ziqqa joylashtirib, qo’llarini tirsakdan ozgina bukib, kaftlarini oldinga qaratadi. Bunday holat sportchiga qat'iy turib, erkin siljishiga, faqat himoya qilishga emas, balki hujumga o’tishga ham imkon beradi. Hujumchining holati himoyachinikiga bir oz o’xshaydi. Qo’llari tirsakdan bukilgan va ko’krakka barobar turadi. Oyoqlari bir oz bukilgan bo’lib, bitta oyog’i va yelkasi oldinga chiqib turadi. Oyoqni ortiqcha keng qo’yib yuborish ham yaramaydi (40 — 50 sm dan oshmasligi kerak). o’yin paytida sportchilar doimiy harakatda bo’lib, uni siljish, qadamlab, yugurib yurish, tez yurib, sakrab va boshqa harakatlar bilan amalga oshiradilar. O’yinchi o’yinda raqibni aldash, sherik bilan qulay vaziyat tanlash uchun to’xtashi mumkin. To’xtash ikki qadam yoki sakrash bilan bajariladi. Oyoqlar bukiladi, gavda harakat yo’nalishining qarshi tomoniga egiladi. Birinchi qadam keng, ikkinchisi qisqa qo’di, ikki qadamda to’xtash zarur. To’xtagach, sakrab oyoqlarni egish lozim. To'pni birjoyda va harakat choida ikki qo’llab tutish va uzatisho’yin davomida o’yinchi ko’p marta to’pni ikki yoki bir qo’llab ushlashiga to’g’i keladi. To’pni joyda turib ilib olishda panjalarochiqbo’ladi. Boshbarmoqlar deyarli birlashadi, boshqalari esa to’pdan kattaroq voronka hosil qiladi. To’pni ko’krak tomondan qo'llarni harakatga keltirib, kaftlarni siltab uzatiladi. To’pni harakatda ilib olish ham joyda turib tutishga o’xshaydi. o’yinchining qo’llari ko’krak oldida turadi. To’p qadamlab yoki sakrab tutib olinadi. Uchib kelayotgan to’pning tezligini kamaytirish uchun qo’llar oldinga cho’ziladi. Yuqoridan uchib kelayotgan to’pni tutish uchun oldinga yuqoriga sakraladi, pastdan kelayotgan to’pni tutish uchun qoilar tushiriladi va kaftlar keng ochiladi. Dumalayotgan to’pni tutish uchun esa o’yinchi unga qarshi chiqadi, egiladi va to’pga yaqin qo’li bilan uni tutadi, to’p kaftlar orasiga tushadi. Download 54.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling