Mavzu: O’Z – O’zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari


Kurs ishinining tarkibiy tuzilishi


Download 217.5 Kb.
bet4/13
Sana21.04.2023
Hajmi217.5 Kb.
#1368569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’Z – O’ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANYATNI BOSHQARISH TIZIMLARI.

Kurs ishinining tarkibiy tuzilishi: Kirish 2 bob 9 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I. BOB. O’Z – O’ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANYATNI BOSHQARISH TIZIMLARI
1.1 O’z – o’zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari
Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti va davlatlararo qo’shma korxonalarning yurtimizda faoliyat ko’rsatishi zamon talablari asosida kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqdi.Boshqa davlatlar kabi O’zbekistonda xam yangi asrda ishtimoiy-iqtisodiy madaniy va sport taraqiyoti uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa buyuk kelajakning sog’lom avlodlarni tarbiyalab yetishtirish bo’lajak o’qituvchi, shifokor, muxandis, aktiyor va barcha soxalardagi mutaxassislarni jismoniy kamolat sari yetaklash bugunning muxim vazifalaridan biridir. Jismoniy jixatdan barkamol mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirishda o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar davlat qo’mitalari kontsenrlar davlat kampaniyalari o’z xislarini qo’shmoqdalar.Ma’lumki o’quv yurtlarining dasturlari xamda o’quv rejalari Xalq ta’limi va oliy va o’rta maxsus ta’lim tvazirliklari tamonipdan ishlab chiqilsada ular boshqa soxalardagi vazirliklar tarkibidagi barcha o’quv yurtlarida bevosita qo’llaniladi. Ular asosan o’quv yurtlarini moliyaviy moddiy- texnik jixatdan ta’minlashda xizmat qildi.SHunga ko’ra o’quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan yagona «Jismoniy tarbiya» dasuri barcha turdagi o’quv yurtlarida qo’llaniladi2.
O’quv yurtlarining asosiy qismi Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tarkibida bo’lsada tibbiyot savdo qishloq va suv xo’jaligi texnika qurilish va boshqa soxalardagi vazirliklar xamda qo’mitalar tarkibida xam o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari mavjuddir. Ularda jismoniy tarbiya darslari sport turlari bo’yicha mashg’ulotlar ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari Davlat dasuri asosida olib boriladi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida bo’lajak mutaxassislarning jismoniy kamolotini oshirish ishlari amalga oshiriladi.O’quv yurtlariga ega bo’lgan barcha davlat idoralarida “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonun “Sog’lom avlod uchun” davlad dasturi davlat ta’lim standarti talablari amalga oshiriladi. Xalq ta’limi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilish Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya darslari xam o’zining mazmunan va shaklant o’rni xamda moxiyatiga ega. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ummumta’lim maktablari, maxsus maktablar, kollej, litseylar, o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlari, sport maktablari xamda maktabgacha bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga aloxida o’rin berilgan.O’vuv yurtlari va turli muassasalarinig ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning mazmuni shakli va xususiyatlari xam o’ziga xosdir.
Ularni tashkil qilish va boshqalarning xam aloxida xususiyatlari mavjud. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimiga jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish bo’limlari turli idoraviy va jamoat sport tashkilotlari xam kiradi. SHu o’rinda aytish kerakki “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun asosida xozirgi kunda respublikada xalq ta’limi tizimida keskin o’zgarishlar, isloxatlar qtkazilmoqda. Jismoniy tarbiya darslari davlat ta’limi standartlari asosida tashkil etilmoqda. Respublikdagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin o’quvchilar ta’lim olmoqda.O’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlaridagi talablarning soni xam tobora o’sib bormoqda. Ularda 17 mingdan ortiq o’qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.
Deyarli barcha o’quv yurtlarida sport zallari o’yin maydonlari ba’zi birlarida suv xavzalari mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari bo’yicha xar yili “Quvnoq startlar”, “Umid nixollari” musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda. Bu xolatlar o’rta va oliy pedagogika o’quv yurtlarida bir muncha ko’proq va sifatliroq tashkil qilinadi. O’quvchi yoshlarning ko’pchiligi turli sport to’garaklari sayoxatlar ommaviy sport musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida turli doirada va toifada tashkil qilingan bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatadi ularning o’ziga xos tashkiliy moliyaviy-xo’jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning xammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mexnat talab qilinadi. O’quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport va sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil qilish va sport musobaqalarini o’tkazishda ularning jamoatchi tashkilotlari, ya’ni “Yoshlik”, “Talaba”sport uyushmalari xamda ularining quyi tarmoqlari xizmat qiladi. Yana shuni xam etirof etish kerakki mustaqillik sharofati bilan milliy qadiryatlar urf-odatlar tiklanmoqda. U juda ko’p ijobiy tamonlarga ega bo’lish bilan birgalikda maktab o’quvchilari ayniqsa maxalliy millat qizlarining jismoniy tarbiya sport bilan shug’ullanishlari xaqida turli fikr va muloxazalarni keltirib chiqarganligi sir emas. Ya’ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi xozirgi mavjud bo’lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va xakozolar. Bu xaqda Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o’rta maxsusta’lim vazirligi o’zining katta anjumanini Farg’onada o’tkazib ma’lum qarorga keldi. Bu o’z navbatida axolining xaqli etirozlarini inobatga olish va qizlar mashg’ulotlarini talab va zamon sharoitiga moslab o’tkazishda birqadar olg’a siljish bo’ldi. Lekin mazkur soxada mutaxassislar qizlarning o’zlari va ba’zi bir ota-onalarining xam jiddiy e’tirozlari borki qizlarni jismoniy tarbiya va sportdan butunlay uzoqlashtirish mumkin emas3.

Download 217.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling