Mavzu: O’smirlik davri, ilk o’spirinlik davri psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU SIRTQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchi sinf o‘quvchilari
- ( Krakovskiy A.P. 1970 ) O‘smirlik davri jinoiy xulqning shakllanish ehtimoli nisbatan
- O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat o‘qish va shaxsiy - intim muloqotdir.
- Ota-ona va o‘qituvchilar bilan muloqot
“Oltinchi sinf muammolari”ga
bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: Oltinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishlari, 7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qilishlari, 9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor berishlari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish- istaklariga bo‘ysunishlari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti- xarakatlari motivlariga ega bo‘lmasliklari aniqlangan. ( Krakovskiy A.P. 1970 ) O‘smirlik davri jinoiy xulqning shakllanish ehtimoli nisbatan balandligi bilan tavsiflanadi. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari xam mumkin. O‘smirlik davrida avtonomiyaga ehtiyoj kuchayib, dastlab fazoviy avtonomiyaga, keyinchalik iqtisodiy avtonomiyaga intilish kuzatiladi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat o‘qish va shaxsiy - intim muloqotdir. O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining extiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. • Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. • O‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo‘ladi. Aynan 13-14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig‘i keskin ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealarga to‘liq diqqatini qarata olmaydi. • 11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. • O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar . • O‘smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Xotira, mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi. • 5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. • 7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. • 10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi. Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik o‘smirlar o‘zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. • O‘smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni emotsional kechinmalarida katta o‘zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o‘sadi. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. Ota-ona va o‘qituvchilar bilan muloqot Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling