Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar Reja: Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari
Abu Rayhon Beruniy va Yusuf Xos Xojiblarning renesans davridagi iqtisodiy g’oyalari
Download 30.54 Kb.
|
Mustaqil ish O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar
2.Abu Rayhon Beruniy va Yusuf Xos Xojiblarning renesans davridagi iqtisodiy g’oyalari
Abu Rayxon Beruniy (973-1048) - Ibn Sinoning zamondoshi, O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri. U o‘z asarlarida inson uchun hal qiluvchi ahamiyatini ko‘rsatdi. Shuning uchun "har bir insonning bahosi - u o‘z ishini a’lo darajada bajarishi"dadir. Zero, inson aynan “mashaqqatli mehnat” yordamida o‘zini tirikchilik vositalari bilan ta’minlaydi, ularni o‘z ehtiyojlariga mos ravishda taqsimlaydi va shu orqali umrini davomiyligini kafolatlaydi. Beruniy Farobiy va Ibn Sinolarning jamiyat shakllanishi omillari haqidagi ta’limotini rivojlantirdi. U odamlarni birlashtirish zarurligini tabiat kuchlariga faqat birgalikda qarshilik ko‘rsatishi bilan izohladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne’matlar uchun bo‘lgan harakatlarini, mehnatda deb biladi. Qo‘l mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beridi. Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo‘lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo‘lib avloddan avlodga o‘tib keladigan hunarlar yuqori baholangan. Shuningdek, u davlatning paydo bo‘lishini ham extiyoj tufayli deb uylagan. Eng muhim g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo‘lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy maxorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urfodatlari o‘ziga xos bo‘ladi va inson axli ularga rioya qilmog‘i darkordir, aks xolda nizom va bir xillik yo‘qolsa, tartib ham yo‘q bo‘ladi, deb hisoblaydi. Beruniyning O‘rta Osiyo xalqlari iqtisodiy tafakkurining rivojlanishidagi xizmatlari shundan iboratki, u birinchi bo‘lib pulning kelib chiqishi, vazifalari va ahamiyatini o‘rganib, ularning paydo bo‘lishini mahsulotlar va ishlab chiqaruvchilarning bir birining mehnatiga ehtiyojlarni ko‘payishi va bir vaqtda paydo bo‘lishi bilan bog‘liq deb hisoblagan. Bu esa o‘z navbatida, ular o‘rtasida ayirboshlashni keltirib chiqaradi. Ammo ayirboshlash narxlar va ekvivalentlikni aniqlash uchun umumiy mezonni o‘rnatishni talab qildi. Oltin bunday mezonga aylandi.Chunki oltin kam uchraydigan, uzoq vaqt davomida saqlanadigan, tashqi ko‘rinishi bilan odamlarni quvontiradigan, kattalashishi va kichrayishi mumkinligi, "modda va mohiyati o‘zgarmagan holda"turli xil mahsulotlar uchun ishlab chiqarishda qo‘llanilgani sababli. Beruniyning fikricha, pulning roli sarflangan mehnat va ishlab chiqarilgan mahsulot o‘rtasidagi munosabatni ifodalashdan iborat. Pulning rolini (ko‘proq mehnat - ko‘proq pul) bunday tushunish Aristotelning bu bradagi qarashlaridan sezilarli darajada ustundir.Chunki Aristotel pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi vazifasini bajarishini ko‘rgan, lekin mehnat va qiymat o‘rtasidagi bog‘liqlikni sezmagan. Beruniy pulning vazifalarini talqin qilar ekan, pullarni xazinaga aylanishiga yani pulning jamg‘arish vazifasiga alohida e’tibor qaratgan. Shu bilan birga Beruniy davlat xazinasiga jamg‘arish va uning mablag‘laridan davlat vazifalarini bajarish uchun foydalanish zarurligini e’tirof etgan. Beruniy oltin yordamida har qanday maqsadga erishish mumkinligiga ishongan, lekin unga “g‘ayritabiiy” munosabatda bo‘lishni, uni ilohiylashtirishni qoralagan. Uning oltin va kumush ayirboshlash nisbatlari, qimmatbaho toshlar narxini belgilash va boshqa ba’zi masalalar bo‘yicha fikrlari qiziqarli hisoblanadi. Feodalizm davrida O‘rta Osiyo xalqlari iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida qoraxoniylar davrida yashagan XIX asrning atoqli shoiri va mutafakkiri. Download 30.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling