Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti
“pedagogika va psixologiya “yo’nalishi
52-19- guruh talabasi Abduqaxxorova Gulbahorning
“Pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi”
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Zamonaviy didaktik konsepsiyalar
Tayyorladi: Abduqaxxorova Gulbahor
Qabul qildi: D.Toshtemirov
Mundarija……………………………………………………………….
Kirish…………………………………………………………………………..
I.BOB. Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy konsepsiyalari………………….8
1.1.Xorij psixologlari tadqiqotlarida rivojlantiruvchi ta’lim muammosining tadqiq qilinishi ……………………………………………………………………
1.2.Konsepsiya muammosining ilmiy adabiyotlarda o’rganilganligi ………….
1.3.Ta’lim nazariyasiga zamonaviy yondashuvlar ……………………..
II.BOB. Ta’lim tarbiyaning zamonaviy konsepsiyasi……………………
2.1. L.V.Zankovning rivojlantiruvchi ta’lim kontseptsiyasi…………………
2.2. V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi…………….
2.3. Didaktik bilim rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari…………….
III.BOB. Pedagogik goyalar rivojining tarixi va ta’lim-tarbiyani zamonaviy konsepsiyasi………………………………………………………………….
Xulosa………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohalarda bolgani kabi ta‘lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to’g’risidagi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ zamon talablariga javob beradigan pedagogik xodimlar tayyorlashni bosh vazifa qilib qo’ydi. Prezidentimiz Islom Abdug'anievich
Karimov ta‘kidlaganlaridek: Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e‘tibori avvalambor farzandlarimizning unibo’sib, ulg'ayib qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.
Nazariy bilimlar hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan va yangi zamonaviy muammolarni muvaffaqiyatli hal qila oladigan mutaxassislar tayyorlash bilan bog'liq ishlar bugun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamizning rivoji, ravnaqi oliy maktablarda tayyorlanayotgan mutaxassislarga bog'liq ekan, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash kerak. O’qituvchi bilan o’smirning hamkorlikdagi faoliyatini to’g'ri yo’lga qo’yish bo’lajak mutaxassislar kasbiy tayyorgarligining asosiy omillaridan biridir.
Psixologik bilimlarni inson tomonidan o’rganilishi shuning uchun ham muhimki odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob‘ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta‘sir ko’rsatishning usul va vositalarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Kundalik hayotning tobora shiddatli tus olayotgani insonga bo’layotgan axborot xurujining ko’pligi, ijtimoiy muammolarning haddan ziyod zidlashuvi natijasida asablarning taranglashishi juda ko’p insonlarni stress holatiga duchor etmoqda. Shu nuqtai nazardan bizning tanlagan mavzuimiz o’smirlik yoshi davridagi o’ziga xos psixik zo’riqishlar asosiad stress holatlarning yuzaga kelishi va uni bartaraf etish jihatlarini nazariy va amaliyo yoritishga asoslanganligi bilan axamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |