Mavzu: O’smirlik davri, ilk o’spirinlik davri psixik rivojlanish xususiyatlari


-16 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 17-18


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1393601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU SIRTQI

15-16 yoshgacha,
o‘g‘il bolalarda 17-18 yoshgacha davom etadi. Bu
yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18
yoshli bola muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2
baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan,
to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan
shug‘ullanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish
davri deb hisoblash mumkin. Agar 
birinchi o‘tish davridagi ko‘proq
bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi
o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin
ko‘proq yoshlik davriga yaqindir va
shu jihatidan o‘rganiladi hamda
tadqiq etiladi. 
O‘spirinlik yoshida o‘quvchilarda o‘rtoklik
hissining rivoj topishi xarakterlidir. Rossiya psixologlari
I.V.Straxov bilan A.L.Shnirman tadqiqotlarining ko‘rsatishicha,
o‘spirinlik yoshidagi do‘stlik, o‘smirlik yoshidagi do‘stlikdan
ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.
O‘spirinlarda do‘stlik motivlari ancha chuqurroq bo‘ladi.
Bularda -oshkoralik, o‘zaro ishonch, talabchanlik, sadoqat,
birgalikda doimiy yordam ko‘rsatish kamchiliklarni tugatish,
do‘stiga yordam berish, o‘zaro hurmat, bir-birini tushunish


• Rus psixologi L. I. Bojovich ilk o‘spirinlik davrida shaxs motivatsion sohasining rivojlanishiga
urg‘u beradi: o‘quvchilarning
• hayotda o‘z o‘mini va ichki pozitsiyasini aniqlashi, dunyoqarashning
• shakllanishi va uning bilish faoliyatiga, o‘z-o‘zini anglashga va
• axloqiy ongga ta’siri nazarda tutiladi.
Rus psixologi L. S. Vigotskiy 1920-yillardayoq ilk o‘spirinlar haqida nazariyalar
ko‘pligini ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqida 3ta yirik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish
mumkin. 1. Biogenetik yo’nalish
2. Sotsiogenetik yo’nalish
3. Psixogenetik yo’nalish
Birinchi yo‘nalish
biogenetik
yo‘nalish deb ataladi, uning asosida yetilishning biologik
jarayonlari yotadi. Ikkinchi yo‘nalish
sotsiogenetik
yo‘nalish deb ataladi, unda asosiy
e’tabor ijtimoiylashuvga qaratiladi. Uchinchi yo‘nalish
psixogenetik
deb atalib, uning
asosida psixik jarayonlar va funksiyalaming rivojlanishi yotadi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling