Mavzu: O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar Reja: Al-Farobiy va Abu Ali ibn Sino ning uyg’onish davridagi iqtisodiy g’oyalari
Abu Ali Tusiy- Nizomul- mulk ( 1018-1092)
Download 30.54 Kb.
|
Mustaqil ish O’rta Osiyo renesansi(uyg’onish) davridagi iqtisodiy g’oyalar
Abu Ali Tusiy- Nizomul- mulk ( 1018-1092) uzoq
yillar saljuqiy shoxlar Alparslon (1062- 1072) va uning o‘g‘li Malikshox (1072-1092) saroyida vazirlik lavozimida xizmat qildi. U dono va solih inson bo‘lgani uchun bu fazilatlar tez orada islom sivilizatsiyasiga, xususan, yosh Saljuqiylar davlatiga katta naf keltirdi. Hukmronligining oxirlarida Malikshoh o‘z vaziri Nizomul-mulkdan o‘z hukumati faoliyatiga baho berishni, kamchiliklar bor joylarni ko‘rsatib, ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar berishni so‘radi. Unda davlatni boshqarish qoidalari, tartibi va usullari, o‘tgan shoxlar tarixi va ularning ibratli xayotiy tajriba va xulosalari umumlashtirilgan bo‘lishii kerak edi. Uning fikricha, bu asar shoxlar uchun davlatni ilmiy boshqarish dasturulamali bo‘lib qolishi lozim edi. Ushbu ijodiy ishda etuk olimlari, siyosatchilar, xayotiy tajribaga ega kishilar qatnashadilar. Tabiiyki, bunday ijodiy bellashuvda Nizomul-mulk ham katnashdi hamda «Siyosatnoma» («Siyar ul-muluk» — «Podsholar turmushi») nomli risolasini taqdim etdi. Bu asar bugungi kunda islomning o‘rta asrlarida davlat boshqaruvning amaliy san’atining eng to‘liq tavsifi bo‘lib hisoblanadi.”Siyosatnoma” yoki «Siyar ul-muluk» asarining asosiy g‘oyalari vazir Nizomulmulk shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qatiy qoida va tartib o‘rnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va imonli bo‘lishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchligi va totuvligini ta’minlash uchun harakat qilishga da’vat etishidadir. Nizomul-mulk shaxsiga, uning «Siyosatnoma» asariga Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa buyuk ilm-fan hamda davlat arboblari yuksak baho berdilar.Kitob nasixatlar tarzida yozilgan bo‘lib, turli misol-hikoyalar bilan boytilgan. O‘rta asrlarda xukumdorlar o‘z vassallariga er uchastkalarini taqsimlab berishlari, ular esa o‘z navbatida er uchun ijara haqi bilan bir qatorda urush davrida ularga shaxsan xizmat ko‘rsatishlari kerak edi. Bu esa erga egalik qilish bilan bog‘liq davlat boshqaruvi tizimi edi. Kitob asosan ana shu tizimni rivojlantirish va davlat hokimiyatini markazlashtirishga qarshi qaratilgan keskin siyosiy hujjatdir U markazlashgan davlat apparati, gvardiya va keng axborot bilan ta’minlaydigan xizmatini yaratishga chaqiradi. Ammo mavjud o‘rnatilan harbiy erga egalik qilish bilan bog‘liq davlat boshqaruvi tizimi sharoitida bu xayoliy orzular edi, ular hukmron sinflarning dehqonlar qo‘zg‘olonlari va xorijiy bosqinlar oldida qo‘rquvini ifoda etdi. Asarda davlat tuzilmasi va boshqaruvi masalalariga, hokim va xizmatchilarning vazifalariga bag‘ishlangan. Shuni alohida takidlash joizki, asar xukuqshunoslik va siyosatshunoslik fanlari qamroviga daxldor bo‘lsada, unda iqtisodiy munosabatlarga xususan hukmdorlarning isrofgarchiliklari, amirlar, amaldorlar va qozilarning egalagan lavozimlarini suiste’mol qilinishi, soliq yukining ortishi, davlat xazinasi, uni boyitish, davlat mablag‘larini saqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish, oziq-ovqat va boshqa davlat barqarorligi uchun zarur zaxiralarni vujudga keltirish, javobgarlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi, dehqonlarga nisbatan zo‘ravonlik qoralandi, xizmatchilarga ish xaqi belgilash, adolatli iqtisodiy taqsimot, shuningdek soliq va xiroj, zakot, moliya va xo‘jalik hayoti, aholini ijtimoiy ximoyalash kabi iqtisodiy masalalari va ularni echimlari borasidagi qarashlarga katta o‘rin berilgan. «Siyosatnoma» asarida feodalizm tuzumining ko‘pgina qusurlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Iqtisodiyot asosini yaratuvchilik, ishlab chiqarish tashkil etadi. Asarda bularning jamiyat xayotidagi ahamiyati xaqida fikirlar bildirilgan. Asarda ham aholidan soliq olish yo‘l-yo‘riqlari masalasi ham alohida o‘rin tutadi, «xirojni u (soliq yig‘uvchi) shunday yo‘l bilan talab qilsinki, odamlarga ziyon etmasin. Soliq o‘z vaqtida oldin olinsa, raiyatga ranju- azob etadi, ular majburlikdan mol-davlatlarini yarim bahoda sotib, uy-joylarini tashlab ovora va sarsonlikda g‘ariblikka mubtalo bo‘ladilar» Muallif fikriga ko‘ra, soliqlar odamlarga malol kelmasligi, ularni bemalol to‘lash imkoniyati ega bo‘lishligi lozim. Davlatning ana shunday soliq tamoyili podshohga, raiyatga, el-yurtga naqadar foydali bo‘lishligi muallif tomonidan bir necha xikoyatlar, rivoyatlar misolida tushuntirib beriladi. Asarda muallif yomon vazirning gapiga kirib bir podshoh halqqa jabr qiluvchi soliq tizimi joriy etganligi oqibatida podshohlik ham, mamlakat ham, raiyat ham kashshoq va harob bo‘lganligi haqida bir rivoyatni keltirada. Aksincha, adolat va insofga asoslangan soliq siyosati ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqqa rag‘bat berishi ta’riflanadi. Bunday misollarni keltirish orqali Nizomul-mulk xazratlari shoxlarni xalqchil soliq tamoyillari joriy etishga da’vat etmoqchi bo‘ladi. Nizomul-mulk bozorlardagi oldi-sotdi munosabatlarni tartibga solish haqida tavsiyalar beradi, «har bir shaharda tarozi va narxlarni soladigan, oldi-sotdi ishlarini biladigan bilimdon va dono kishilardan muxtasib ko‘yish kerak va atrofdan olib kelib sotiladigan har bir molni bozorda sotish uchun va xaridorlarni aldamaslik uchun ular ustidan nazorat bo‘lishii shart. Tarozi toshlarini to‘g‘ri tutib amri-ma’ruf va naxyi munhar kilishlari lozim» Nizomul-mulk xazratlari xizmatchilarga maosh (ish haqi) tayinlash tartibi haqida tavsiyalar beradi va bunda adolatli ish haqi tizimini yaratishning ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratadi. U yozadiki, xizmatchilar «o‘z martbasi va bilimlariga ko‘ra maosh olishlari zarur. Ayni vaqtda har bir xizmat ahli daromadining qanday manbadan berilishi ham ahamiyatli ekanini ta’kidlaydi. Muallif raiyat bilan davlat o‘rtasida ma’lum ziddiyatlar, noroziliklarning vujudga kelishiga davlat xizmatchilarining nomaqbul harakatlari, xizmat vazifalarini suists’mol qilishlari ham sabab bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Masalan, soliq, yig‘uvchilarning o‘zboshimchaligi yomon oqibatlarga olib keladi. SHuning uchun ular faoliyatini qonuniy yo‘llar bilan nazorat qilib turish lozim. Gap shundaki, agar soliq xizmatchisi aholidan davlat belgilaganidan ko‘ra kuproq, noqonuniy soliq olsa «xalq bundan azob chekadi, ko‘p mollar talon-taroj etiladi». «Siyosatnoma» asarnda daromad va uning taqsimlanishi masalasi ham tadqiq etilgan. Bunda muallif o‘z xayotiy va tarixiy tajribalaridan kelib chiqib ishlab topilgan daromadni qanday sarflanishi xaqida o‘z qarashlarini bayon etadi. U yozadiki, topilgan daromadni bo‘lar-bo‘lmas ishlarga sarflamaslik lozim, xar bir narsa o‘z vaqti va o‘z joyiga harj bo‘lishii kerak» SHundagina «odamlar rohatda yashaydi, biror kishi mol-mulki jixatidan azob chekmaydi» . Demak xazinaga (davlat byudjetiga, korxonalar xazinasiga, oila ixtiyoriga) kelib tushgan daromadni obdon o‘ylab, eng zarur, kerakli maqsadlarga, ehtiyojlarni qondirishga sarf etmog‘lari darkor. Shundagina farovon va tinch yashash imkoniyati tug‘iladi. Download 30.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling