Mavzu: O‘smirlik yoShida stress holatlarini oldini olishning psixologik xususiyatlari


Download 138.46 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi138.46 Kb.
#1415008
1   2   3   4
Bog'liq
52-19 Abduqaxxorova Gulbahor

Kurs ishining amaliy axamiyati: unda keltirilgan xulosalarning pedagog va o’quvchilarga o’smirlik yoshida olib boriladigan ta‘lim-tarbiya jarayonida paydo bo’ladigan turli nosog’lom muhitni bartaraf etishda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishidir.
Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Bitiruv malaka ishi Kirish, 3 bob, 8 bo’lim, xulosa, tavsiya va adabiyotlardan iborat. Jami sahifadan tashkil topgan.
IBob. ZAMONAVIY DIDAKTIK KONSEPSIYALAR

L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim kontseptsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.


Psixolog L.S.Vo’gotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30- yillarda ilgari surilgan “YAqin rivojlanish zonasi” g’oyasi ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.
Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantirish barcha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining asosi.
Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.
O’smirlik yoshida eng ko’p uchraydigan hissiy zo’riqish – stress bo’lishi, uning kechishi, shaxsning individual-psixologik xususiyatlari ham taraqqiyot motivatsiyasiga bog‗liq bo’lishi mumkin. Taraqqiyot motivatsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, hissiy zo’riqishlar shunchalik kam bo’ladi va ular o’smirlik yoshidan o’spirinlik yoshiga o’tgan sari kamayib borishi mumkin. Bularga-
1.L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi. 2.D.B.Elkoninning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi. 3.V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi kabilar kiradi.
L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va nazariy bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili.
L.V.Zonkovning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
o`quvchilarning bilim egallashi va mashqlari asosida faqat qayta yaratuvchi faoliyat yotar ekan, fikrlash va faoliyat go`yo oldindan solingan yo`l bo`ylab boradi. Bu nafaqat o`quvchilar aqliy rivojiga yordamlashmaydi, hatto ayrim hollarda uni tormozlaydi ham. Ular faktik materialni chuqur tahlil qilishiga o`rganmay, axborot va uni amalda qo`llash usullarini mexanik yod olishga intiladilar
Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo`ymoqda. 2006 yil iyul oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta’lim” to`g’risidagi hujjat g’oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’i nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo`lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta’lim” iborasi paydo bo`lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta’lim o`qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo`lib faol innovatsion harakatni boshladi.
Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo`lga qo`yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o`qitishni jamoaviy o`qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to`g’risidagi harashlar o`z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o`qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o`qitishning individual yo`nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o`qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o`z-o`zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va boshqalarni keltirish mumkin.
Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o`qitishda o`zlashtirishni yuqori ko`tarish, o`quv jarayonida qiziqtirishni, o`quv materialini tushunishni yaxshilashni, funktsional savodxonlikni shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy fikrlashni, ekologik va iqtisodiy fikrlashni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuharolik ongini, o`z-o`zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo`naltirilgan edi.
. Hozirgi sharoitda innovatsion faollik ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy to`zilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog’liq. Bu jarayonlarning asosi bo`lib oxirgi uch, o`n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo`ldi (A.A.Abdulina, ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q).
Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo`nalishlari ichida xususiy innovatsion nazariyani, shaxsiy (xususiy) yo`nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy- to`zilmaviy modelini, ta’limni ko`p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko`rsatish mumkin.
D.B.Elkonina va V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi va ularning mashg’ulotlardagi o’quvchilarning maqsadga yonaltirilgan faol o’quv faoliyati tamoyili.
D.B.Elkoninning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi.
O`quv faoliyati–ijtimoiy tajribani o`zlashtirish asosidir.
D.B.Elkonin ta'kidlaydiki, o`quv faoliyati eng avvalo shunday faoliyatki, uning natijasida tinglovchining (o`quvchida) o`zida o`zgarish yuz beradi. Bu faoliyat o`z xolicha o`zgarishdir. Uning maxsuli, sub'ektning o`zida yuz bergan o`zgarishlardir. Uning maxsuli, sub'ektning o`zida yuz bergan o`zgarishlardir
V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi
Bolaning aqliy rivojlanishda rejasini ta`lim va tarbiya taraqqiyoti belgilaydi. Yani, ta`lim va tarbiya taraqqiyoti bola rivojlanishidan oldinda bo`lishi lozim.
Bolaning intelektual qobiliyatini rivojlantiruvchi
Zona- ta`limning taraqqiyot zonasi ichida bo`ladi.
Oxirgi o`n yillikda pedagogik innovatsiyani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potashnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki, N.R.Yusup-bekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o`ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o`qitish jarayonida bo`lg’usi o`qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo`lib qolmoqda.
2. Shaxsiy yo`nalishli ta’lim kontseptsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vigotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davidov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmo-lov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Tsukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshharuv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shug’ullangan. Ushbu kontseptsiyaning yetakchi g’oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o`rnini anglab yetish, predmetlarni o`zlashtirish bilan asosiy e’tibor o`quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o`qitishga asosiy maqsad haratiladi.
Ushbu kontseptsiyaning boshqa bir g’oyasi o`quv shakllarini konstruktsiyalash bilan bog’liq bo`lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o`quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo`lg’usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo`lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o`zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo`lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo`naltirilgan shaxsni o`zgartirishga haratilgan jarayondir.
Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko`nikma va malakalar emas, balki shaxs o`sishiga qobiliyat, empatik o`zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka haratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o`z-o`zini faoliyatini yo`lga qo`yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon tinglovchi yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo`lga qo`yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyaning keyingi g’oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog’liq: tinglovchi “o`rganuvchi”, “o`quvchi”, “o`qitadigan” pozitsiya orqali o`tadi. Agar oliy o`quv yurti “o`qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo`lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o`quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan tinglovchining o`z-o`zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo`lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o`zini qayta qurish sub’ekti ham tinglovchi, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O`qituvchi faoliyati ham o`zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, tinglovchilarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada tinglovchilar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko`ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo`lga qo`yish dolzarb bo`lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug’ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmog’i zarur. Bundan tashhari oliy ta’limda har bir fanlarni o`qitish sohasida pedagogi-psixologik va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shug’ullanishlari kerak.
2 Bob. Didaktik bilim rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari
Didaktika haqida tushuncha
Didaktika taʼlim jarayonining umumiy qonuniyatlarini oʼrganuvchi qismidir. Didaktika grekcha soʼz boʼlib, ―Didayko – oʼqitish, ―Didaskol – oʼrgatuvchi degan soʼzlardan kelib chiqqan
Didaktikaning soʼzma-soʼz tarjimasi taʼlim nazariyasini anglatadi. Taʼlim nazariyasi taʼlim jarayonining tushunchasi va mohiyatini, taʼlim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy shakllarini oʼz ichiga oladi. Taʼlimning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, koʼnikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Didaktika pedagogikaning ―nimaga oʼqitish, ―nimani oʼqitish va ―qanday oʼqitish‖ kabi savollariga javob izlaydi. Didaktika oʼz navbatida ayrim oʼquv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bogʼlanadi. Shu usullar maʼlumotiga tayanib, oʼqitishning umumiy qonuniyatlarini yechib boradi va ayni vaqtda har bir oʼquv fanini oʼqitish usullari uchun umumiy asos boʼlib xizmat qiladi.
Didaktikaga oid yaqin va oʼrta Sharqda yashab ijod etgan Аl-Xorazmiy, Аbu Nasr al-Forobiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino kabi buyuk mutafakkirlar tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, sanʼat, geografiya, riyoziyot kabi ilmlarni oʼqitish vositasida avlodlarni tarbiyalash gʼoyasini olgʼa surdilar. Kaykovusning ―Qobusnoma, Nosir Xisravning ―Saodatnoma‖, Yusuf Xos Hojibning Qutadgʼu bilig, Аhmad Yugnakiyning ―Xibot ulhaqoyiq‖, Аlisher Navoiyning ―Mahbub – ul-qulub‖ (Koʼngillar sevgisi) asarlarida ilgʼor pedagogik qarashlar ham ifodalangan. Ular dunyoviy taʼlimni keng rivojlantirishga katta hissa qoʼshishdi.
Sharq xalqlari pedagogikasining buyuk allomasi Yusuf Xos Hojib oʼzining ―Qutatgʼu-bilig‖ asari orqali ilm-fan, maʼrifatning ahamiyati, taʼrifi va tavsifida odamlarni tinmay ilm olishga, bilim oʼrganishga undaydi. Dunyodagi barcha xayrli ishlar, ezgu amallar negizida ilmmaʼrifat yotadi. Ilm ziyosi tufayli jaholat zulmati yoziladi, fikr ravshanlanadi, olamga roʼshnolik taraladi. Har bir sogʼlom fikrli odam dunyoning borliq ishlaridan ogoh boʼlishi, buning uchun tinmay bilim olishi, maʼrifatga intilishi kerak.
Mutafakkir Аbu Rayhon Beruniy (973-1048) ilmning qadr-qimmatini yuksak baholagan holda, insonning chin fazilati ilmda ekanligini alohida taʼkidlaydi: «Ilm oʼzi lazzat bagʼishlaydi. Odamlar ilm tufayli ezgulikka erishadilar. Ular ilm tufayli yovuzlikdan xolos boʼladilar. Shuning oʼzi eng aniq foyda, eng katta davlat emasmi, axir‖.
Bilimlar rivojida Sharqning buyuk allomasi Аl-Xorazmiyning salmoqli ulushi bor, albatta. Bu buyuk olim algebra, arifmetika, astronomiya, geografiya va musiqa sohalarida bir qancha asarlar yozgan. Uning ―Аljabr va almuqobala hisobidan qisqacha kitob‖ asari asosida algebra paydo boʼldi.
Oʼzbek sheʼriyatining buyuk dahosi Аlisher Navoiyning didaktik merosi, uning bebaho ―Xamsa‖ asarida, hikmatlarida lirik durdonalarida oʼz ifodasini topgan. Masalan, ―Farhod va Shirin‖ dostonida Farhod ilmli, hunarli, ijodkor shaxs. Farhod – ilm-hunarni hayot bilan bogʼlaydi.
Аlisher Navoiy hayotining soʼnggi davrlarida bitgan «Mahbubul qulub‖ asari chuqur tarbiyaviy ahamiyatga molik falsafiy asardir. Аsarda donishmand allomaning oʼgitlari, pand-nasihatlari mujassamlashgan. Аsar shoirning kelajak avlod bilan hayolan muloqotlari tarzida yozilgan.
―Mahbubul qulub‖ bahonasida ulugʼ adib Аlisher Navoiyning pedagogik qarashlari haqida soʼz yuritilar ekan, bu noyob asar boshidan-oyoq hikmatu nasihat, ibratli hikoya va oʼgitlarga serob bir bahr ekanligini har bir pedagog unutmasligi, taʼlim jarayonida bu pandu nasihatlarda unumli foydalanmogʼi kerak. Zotan, ―Mahbubul qulub‖ da shoirni oʼylantirgan muammolar bugungi kunimizga ham nihoyatda mos tushadi.
Ilmiy didaktikaga asos solgan chex olimi Ya.А.Komenskiy, shveytsariyalik pedagog I.G.Pestalotstsilar Yevropada didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qoʼshdilar. Ya.А. Komenskiyning falsafiy fikrlariga va oʼsha davrdagi maktablar tajribasiga tayanib, oʼzining mashxur «Buyuk didaktika» asarini yozdi.
Bu asarda u birinchi boʼlib umumiy taʼlim haqida soʼz yuritgan va taʼlim berishni tashkil etishni, uning tamoyillarini (asosiy qoidalarini), metodlarini, mazmunini asoslab bergan edi. Ya.А.Komenskiyning «Buyuk didaktika» si keyingi asrlarda jahonning koʼpgina mamlakatlarida, shu jumladan Oʼzbekistonda ham pedagogikaning rivoj topishiga juda katta taʼsirini koʼrsatdi.
Frantsuz faylasufi Jan Jak Russo oʼzining «Emilь yoki tarbiya toʼgʼrisida» degan pedagogik asarida bolaning yoshi oʼlgʼayishiga, unga taʼlim berishga betakror tafsiflar berdiki, bu esa didaktikaning rivojlanishiga jiddiy taʼsir koʼrsatdi. U muammoli, izlanuvchanlik xususiyatdagi alohida oʼquv yurtlari boʼlishini taklif etgan, taʼlim berishni bevosita tabiat hodisalarini bevosita kuzatish bilan olib borish zarurligi haqida gapirgan edi.
1997 yil 29 avgustida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida «Taʼlim toʼgʼrisida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning 13moddasida Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlim tizimi faoliyati belgilab berilgan (12-ilova).
«Umumiy pedagogika» ning asosiy boʼlimlaridan biri – didaktika boʼlimi. Didaktika bir necha kategoriyalardan iborat: oʼqitish tamoyillari (13-ilova), oʼqitish jarayoni (14-ilova), taʼlim mazmuni (16-ilova), taʼlim vositasi (17-ilova), oʼqitish (taʼlim) metodlari (18-ilova), taʼlim shakllari (20-ilova), baholash metodlari (21-ilova) (13-, 14-, 15-, 16-, 17-, 18-, 20-, 21-ilovalar).
Didaktikaning hozirgi vazifasi oʼqitishda texnika vositalarining didaktik asoslarini tadqiq etishdan iborat. Hozirgi paytda kasb-hunar taʼlimi muassasalari zamonaviy texnika vositalari, uskunalar va kompьyuterlar bilan jihozlanayotir. Lekin, oʼqituvchilar har doim xam ulardan toʼgʼri foydalana bilmaydilar. Taʼlim vositalarining oqilona qoʼllanishining pedagogik jihatdan asoslab berilishi oʼquv jarayonining samaradorligini oshiradi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida taʼkidlangan milliy model Oʼzbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilgʼor fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini oʼzida toʼlaqonli aks ettiruvchi namunadir.
Bu yangi oʼquv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bir tomondan oʼqituvchi mahoratiga bogʼliq boʼlsa, ikkinchi tomondan oʼquv yurtini zamonaviy texnika bilan taʼminlanganligiga bogʼliq.
Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yuksak mehnat intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch xis tuygʼularini tarbiyalash vazifasini qoʼyadi.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab jarayon boʼlib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu murakkab va maʼsuliyatli vazifa oʼqituvchipedagoglar zimmasiga yuklatiladi. Oʼqituvchi – pedagogik va psixologik jihatdan oʼz ixtisosligi yoʼnalishlari boʼyicha maxsus maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda taʼlim muassasalarida faoliyat koʼrsatuvchi shaxs sanaladi va u oʼqitish shakllarida foydalaniladigan oʼqitish qonuniyatlari, printsiplarini ijodiy qoʼllashda, ilmiy bilishga doir gʼoyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishdek muhim vazifani bajaradi.
Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyadan foydalana oladigan yuqori malakali ishchilarni yetishtirish demakdir. Mazkur vazifani muvaffaqiyatli hal qilishda muhandispedagoglarning fan va texnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, oʼquv jarayonida ilgʼor pedagogik va ishlab chiqarish taʼlimi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta ahamiyatga ega.
III.Bob.Hozirgi kasb-xunar taʼlimi didaktikasida qanday oʼqitish jarayoni qonuniyatlari mavjud?
Oʼquv jarayoniga sistemali yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning oʼzaro bogʼlangan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchidan, oʼquv jarayoni oʼzining oʼqitish maqsadi, oʼqitish va oʼquv faoliyati, taʼlim mazmuni, oʼqitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon boʼladi. Ular oʼzaro bir-biri bilan bogʼlanib ketgan.
Ikkinchidan, oʼquv jarayoni nisbatan yirik tizim boʼlgan pedagogik jarayonning tag tizimidir. Bu tag tizimoʼqitish, taʼlim berish va tarbiya jarayoni birligi sifatida namoyon boʼladi. Shu bilan birga bu tizimda salmoqli tizim sifatida kasb-xunar taʼlim tizimi oʼquv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita taʼsir koʼrsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud.
Shunday qilib oʼquv jarayonining muhim tashqi va ichki bogʼliqligini farqlash lozim. Shu asosda taʼlim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning oʼz qonuniyatlari sifatida oʼquv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy, takrorlanuvchi va muhim bogʼlanishlarni koʼrsatish mumkin.
Kasb-xunar taʼlim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish va pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Kasb-xunar taʼlim tizimida oʼqitish jarayoninig oʼziga xos xususiyatli tomonlari mavjud boʼlib, samarali natijani kafolatlash asosan pedagogik texnologiyalar asosida amalga oshadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni koʼrsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi taʼlim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam oʼrin egalladi
Oʼz davrlarida Аbu Nasr Forobiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn
Sino, Аlisher Navoiy, Yan Аmos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Аbdulla Аvloniy va boshqalar oʼz asarlarida oʼqituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, oʼqituvchi shaxsida aks etishi zarur boʼlgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali oʼzlari ham pedagogik madaniyatga ega ekanliklarini namoyon etganlar.
Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda boʼlmagan shaxs taʼlim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini taʼminlovchi fikrga ega boʼlmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish, unga insbatan insonparvar munosabatda boʼlish, vaziyatni toʼgʼri baholash, yuzaga kelish ehtimoli boʼlgan ziddiyatlarni oʼz vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda talabalar ongiga singdirilayotgan ezgu gʼoyalarning hayot mavjudligini taʼminlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga ishonch kabilar tashkil etadi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Аmerika va Gʼarbiy Yevropada taʼlimni isloh qilinishi bilan bogʼliq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galьperin, N.А.Menchinskaya, Z.I.Kalmыkova, L.I. Zankov texnologiyalari mashhur. Oʼqitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalьko, N.F.Talыzina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina,
G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavtsev, А.M. Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktik olimlarga taalluqlidir.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud boʼlgan: u texnik vositalar haqidagi taʼlimot deb hamda oʼqitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha taʼriflari mavjud.
Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan taʼriflarga toʼxtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.
«Pedagogik texnologiya – bu taʼlim shakllarini jadallashtirish vazifasini koʼzlagan oʼqitish va bilimlarni oʼzlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YuNESKO).
“Pedagogik texnologiya- bu oʼqituvchi (tarbiyachi)ning oʼqitish (tarbiya) vositalari yordamida oʼquvchi (talaba)larga muayan sharoitda taʼsir koʼrsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir‖ (N.Saidaxmedov, O.Ochilov).
“Pedagogik texnologiya – pedagogning oʼqitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda koʼrsatgan tizimli taʼsiri natijasida ularda jamiyat uchunzarur boʼlgan va oldindan belgilangan ijtimoiy – sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa‖(B.Ziyomuhammedov).
“Pedagogik texnologiya – pedagogik jarayonni boshqarish omili sifatida quyidagi mazmunga ega: PT - taʼlim jarayonini loyihalash asosida tashkillashtirish, uning samarali natijasini kafolatlovchi hususiyatlarga,(pedagogik mahorat, pedagogik takt, pedagogik stil, pedagogik aniqlik) pedagog faoliyatining innovatsion hususiyatlariga (ijodkorlik – kreativlik, yuksak professionalizm – akmeologiya, tahliliy va tanqidiy yondoshuv - refleksiya) tayangan xolda taʼlimning yangi shakl va usullarini yaratish va amaliyotga joriy etishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriyadir‖(S.Yoʼldosheva).
Bu taʼriflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qoʼlga kiritish uchun taʼlim doirasida zarur boʼlgan vositalar tizimini rejalashtirish va tadbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
Kasb-xunar taʼlim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishdatalabaning va oʼqituvchining munosabatiga alohida eʼtibor qaratish zarur.Bu munosabatni quyidagi turlarini ajratish mumkin:
1. Аvtoritar texnologiyalar. Oʼqituvchi asosiy subʼekt boshqaruvchi, talab qiluvchi, yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Talaba shaxsi esa tobe bulib, barcha talablarni bajarishi kerak. Bunda talabaning qiziqishlari va extiyojlari taʼlimni tashkil etish jarayonidaeʼtiborga olinmaydi.U bajaruvchi sifatida maydonga chiqadi.
2. Didaktik markazlashgan texnologiya. Bu texnologiya markazida taʼlim jarayoni turadi va taʼlim jarayoni tarbiyadan ustun qoʼyiladi. Аynan didaktik vosita yordamida shaxsni shakllantirish, unda kasbiy koʼnikmalarni hosil qilish maqsad qilib qoʼyiladi. Bunda oʼqituvchi yetaklovchi (amaliyotchi) sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (oʼqituvchi va talaba) bir xil pozitsiyani egallaydi. Аsosiy maqsad taʼlim olishva tomonlarhamkorlikda ish olib boradilar.
3. Shaxsga yoʼnaltirilgan texnologiyalar. Taʼlim tizimining markazidatalaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga sogʼlompsixologik muhitni tashkil qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qobiliyatini oʼstirishga qaratilgan. Bu yoʼnalishni toʼrt guruhga boʼlish mumkin:
a) Insoniy texnologiyalar. Bu texnologiya oʼzining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yoʼnalishi bilanajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmatva mehr bilanqarashva majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.

b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi gʼoyalar asosida qurilgan. Oʼqituvchi va talaba orasidagi munosabatlar subʼekt -subʼekt sifatida qaraladi. Birgalikda taʼlim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.


v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabagatanlash, mustaqillik erkinligi beriladi. Talaba oʼzi tanlaganvositava mazmunni toʼliq qabul qiladi hamdabu faoliyatni xohish bilan bajaradi. Ichkiextiyoj bilanuygʼunlikhosil boʼladi.


g)Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari)


qonuniyatlarni oʼrganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.

Metodika – metod va usullarning yigʼindisidan iborat boʼlib, qandaydir xarakatni amalda bajarilishidir. Oʼqitish metodikasida u yoki bu fanni oʼrganish haqida tushuniladi. Аdabiyotlarda shunday soʼz talqini uchraydi «Oʼqitish metodikasi», «Oʼrgatish metodikasi».


Lekin bu ikki tushuncha ham amalda teng huquqlidir. Chunki oʼqitish – bu oʼrgatilganni faoliyati, oʼrgatish esa – ularni birgalikdagi faoliyatidir. Oʼqitish metodikasining metodologik asoslari bilim nazariyasi boʼlib, umumiy qonuniyatlarni, inson atrofida sodir boʼlayotgan, uni urab turgan dunyo shakli va metodlarni oʼrganadi.
Oʼqitish metodikasi oʼquv predmeti sifatida boʼlgʼusi muhandispedagogga quyidagini tushunitirishi kerak. Qanday va nimaga oʼqitish, qanday ketma-ketlikda va nimagaendi shunday oʼqitiladi, boshqacha emas. U nafaqat metodlarning bilim taʼlim mazmunini, oʼqitilayotgan fanlar majmuasini oʼz ichiga oladi.
Oʼqitish metodikasi fani maxsus va ishlab chiqarish taʼlimi fanlarni kasb-hunar maktablari va kollejlarda oʼqitiladigan predmetlarni bir butun guruhlar sifatida birlashtiradi.
Maxsus fanlar oʼqitish metodikasi fanida talabalarga mutaxassislik fanlarini ishlab chiqarishiga tadbiq etilgan holda oʼquvchilarga oʼqitish metodlarini oʼrgatishdan iborat. Oʼquv jarayonida tarbiyaviy ishlarni olib borish, mutaxassislikka boʼlgan qiziqishlarini shakllantirish va qobiliyatlarini rivojlantirish, kasb-hunar kolleji oʼquv dasturlari hamda xujjatlarini toʼgʼri yuritish kabi muammolarni yechishga yordam beradi.

Pedagogik goyalar rivojining tarixi va ta’lim-tarbiyani zamonaviy konsepsiyasi


Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o‘z akl-zakovati bilan o‘zini ximoya kiladigan va bokadigan mustakil, erkin kilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat xodisalari, jarayonlarini o‘rganish, ulardan yashash uchun okilona foydalanish asosida insonlar sekin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma’naviy kadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan.
Ilk davrlarda ta’lim yoshlarga ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro‘zgor yuritish, o‘zaro va tabiatga munosabat aloki, odobi sifatida shakllana boshlagan bo‘lsa, bilimlar xajmi kengaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tugila boshlagan. Ma’lum kabila, elat, millat mikyosidagi ta’lim-tarbiya koidalari majmuasi konsepsiyalar ko‘p xollarda aloxida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta’lim konsepsiyalari ko‘p xollarda ma’lum muallifning nomi bilan boglanmaydi.
Antik pedagogikada tabiatga, atrof-muxitga, o‘zaro insoniy munosabatlarda ongli, axlokiy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu vaktlarda tarbiyaning bosh maksadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo‘lgan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mexnatsevarlik, ma’naviy-axlokiy sifatlar bilan uygun rivojlantirilishi maksadga muvofik ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik karashlar mashxur “Avesto” (er.av. VII asr) asarida va kadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av.III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O‘rta Osiyo, Kadimgi Xindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson kalbi tushunchalari ilgari surildi.
610 yillarga kelib, iloxiy asar ulug Kur’oni Karimda inson moxiyati to‘la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh maksad kilib ko‘yilgan edi.
Kur’oni Karimdagi ta’lim-tarbiyaga oid ulug xazina Al-Buxoriy xazratlarining xadislarida beriladi. Ta’lim-tarbiya insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib berila boshladi. Antik falsafada ham zoxiriy va botiniy ilmlar uygun karalar edi. Demokrit, Platon, Arastu asarlarida insonparvarlik goyalari ilgari surilgan edi.
Al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino asarlarida ong va fan uzviyligi ilgari surildi. Al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Axmad Fargoniy ta’limda amaliy faoliyat ustuvorligi goyasini ilgari surishdi. XIII, XIV asrlarda Abdulxolik Gijduvoniy, Baxouddin Nakshbandiy xazratlarining ulug tarikatlarida mexnatsevarlik, insonparvarlik, poklik, soflikning asosi ekanligini nazariy va amaliy isbotlab: ”Ko‘ling mexnatda bo‘lib, Ollox kalbingda bo‘lsin” shiorini ilgari surdilar va unga o‘zlari xayotlarida ibratona amal kildilar.
Mirzo Ulugbek ta’limda tadkikot, kuzatish, umumlashtirish goyasini ishlab chikdi, bu goyani amalda tadbik kilib maktablar ochdi, darsliklar yozdi, observatoriya tashkil kilindi.
XV-XVI asrlarda Alisher Navoiy boshchiligidagi mutafakkirlar insonparvarlik goyasi nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ulug ishlar kildilar. Gelvesiy, Didro, R.Ouenlar tarbiyani ustuvorligi goyasini ilgari surishdi. K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy ta’lim va tarbiyani uygunligi goyasini ilgari surishdi. S.G.Shatskiy, L.V.Zankov, Suxomlinskiylar ta’limda amaliyotni tadbikiy, ongli o‘zlashtirish ahamiyatiga ega ekanligini ishlab chikishdi.
Shark faylasuflari inson aklini yuksakka ko‘tardi va uning kobiliyatiga ishondi. Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorkin orzusi bo‘lib kelgan. Birok dunyo xalklarining barchasi ham bu haqda o‘ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma’rifatga, madaniyatga mansub bo‘lgan yurtlarning donishmandlari – eng mo‘’tabar ziyolilari, xukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobokalonlarimizning o‘z o‘rni, xurmati bor. Bu jaxon hamjamiyati tomonidan kabul kilingan haqikatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o‘z tariximizdan juda ko‘p dalillar keltirishimiz mumkin. Al-Forobiyning “Fozil odamlar shaxri” asaridagi goyani yodga oling. Unga ko‘ra jamiyatning har bir fukarosi-mansabi, tutgan o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan kat’iy nazar fozil kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha konun-koidalarini yaxshi biladi, unga amal kiladi, fikrlaydi, o‘z kasbining ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun jon fido kiladi. Fozillar shaxri axolisi bir-biriga xurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o‘rtasida sharkona nazokat, mexr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo bunday fikr yuritishimizning o‘z bobolarining ma’naviy darajasi nakadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko‘p asrlik meroslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak, bizning barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Millatimiz urf-odatlaridagi, konidagi ma’rifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish hislati bir necha ming yillar davomida shakllangan.
“Kalila va Dimna”, “Kobusnoma”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma”.”Ro‘shnoinoma”, M.Koshgariyning “Devoni lugoti turk”, Yusuf Xos Xojibning “Kutadgu bilig”, A.Navoiyning “Maxbub ul-kulub”, X.V. Koshifiyning “Axloki Muxsiniy” asarlarida ilgor pedagogik karashlar ham ifodalangan.
O‘rta asr uygonish davrida Sharkda dunyoviy ta’lim keng rivojlandi. Lekin O‘rta Osiyoning Rossiyaga tobelanishi okibatida ma’rifiy-pedagogik tafakkur ham o‘zgarib bordi.
Lekin bu davrda ilm va ma’rifatni doimo yuksaklikka ko‘taruvchi goyalar baralla kuylanib turdi. Bunda o‘lkaning ilgor-fozil kishilari muxim rol o‘ynaydi.
X1X asr oxirlari va XX asrning boshlarida ijod kilgan adabiyot namoyondasi Furkat ma’rifatparvarlik maktabining asoschisi bo‘lgan. U zamonaviy madaniyat va tarakkiyotning yo‘li ilm olishda deb ta’kidlaydi. Furkat ma’rifatparvar shoir sifatida muxim asarlar yozib koldirgan. Uning “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Akt majlisi xususida”,”Vistavka xususida” kabi she’rlari , “Suvorov haqida” nomli dostonini Toshkentda yashagan vaktida rus madaniyati bilan tanishish orkali olgan taassurotlaridan yaratgan.
Jaxon-ravshan ziyoi ilmdandur,
Ko‘ngil sofi safoi ilmdandur –
deydi Furkat.
Bu davrda Avaz O‘tar ijodida ham ma’rifatparvarlik goyalarini ifoda etuvchi bir kancha asarlar mavjud. Shuning eng sarasi bu “Til” she’ridir. Bunda ma’rifatparvar yoshlarga murojaat etib, har tilni bilishga, uni o‘z ona tilidek bilishga chakiradi. A. O‘tarning boshka bir kancha she’rlarida ham ilgor ma’rifiy goyalar kuylanadi.
O‘lkada ochilgan rus-tuzem maktablari, gimnaziyalari ta’sirida ta’lim-tarbiya ishlari ham ta’lim metodlarini kayta kurish ishlari avj oldi. Natijada yerli xalk vakillarining yangi metodlarga suyangan usullari “jadid”, “usuli savtiya” nomidagi maktablar paydo bo‘la boshladi. Dastlabki ma’lumotlarga karaganda, usuli jadid maktablari 1890 yillarda paydo bo‘la boshlagan. Turkistonda yangi maktablarning karvonboshchisi M.Bexbudiy edi. U jadid maktablari uchun ham nazariy, ham amaliy jixatlarda jonbozlik ko‘rsatdi. Aslida jadid so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, yangi degan ma’noni beradi. Demak, usuli jadid ham, usuli savtiya ham yangi usul maktablari degan ma’noni beradi. Usuli jadid o‘lka ommaviy afkori ma’rifat nuri sari yetakladi. Ushbu maktabda o‘kigan talabalar xatto, chet o‘lkalarda o‘kishni davom ettirganlar. Ushbu maktab ijodkorlari M.Bexbudiy, S.Sadiazizov, A.Avloniy, S.A.Siddikiy, Munavvar Kori, A.Shakuriy edi.
O‘zbek pedagogikasi tarixi shunday turli-tuman okimlar, jarayonlar bilan rivojlanib keldi.
Xozirgi zamon ta’lim-tarbiya konsepsiyasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u yuksak umuminsoniy kadriyatlar asosida tarakkiy topib bormokda, bu kadrlar tayyorlashning milliy dasturi , «Ta’lim to‘grisida»gi Konunlarida ko‘rsatib berilgan. Ushbu konunlar milliy tajribaning taxlili va ta’lim tizimidagi jaxon mikyosidagi yutuklar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb- xunar madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotda mustakil ravishda mo‘ljalni to‘gri ola bilish maxoratiga ega bo‘lgan, istiklol vazifalarini ilgari surish va xal etishga kodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Milliy dasturning maksadi ta’lim soxasini tubdan islox kilish, uni o‘tmishdan kolgan mafkuraviy karashlar va sarkitlardan to‘la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Endi xayot jarayonidagi isloxiy o‘zgarishlar, yangiliklar ta’lim jarayoniga, tizimiga kirib ketishi o‘kitish, tadbik uslublarining asosini tashkil kilishi kerak.
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, milliy mafkurada: ”Gap milliylik haqida ko‘p gapirishda emas, balki milliylikni asosini tashkil kiluvchi tabiiy omillarni ishga tushirishda”.
Ta’limning yangi texnologiyasida milliy ta’lim modeli markazida turuvchi shaxsni ma’naviy-amaliy kamoloti bilan boshka bo‘ginlar orasidagi haqikiy o‘zaro rivojlantiruvchi omillarni funksional jarayonlar tashkil kilish asosida ishga tushirish lozim.


  1. Uzluksiz ta’lim

  2. Shaxs

  3. Fan

  4. Ishlab chikarish

  5. Davlat va jamiyat

Ta’lim tizimida odatdagi ta’lim jarayoni asosan I,II va III bo‘ginlar orasidagi boglanish bo‘yicha kurilgan bo‘lib, IV va V bo‘ginlar bilan boglanish ayrim misollardagina bo‘lib, ta’lim jarayonining tashkil kiluvchi tizimni haqikiy bo‘giniga aylangan edi. Shuning uchun ta’lim oldida ko‘yilgan ijtimoiy buyurtma to‘la bajarilmasligi va biz tayyorlayotgan mutaxassislarning ishlab chikarish davlat va jamiyat talablariga to‘la javob bera olmasliklari tabiiy.


Endi shu beshta bo‘ginni uzviy boglikligiga asoslangan shaxs kamolotini, yoshlar, mutaxassislarning ma’naviy-amaliy sifatlarini davlat va jamiyat, ishlab chikarishdagi xayotiy jarayonlarda bunyodkorona ishtirok etishi asosida shakllantirishga karatilgan ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘tish lozim.
Bu ishlarning milliy goya, milliy mafkura asosida ma’naviy insoniy yo‘naltirilishi haqida Prezidentimiz I.A.Karimov 2000 yil iyun oyida “Fidokor” gazetasi muxbiri bilan “Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” mavzusidagi mulokotlarida: ”Endigi eng dolzarb vazifamiz - bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi kirralarini mukammal ochib berish va ularni yangi xayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat kurilishining faol va jo‘shkin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat”-, degan edilar. Bu ishni amalga oshirish uchun esa ta’lim mazmuni, uning strukturasi, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, talabalarning faoliyatlarida o‘zgarishlar bo‘lishi lozim. Har bir o‘kuv fani bo‘yicha ta’limning mazmunini strukturasiga ta’limning amaliy-mahsuliy faoliyati olib kirilishi kerak. Bu mutlako mustakil ish formasida emas, yoki boshka adabiyotlardan o‘rganish emas. Bu o‘kuv fani dasturidagi shunday bo‘ginki, uni amaliy-ijodiy faoliyatda to‘lgazish mumkin. Bu bo‘ginni auditoriyada o‘tish ham mumkin emas. Bu bo‘gin har bir fan o‘kituvchisi tomonidan o‘kuv fanining amaliy ijodiy ob’ektlarida bajariladigan kilib tanlanadi. Bu o‘kuv fan yoki xayotiy yangiliklarga olib keluvchi bo‘gin bo‘lishi kerak. Bu bo‘ginni fan yo‘nalishi va o‘kitish maksadiga karab turli usulda tanlash mumkin. Masalan Universitetlarning birinchi ikki yilida umumiy amaliy-ijodiy harakterga, ikkinchi boskichda soxa mutaxassislik amaliyotidan, uchinchi boskichda esa muammoli yirikrok harakterga ega bo‘lishi lozim. Ammo bu bo‘gin abstrakt modellar bilan ham hammavakt almashtirilmasligi, balki ko‘prok xayotiy harakterga ega bo‘lishi maksadga muvofik bo‘ladi. Bunday amaliy-mahsuliy bo‘ginlar har bir o‘kuv fani dasturida bir nechta bo‘lishi va ularning bajarilishi katta yutuk sifatida talabalardan kabul kilinishi lozim. Bu ma’lum soatlarda auditoriyada dars jadvali orkali xatto ayrim xollarda kunlik asosida kabul kilinishi kerak. Xatto har bir fan o‘kituvchining faoliyati ayrim ilgor universitetlar tajribalarida xuddi shunday soatlar yigindisi bilan belgilanadi va u zachet vakti deb aytiladi. Chunki professor-o‘kituvchidan ham, talabadan ham katta maxorat, bilim, malaka va xayotiy ko‘ra bilishni talab kiladi.
Amaliy mahsuliy topshiriklarni yakka yoki gurux harakteriga ega bo‘lishi mumkin. Har bir o‘kuv fanini egallash o‘rganish emas, balki egallash yakuniy sistemalashtirish hisoboti bilan yakunlanadi. Bunda talaba o‘kuv fanini tugal tasavvur kilishiga uni ongli egallashga o‘rganadi.
Amaliy-mahsuliy topshiriklar mustakil ish formalariga xalakit bermaydi. Ular o‘z o‘rnida zarurat bo‘lganda ishlatilaveradi. Bu ish oliy o‘kuv yurtlarida, xususan universitetlarda yuklama soatlari ketidan kuvishga chek ko‘yadi. Chunki yuklama aslida professor-o‘kituvchining ish ko‘rsatkichi talabani, bo‘lajak mutaxassisning bilimi, ongi, saviyasi, istikbolni ko‘ra bilish maxorati va tarbiyasidir. Xa, shu jarayon haqikiy tarbiyani ham o‘z ichiga oladi. Chunki amaliy-mahsuliy topshirik bo‘ginlarida ilmiy-amaliy, iktisodiy, ekologik ma’naviy-insoniy sifatlar amalda bajarilishi bilan birga insonning asl ma’naviy -mahsuliy siymolik moxiyati ishga tushadi.
Aslida haqikiy tarbiya ana shudir. Hamma o‘kuv fanlari shunday strukturaviy jarayonga o‘tgach, xozirgi o‘kuv rejasidagi mashgulotlar jadvallaridagi vakt tigizligiga chek ko‘yiladi.

Ta`limni didaktik loyihalash muammolari.

Loyiha keng ma`noda ma`lum obekt, hatti-harakat, holatning tarxi demakdir. Didaktik loyihalarda ta`lim sub`ektlari o’zaro ta`siridan shakllanadigan, istiqbolga yo’nalgan shirkat faoliyat moddiylashtiriladi.

Didaktik loyihalarning eng oddiysi (masalan, dars konspekti) dan tortib ularning o’ta murakkab ko’rinishlari(masalan, dastur, darslik, ta`lim etaloni) gacha turlari inson faoliyati antisipirik - oldindan payqash, ko’ra bilish layoqati mahsulidir.


Pedagogik hodisalarning borishi, rivojlanishidagi o’zgarishlarni loyihada aks ettirish, loyihada kuzlangan maqsad, vosita, natijalarni o’quvchi faoliyatiga nisbatan tasavvur qilish, ma`lum bir didaktik nazariyaga asoslanib loyihani tayyorlash loyiha muallifi pedagogik bilimlarining takomillashuviga, pedagogik amaliyotdagi yangi bog’lanishlarni sezish va ajratishga olib keladi. Garchand, loyiha faoliyatning normativ sohasiga taalluqli bulsada, u didatik hodisalarni ko’rish yo’li bilan bilishning eng qulay usuli sanaladi.

Didaktik loyihalash ta`limning amal qilish namunasini tayyorlash jarayonidir. U jarayon sifatida loyihalash faoliyati, vositasi, predmetidan iborat. Bu jarayonda ma`lumot mazmuni yoki uning bir qismi- o’quv materiali loyihalash predmeti funksiyasida qatnashadi. O’quv materialiga pedagogik ishlov berilib, darslikdagi shakldan yangi shaklga olib kiriladi.


O’quv topshiriqlari, muammolari, testlar tizimi va shu kabilar o’quv materialini o’qitish va o’qish extiyojlariga ko’ra o’zgartirilgan- loyihalashtirilgan shakllaridir. Loyiha muallifining didaktik bilimlari unda shakllangan pedagogik mahorat, orttirgan hayotiy tajribasi loyihalash vositalari bo’lib, ular loyiha sifatini belgilovchi omillardir.

Didaktik bilimlar ko’lami, hajmi, aniqligi, pedagogik tajribaning etukligi, uning puxta egallanganligiga ko’ra didaktik loyihalar bir-biridan farq qiladi. Binobarin, didaktik loyihalarning samaradorligi va sifati pirovard natijada loyiha muallifining bilimi, tajribasi, mahoratiga borib taqaladi.


Didaktik loyihalash- bu ta`lim sub`ektlari o’zaro ta`sirining ta`lim mazmuniga yo’nalgan akt, zveno, bosqich, davr shaklidagi harakatlarini kelgusida amalga oshirish namunasi timsolini tayyorlash demakdir.

2.Ijtimoiy tajriba- didaktik loyiha manbai.

Didaktik loyiha mohiyatiga ko’ra o’ta murakkab populyativ tizim bo’lib, o’zini shakllantirishga yo’nalgan faoliyatni loyihalash sohasiga oid bilim hamda vositalarni loyihalash predmeti- o’quv materialini tahlil qilishni taqozo qiladi. Didaktik loyiha ta`lim sub`ektlari faoliyatida amalga oshiriladi. Binobarin, didaktik loyiha o’qitish faoliyatiga ham, o’qish faoliyatiga ham, shuningdek o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro kirishuvidan shakllanadigan hosila faoliyat - ta`limga ham taalluqlidir.

Didaktik loyihalarni tayyorlash jarayonlarida mualliflar turli didaktik nazariya, qarashlardan kelib chiqib loyihalash predmeti - ma`lumt mazmuniga

pedagogik ishlov berishadi. Ma`lumot mazmuniga pedagogk ishlov berish yo’li bilan ta`limning keng qamrovli, katta, universal loyihalari konsepsiya, dastur, darslik shaklida tayyorlanadi. Katta, universal didaktik loyihalarni amalga oshirishda ikkilamchi loyihalar- dars ishlanmalari, rejalari, konspektlari sifatida ishlab chiqiladi.

Didaktik loyihalarni tayyorlashda didaktika fani yutuqlaridan foydalaniladi. O’z navbatida didaktik loyihani sinab ko’rish didaktik nazariyani rivojlantirish uchun etakchi omil vazifasini o’taydi. Didaktik loyihalash darajalari deganda loyihani o’zidan katta yoki o’ziga adekvat tizimlar bilan muqoyasa qilib o’rganishni tushunamiz. Ijtimoiy hodisalar o’z mohiyatiga ko’ra ochiq tizim bo’lib, didaktik loyihani o’zidan katta, o’ziga adekvat

(teng), o’zidan kichik tizimlar bilan yonma-yon o’rganish didaktik loyihalash muammosini yanada chuqurroq anglashimizga olib keladi. Didaktik loyihani o’zidan katta tizim bilan yonma-en o’rganish, masalan, «jamiyat va didaktik loyiha». Bu tizimda didaktik loyiha jamiyatning bir funksiyasini - yoshlarni hayotga, ishlab chiqarishga yaroqli komil inson qilib etishtirishda etakchi vosita bo’la olish ishini anglatadi. Didaktik loyihani o’ziga adekvat tizim bilan yonma-yon o’rganish, masalan, «ta`lim jarayoni va didaktik loyiha». Bu tizimda didaktik loyiha ta`lim jarayonining timsoli, namunasi funksiyasini bajaradi. Didaktik loyihani o’zidan kichik tizim bilan yonma- yon o’rganish, masalan, «ta`lim akti va didaktik loyiha».Ta`limning turli nuqtai nazarlariga oid kichik dasturlar tuzib, o’qituvchi yoki talabalarni ta`limni loyihalashga ham

o’rgatish mumkin.

Fan va o’quv predmeti bir narsami yoki ularning farqlari bormi? Ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni tushunchalarining o’xshash va farqli tomonlari nimada?

Didaktik loyihalashni ijtimoiy talab darajasida tasavvur etishda mutaxassislar oldida turgan aosisiy muammo fan va o’quv predmeti farqlarini aniq chegaralashdir. Har bir o’quv predmetida o’ziga oid fanning umumiy asoslari o’rganiladi. Fan va ma`lumot o’zaro uzviy bog’liq, ammo alohida-alohida hodisalar sifatida sharxlanishi lozim. Ularning o’zaro bog’liqligini quyidagi fakt orqali kuzatishimiz mumkin: fan o’z sohasidagi bilimlarni , yangi kashfiyotlarning natijalarini o’quv predmetlari ixtiyoriga beradi, o’quv predmetlari esa o’z navbatida, yoshlarni ma`lumotli, madaniyatli, ijodkor shaxs sifatida shakllantirib, jamiyat ixtiyoriga topshiradi. Fan va o’quv predmetining qator farqlari ham mavjud.

Fan ijtimoiy ong hodisasi. O’quv predmeti esa yoshlarga ta`lim berish, ularni tarbiyalash vositasi.

Fan tabiat,jamiyat, ong hodisalarini o’rganib, qonuniyatlarni, tamoyillarni ishlab chiqadi. U o’zini-o’zi rivojlantiradi. O’quv predmeti esa ta`lim-tarbiya vazifasini bajaradi. Fan va o’quv predmeti jamiyatda ikki xil funksiya bajaradi.

Fan hajm va mazmun jihatidan keng, boy hodisa. O’quv predmeti esa bolalarning yosh, psixo-fiziologik hususiyatlari , tayyorgarlik darajasi real bilish

imkoniyatlarini o’rganish asosida yaratiladi. Demak, o’quv predmeti fanga nisbatan hajm va mazmun jixhtdan tor hodisa.

Fanni butun insoniyat yaratadi. O’quv predmeti mazmunini mutahassis olim, o’qituvchilar tanlaydi va uni bolalarbop qilib ishlov beradi.

Didaktik loyihalash jarayonlarini o’quv predmeti darajasida tasavvur etish, o’quv predmeti fanning o’qitish va o’rganish uchun tanlangan umumiy asoslaridir. O’quv predmetini tasavvur qilish yo’li bilan dastur, darsliklar yaratiladi. Ammo o’quv predmeti bilan darslik bir xil hodisa emas. Bitta o’quv predmeti bo’yicha qator darsliklar yaratiladi. M-n, 1-9 sinflar uchun o’zbek tili predmetidan 9 ta darslik tayyorlanadi. Darsliklarga nisbatan o’quv predmeti

model` funksiyasini bajaradi.

O’quv predmetlari, ularning maqsadi. tarkibi aniqlangach, o’quv dasturlari tuziladi. Dasturlar asosida darsliklar yoziladi.

Didaktik loyihani - o’quv materiali darajasida tasavvur etish yo’li bilan mavzular bo’yicha o’rganiladigan bilim, ko’nikma-malaka ijodiy faoliyat tajribasi, tarbiyalanadigan munosabat ko’lami ishlab chiqiladi.

3.Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.

O’quv materiali qator xususiyatlarga ega: u bilimlarning O’qituvchidan o’quvchilarga siljishini aks ettiradi; unda ma`lumot va ta`lim mazmuni moddiylashadi; o’quv materiali darslikning bir qismi; ta`lim o’quv

materialini o’rganishdan boshlanadi; o’quv materiali ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni o’rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi; ta`lim mazmuniga pedagogik ishlov berish o’quv materialidan boshlanadi.

Yuqoridagilardan ko’rinadiki, didaktik loyihalashning barcha ko’rinishlari ma`lumot mazmuni, ta`lim mazmuni tushunchalari bilan bog’langan.

«Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar, ko’nikma- malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir» (Didaktika, - T., «Fan», 1997, 85 b) Ma`lumot mazmuni o’quv rejalari,

dasturlari, predmetlari, darsliklari, qo’llanmalarida moddiylashtiriladi. Shunga qo’ra bular ma`lumot mazmunini loyihalash vositalari hisoblanadi.

Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O’qitish va o’qish uchun sinfga olib kiriladigan bilim, ko’nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan munosbatlarni «ta`lim mazmuni»tushunchasi kontekstida qaraymiz. quv materiallari, o’quv elementlari, o’quv savollari, o’quv ko’rsatmalari, o’quv topshiriklari ta`lim mazmunining shakllari bo’lib, ularni loyihxalashda topshiriq, savol, muammo, test, mustaqil ish kabilar ta`lim mazmunini loyihalash vositasi bo’lib hisoblanadi.

Ta`limni didaktik loyihalash muammosi murakkab tizim sifatida quyidagicha

tarkibiy qismlardan iborat: ma`lumot mazmuniga ijtimoiy talab - komil insonni yetishtirib chiqarish maqsadiga ko’ra didaktik ishlov berish.

Didaktik loyihalash muammosini tasavvur qilish darajalarini pastdan yuqoriga qarab raqamlab chiqamiz: I o’quv materiali darajasi. Bunda «ta`lim mazmuni o’quv materialida moddiylashadi». Moddiylashtirish shakllari: o’quv topshirigi, muammosi, savoli, ko’rsatmalar, misol va masalalar, test, texnik vosita, chizma, jadval va boshqalar. II Ta`lim mazmuni darajasi. Bu erda « ta`lim mazmuni darsliklarda moddiylashadi» degan ezisga asoslanamiz. III ma`lumot mazmuni darajasi, «ma`lumot mazmuni dasturlarda moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. IV fan darajasi. Bunda «fanning umumiy asoslari o’quv

predmetlarida moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. V ijtimoiy tajriba didaktik loyihalashning so’nggi, eng yuqori darajasida «ijtimoiy tajribaning mazmuni pedagogik konsepsiyalarda moddiylashadi» degan tezisda ish ko’riladi.

Xulosa:

Didaktik loyihalashni ijtimoiy talab darajasida tasavvur etishda mutaxassislar oldida turgan aosisiy muammo fan va o’quv predmeti farqlarini aniq chegaralashdir.

Har bir o’quv predmetida o’ziga oid fanning umumiy asoslari o’rganiladi. Fan va ma`lumot o’zaro uzviy bog’liq, ammo alohida-alohida hodisalar sifatida sharxlanishi lozim.

Ularning o’zaro bog’liqligini quyidagi fakt orqali kuzatishimiz mumkin: fan o’z sohasidagi bilimlarni , yangi kashfiyotlarning natijalarini o’quv predmetlari ixtiyoriga beradi, o’quv predmetlari esa o’z navbatida, yoshlarni ma`lumotli, madaniyatli, ijodkor shaxs sifatida shakllantirib, jamiyat ixtiyoriga topshiradi.


Fan va o’quv predmetining qator farqlari ham mavjudligini ko’rishimiz mumkin

ADABIYOTLAR

1. Tursunov I.,Nishonaliyev U. Pedagogika kursi.T.1996.
2. Munavvarov A.K. Pedagogika. ”O‘kituvchi”. 1996.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T. 1997.
4. Pedagogika. O‘kuv ko‘llanma. T. 1996.
5. www.ziyonet.uz

6. Kelvin SeiferT va Rosemary Sutton. Educational Psixologii 2009 Kelvin Seifert.10-16 pages. 5.Bordavskaya N.V., Rean А.А. Pedagogika.-M.: Piter, 2004.


7. Professionalnaya pedagogika.Uchebnik dlya studentov.–M.: Pedagogika, 2002.
8. Nishonova S. Komil insonni tarbiyasi:oʼrta maxsus, kasb-hunar ta‗limi muassasalari uchun qoʼllanma. -T.: Istiqlol. 2003

9. Xoshimov K. va boshqalar tahriri ostida. Pedagogika tarixi – T.: Fan, 2001.
Download 138.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling