Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar Reja: Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari
Alisher Navoiyning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari va “Max’bub-ul-qulub” asaridagi qarashlar
Download 30.54 Kb.
|
Mustaqil ish O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Max’bub-ul-qulub»
3.Alisher Navoiyning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari va “Max’bub-ul-qulub” asaridagi qarashlar
Alisher Navoiyning (1441-1501) ijodida iqtisodiy g‘oyalar muxim o‘rin egallaydi. Navoiy boylikni ikki yo‘l bilan topish mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchisi bu - o‘z mehnati bilan boylik to‘plash, yig‘ish va o‘ziga to‘q yashash. Bunday boylikni u qo‘llab-quvvatlagan, boylik topishning ikkinchi yo‘li bu - o‘g‘irlik, ta’magirlik va zo‘rlik xisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usulligini takidlagan. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‘plash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Navoiy birnchi yo‘l bilan topilgan boylikni olingan boylikni uch qismga bo‘lib, ya’ni birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining extiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko‘pgina madrasa, shifoxona, xammom, ko‘prik va boshqalarni o‘z xisobidan qurdirgan. Navoiy Madrasa, shifoxonalar qurdirib qo‘ya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, o‘z-o‘zini ta’minlash uchun vaqf erlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan ta’minlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyimbosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha, barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib berar edi va o‘zi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Binolar qurilishi tarhi bilan bevosita shug‘ullanar, usta va shogirdlar mehnatidan boxabar bo‘lib turardi. Bundan tashqari mehnat jamiyat boyligini manbai ekanligi mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Navoiydavlat arbobi sifatida mehnatning xar bir turini keltirgan nafiga bog‘lab ishxavini tartibga solish siyosatini olib borgan. Uiqtisodiy rivojlanishning xar qanday ziddiyatlarini xukumdor adolatli siyosat olib borishi bilan xal etishi mumkin deb hisoblagan. Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga aloxida e’tibor berdi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish - dexqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muxim omillardan xisoblanadi. SHu bois, juda kup kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan erni kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e’tibor berildi. Navoiy o‘zining «Max’bub-ul-qulub» (1500 y.) asarida bevosnta o‘z davridagi deyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarni tavsiflab beradi va ularning qaysi biri yaxshn yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa. mamlakatga nafli yoki zararli ekanligini bayon etadi. Uning fikricha, dexqonlar, xunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko‘paytirishda muxim o‘rin tutadi. Ma’lumki, o‘rta asrlarda dehqon asosiy ishlab chiqaruvchi kuch bo‘lgan. Chunki, Navoinning katta tahsiniga loyiq bo‘lgan ana shu asosiy kuchgnna butun jamiyatning moddiy boyligini yaratgan. Albatta, shahar hunarmandlari va shuning kabi mayda xo‘jaliklar ishlab chiqargan mahsulotlarni ham inkor etilmasada Alisher Navoiy dehqoi xo‘jaliklari barcha elu yurtni ta’minlovchi asosiy manba ekanlignni ta’kidlaydi. shaksiz. Bu holni ham alohnda uqdirib o‘tadi. U deydiki, «dehqonnnng bnr don sepgapida shuncha hikmat bor, o‘zga ishlarini ta’riflash maholdur....Olamniig obodligi dehqonlardan; mehnat ahli shodonligi ulardan. Dehqon har qanday ekin ekishga qilsa harakat — elga ham oziq-ovqat etkazur, ham baraka.». Navoiy fikricha, dexqon o‘z mehnati bilan o‘z extiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulot mikdoridan ko‘ra ko‘proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini xam moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi. Navoiy “qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta axamiyat kasb etadi” degan fikrni ilgari suradi. Navoiy xalkaro savdo soxasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lsada, mamlakat ichkarisida ish yuritayotga savdogarlar, ya’ni olib sotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan. Navoiy ijtimoiy xayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida qaraydi. Uning fikriga ko‘ra inson yakka holda xech narsani ishlab chiqara olmaydi.Masalan, dexqonga mehnat qurollari zarur bo‘lsa, xunarmandlarga non kerak; dexqonga xam, chorvadorga xam xunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur. Dexqon mehnatining maxsulini novvoy, unfurush, kushchi va urokchi, mashokchi va boshqalar orziqib kutadi. SHu bilan birga, dexqon xam xunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga muxtoj. Demak Navoiyning fikricha biron narsani ishlab chikarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Ularsiz u xech narsa ishlab chiqara olmaydi, ya’ni mehnat ijtimoiy xarakterga ega deb hisoblaydi. Navoiy aqliy mehnatni, ya’ni olimlar va boshqa shu kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko‘rsatib berdi va ularni o‘z mas’uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi. Unda asosan tijorat, savdo muammolari ancha mukammal yoritilgan. Navoiy asarlarida savdo faoliyati ma’qullanadi, ammo tovlamachi va chayqovchilik qattiq tanqid qilinadi. U mehnatning inson va jamiyatdagi o‘rniga, yuksak baxo bergan. Download 30.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling