Mavzu: O’Z – O’zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari


Download 217.5 Kb.
bet2/13
Sana21.04.2023
Hajmi217.5 Kb.
#1368569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’Z – O’ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANYATNI BOSHQARISH TIZIMLARI.

Kurs ishining maqsadi: Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak kadrlarga jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda shu sohada erishilgan natijalar to‘g‘risida ma'lumot berish, mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi va uning taraqqiy etish hamda sportni boshqarish yo‘llari haqida bilim berish, ommaviy jismoniy tarbiya harakatida ijtimoiy va davlat idoralari o‘rnini anglatish. O‘z-o‘zini boshqaruv muassasalari va davlat idoralarini boshqaruv hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.
Ta'kidlash joizki, ijtimoiy-mehnat va madaniyat jarayonlari deyarli barcha qit'alarda u yoki bu darajada shakllanib, keyinchalik tobora rivoj topgan. Ilk davrlarda mulkchilik va ijtimoiy tengs'izlik bo'lmaganligi ko'p manbalarda izohlanadi. Urug'chilik jamoasi ona urug'i (matriarxat) va ota urug'i (patriarxat)ga bo'lingan. Ularning har bin o'ziga xos ijtimoiy taraqqiyot va jismoniy tarbiya xususiyatlariga ega bo lganligi tabiiydir.
Eng awalo shuni ta'kidlash lozimki, xususiy mulk- chilikning rivojlanishi, ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va ilk davlatlarning paydo bo'lishini tarixchilar eramizdan awalgi IV—III asrlarda boshlagan deb ko'rsatadilar. Bu davrlarda yirik davlatlar asosan qadimgi Sharqda, Gretsiya va Rimda bunyod etildi1.
Jismoniy madaniyat shakllansagina, harakat jarayonlarida oʻsish kuzatiladi, sogʻlomlashtirish saviyasi oshadi. Jismoniy madaniyat orqali sihat salomatlik yuksaladi, sogʻlom turmush tarzi tadbiq qilinadi va bu orqali, yaʼni sogʻlom oila sogʻlom jamiyat, yaxshi sogʻlom jamiyat esa albatta sogʻlom, kelajagi buyuk davlatni barpo etadi.
Kurs ishining vazifalari: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va murabbiylarning dunyoqarashini kengaytiradi, yaqin kelajakdagi vazifalarni aniqlash, uslub, vositalarni to‘g‘ri tanlashni hamda ularni amalga oshirish shakllarini amaliyotda sinab ko‘rishga o‘rgatadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak o‘qituvchini aralash kurslarda va xususiy uslublardan olingan bilimlarni integrallashni uddalay olish va bilimlarni amaliy ishda joriy etishning shakl va uslublari bilan qurollantirishdir.
Fanning barcha bo‘limlarini o‘rganish talabalarning ixtisosligi bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun bosqichning asosiy bo‘limlari tatbiqan bayon qilingan har bir mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi va talabalar nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatini aks ettiruvchi vazifalarni qo‘yishlari kerak.
Jismoniy madaniyat - umum insoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jamiyatdagi Jismoniy holatining asosiy koʻrsatkichlari: odamlarning sogʻlomligi va jismonan chiniqqanligi, J. m.ning tarbiya va taʼlim sohasida, turmushda qay darajada tatbiq qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va h.k.
Jismoniy madaniyat xalq oʻyinlari, jismoniy mashqlar, sportni va turizmning faol harakat talab qiladigan koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi. Jismoniy madaniyat tibbiyot, ekologiya, pedagogika psixologiya kabi fanlar bilan bogʻliq holda shakllangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mehnat qilishi, aqliy imkoniyatlarning ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy ahvoliga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkazadi.

Download 217.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling