Mavzu: O’smirlik davri, ilk o’spirinlik davri psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1393601
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU SIRTQI



Mavzu: O’smirlik davri, 
ilk o’spirinlik davri psixik 
rivojlanish xususiyatlari


1.O’smirlik 
davridagi psixik 
rivojlanish 
umumiy tavsifi.
2.O‘smirlik davri 
inqirozi va uning 
psixologik, 
psixofiziologik 
sabablari, bu davrda 
intellektual va 
emotsional rivojlanish 
xususiyatlari .
3.O‘smirlik davrida 
o‘z-o‘ziga baho berish 
tizimining rivojlanishi 
muammosi borasidagi 
tasavvurlarni hosil 
qilish
4.Ilk o`spirinlik
davriga umumiy
tavsif
5.O‘spirinlik davrida
o‘zini-o‘zi anglashning
rivojlanishi
R E 
J A
:


Adabiyotlar:
1.Davletshin M.G.,Do`stmuxamedova SH.A., Mavlonov M. 
M,To`ychieva S.M., «Yosh va pedagogik psixologiya». T. 
TDPU, 2004 
2.Do`stmuhammedova Sh.A.,Tillashayxova Sh.A.,Baykunusova 
G.Yu., Ziyavitdinova G.Z., “Yosh davrlari va pedagogic psixologiya” –
Darslik. Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y.
3.G'oziyev.E.G' Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) 
T:O`qituvchi.
4. G`ozievE.G`.Ontogenez psixologiyasi.-T.: Noshir. 2010.


Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga
o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. 
«Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham 
emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining
muhim xarakterini bildiradi.
Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan
jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha
ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, 
ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq
namoyon bo‘lmokda. O‘smirlik – bolalikdan
kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va
psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari
bilan xarakterlanadi
.
O‘smirlik davrida vujudga keluvchi eng
asosiy psixologik o‘zgarish – kattalik
hissining paydo bo‘lishidir
.
Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik
taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli
narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, 
xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi
boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik
balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, 
sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal
masalalarning paydo bo‘lishi bilan xarakterli.
O‘smirlik yoshidagi
o‘quvchilarning xulq-
atvor xususiyatlari


Bu yoshda o‘smir rivojida
keskin o‘zgarishlar ro‘y
bera boshlaydi. Bu 
o‘zgarishlar fiziologik
hamda psixologik
o‘zgarishlardir. Bo‘yga
o‘sish bir tekis bormaydi:
qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, 
o‘g‘il bolalar 5-10 sm 
o‘sadilar.Og‘iz bo‘shlig‘i va
halqumdagi o‘zgarishlar
oqibatida tovush tembri
ham o‘zgaradi.
O’smir
O‘smirlik davri «o‘tish davri», 
»
krizis davr
», «
qiyin davr
» kabi
nomlarni olgan psixologik
ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.
Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-
harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z
o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash
hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigoskiy
bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” 
deb nomlagan.
O’smir


• O‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida individualizatsiya jarayoni ustunlik qiladi, 
tashqi ko‘rinishga e’tibor kuchayadi
• O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha
ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya,
taqlid
qiladilar. 



• O‘smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlarining
kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. 
• Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, 
jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehtiyojlar bilan
ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda ko‘p jihatdan
yetarli bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir.
• O‘smirning o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni butun vositalar bilan
shunchaki o‘zini katta kishi bo‘lib qolganligini ta’kidlashga majbur
qilibgina qolmay, shu bilan birga bu tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik
holatini ham vujudga keltiradi.
• Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va
agressivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va
talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib
chiqaradi. 



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling