Mavzu: O’smirlik davri, ilk o’spirinlik davri psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana24.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1393601
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MAVZU SIRTQI

xotira, nutq, tafakkur
rivojlanadi.
O‘spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada takomillashib boradi, 
mantiqiy xotirasi, esda olib qolishining oqilona yo‘li sifatida ta’Iim
jarayonida yetakchi vazifani ado eta boshlaydi. Mazkur pallada
o‘spirinlaming tafakkuri tobora mantiqiy, faol,
mustaqil va ijodiy xususiyat kasb eta boshlaydi. Tafakkur rivojlanishi bilan
birgalikda o‘quvchilaming nutq madaniyati rivojlanadi.


• Shaxsning bilish jarayonlari uning emotsiyalari bilan bog‘liq.0 ‘smirlik davridagi
kuchli emotsional reaksiyalar garmonal va fiziologik jarayonlarga bog‘liq. 
Bolgariyalik psixologlar G. D. Pirov va boshqalar yoshdan 17 yoshgacha
bo‘lgan bolalami ko‘ndalang kesim metodi orqali o‘rganib, nerv faoliyatining
eng qo‘zg‘aluvchan tipi 5 yoshlilar orasida uchrashini aniqlashgan. Bola katta; 
bo‘lgan sayin qo‘zg‘aluvchanlik kamayib, muvozanatlilarning soni ortgan.
• Pubertat yoshda (11-13 yosh qizlarda va 13-15 yosh o‘g‘il bolalarda)
qo‘zg‘aluvchanlarning miqdori ortadi, bu davrning oxiriga borib qo‘zg‘aluvchanlik
yana kamayadi. Rus psixologi P. M. Yakobson kattalar va tengdoshlariga salbiy
reaksiyalar, 12,5- 13,5 yoshda eng ko‘p uchraydi, deb ta’kidlagan edi. O‘smir va
o'spirinlardagi emotsional reaksiyalar faqat garmonal o’garisihlarga bog‘liq bo‘lib
qolmay, balki ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlari, individual-tipologik farqlarga
ham bog‘liq.


Sha
xs
riv
ojlan
ishi
Kelajakka intilish ilk o‘spirinlaming psixologik xususiyati hisoblanadi. Ilk o‘spirinlik
davrida shaxs rivojlanishining muhim omili hayotiy rejalar qurish, hayotiy istiqbollami
anglash hisoblanadi. Hayotiy reja keng tushuncha bo‘lib, shaxsiy o‘z-o‘zini belgilashning
barcha sohasini qarnrab oladi. Kelajakka hayotiy rejalar qurish, kasbiy o'z-o'zini
belgilash o'spirinlik davridagi markaziy psixologik yangilikdir.
Shunday qilib, hayotiy rejalarni tuzish o‘tmish, kelajak va hozirgi “Men”ning qulay
birikuvi asosida quriladi. 0 ‘spirinlik davridashakllangan ijobiy “Men” konsepsiyasi, o‘z-
o‘zini hurmat qilish, o‘zo‘ zini qadrlash hissi istiqbol maqsadlami qurishga va ularga
erishish uchun faol intilishga undaydi. 0 ‘spirinlarda qadriyatlar shakllanadi, dunyoga
umumlashtirilgan qarashlar tizimi sifatida dunyoqarash shakllanadi, hayotga anglangan
umumlashgan munosabat inson hayotining mazmuni shakllanadi. 0 ‘spirinlami hali to’la
katta deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki ulaming shaxs xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish
mumkin.


O‘spirinlarda sevgi hissi bir qancha holatlarga bog‘liq.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling