Mavzu: O’zbek munshoati tarixi, uning an’analari


o’quvchilarni baholash va ballarni


Download 0.71 Mb.
bet27/32
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1315790
TuriКонспект
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Н.М.ВА Д.Т.И.Ю. таянч

o’quvchilarni baholash va ballarni

e’lon qilish) 4___daqiqa__

10 Uyga vazifa (topshiriq aniq

bajarish yo’llarini tushuntirish) 2___daqiqa__

11 Darsni xulosalash 2___daqiqa__


I Tashkiliy qism:

  1. Navbatchining axboroti

  2. O’quvchilarning darsda tayyorgarligini tekshirish.

II. Aqliy hujum


    1. Qanaqa badiiy asarlarni o’qigansiz.

    2. Asardagi bosh qahramonlarni ayting.

    3. Asarning asosiy goyasi nima.

    4. Asardagi salbiy va ijobiy obrazdagi qahramonlarni ayting.

III. O’qituvchining kirish so’zi.
Bugungi darsimiz noan’anaviy dars. Bu darsda ham o’qituvchi ham o’quvchi tayyor bo’lishi kerak. Shuning uchun dars mavzusi oldindan berilgan.
Mavzumizning nomi: Tavsifiy matnning leksik uslubiy belgilari, ularda so’z yasalish me’yorlari.
Demak, tavsifiy matn haqida ma’lumot berishdan oldin, matn haqida tushuncha beraman. Matn nutqiy hodisa bo’lib, u ikki va undan ortiq gapning mazmuniy birikishidir. ,,Bahor. Daraxtlar gulladi” shaklidagi uchtagina so’zning mazmunan birikishidan tortib, butun boshli badiiy romanlar, yirik trilogiyalar ham matn sanaladi. Har bir matn ma’lum bir narsa, voqea hodisani tasvirlaydi, u haqida xabar beradi, sozlovchining munosabatini ifodalaydi.
Tavsifiy (monologik) matn so’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’limot bayonidir. Masalan: Adabiyotga bir nazar tashlasak. Shoir Abdulhamid Cho’lponga tavsifiy matn tuzishimiz mumkin. (videoproyektor orqali Cho’lponning surati ko’rsatiladi.
,,Cho’lpon o’rta bo’y, to’lachadan kelgan, peshonasi katta, lablari qalin, ko’zlari yirik, doimo yumaloq gardishli oddiy ko’zoynak taqib yuradigan odam edi. U juda serandisha, odamlarga bexosdan ozor berib qo’yishdan cho’chiydigan, ko’ngilchan va chinakam soirona tabiyatga ega edi. Arzimagan narsaga xunobi chiqib, fig’oni falakka etar, asabiylashar, yana arzimagan sabab bilan kayfiyati joyiga kelib qolardi(M. Burxonov)” .
IV. Savol-javob.
Buning uchun o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi va guruhlar nomlanadi, o’qituvchi orqali ballar yozib boriladi.

  1. Guruh nomi: ,,Omad”

  2. Guruh nomi:,,Umid”

1-savol ,,Omad” guruhiga

    • Matn o’z tuzilishiga ko’ra qanday tashkil topgan.

Javol: Matn o’z tuzilishiga ko’ra gap, murakkab gap, sintaktik, xat boshi(abzas), bo’lim, qism, bob va paragrflardan tashkil topgan.
,,Umid” guruhiga
Savol: Matn necha xil ko’rinishida bo’ladi.
Javob: Matn ikki xil ko’rinishda bo’ladi. 1)dialogik matn 2) tavsifiy(monologik) matn

2-savol,,Omad” guruhiga


-Tavsifiy Matn nima.
Javob: So’zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir.
,,Umid” guruhiga
Savol: Tavsifiy matnga xos bo’lgan xususiyatlarni ayting.
Javob: Ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir.
3-savol “Omad ” guruhiga
-Tavsifiy matnda qaysi til vositalaridan foydalaniladi .
Javob: Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo’laklar ajratilgan gap bo’laklari , atov gaplar , qo’shma gap ko’rinishlaridan keng foydalaniladi . Yana bunday matnda belgi- xususiyatni ifodalovchi so’zlar, atamalar, modal so’zlar, fe’lning funksional shakillari , ravishlar faol qo’llanadi.
“Umid ” guruhiga
Savol: Tavsifiy matn qaysi uslublarga xos
Javob: Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek badiiy uslubga xosdir .
4-savol “Omad” guruhiga - -Tavsifiy matnning ilmiy uslubga xosligini tushuntiring.
Javob: Ilm fan sohasida qo’llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi . Ilmiy uslubda tavsifiy matndan foydalaniladi, ya’ni bu uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to’g’risida aniq, asoslangan izchil ma’lumot berishda qo’llanadi. Unda narsa – hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab dalillar bilan isbotlash va asoslash natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Masalan: fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Bunga iqtisodiyot sohasiga oid quyidagi matn misol bo’la oladi:
“Bozorda, tovar muomalasi jarayonida tovar pulga almashinishi (sotish) va pulning tovarga almashinishi (xarid qilish) sodir bo’ladi. Bunga tovar – pul munosabatlari deyiladi. Shuning uchun ham bozor pul vositasiga tovarlar oldi-sotdisi asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. U xaridorlar va sotuvchilarni birga qo’shuvchi mexanizm hisoblanadi”.
Demak, bu matnda bozorda bo’ladigan oldi-sotdi munosabatlarining tavsifi va ma’lumoti berilgan.
“Umid” guruhiga
Savol: Tavsifiy matnning badiiy uslubga xosligini izohlang.
Javob: har bir tilning butun imkoniyatlari, bor boyligi, jozibasi badiiy asarlar orqali namoyon bo’ladi. Badiiy asarlarning bayon qilish uslubi badiiiy uslub hisoblanadi. Badiiy uslubni tavsifiy matnsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu uslubda yozilgan matnlarning o’ziga xosligi ularda tavsifiylik va ta’sirchanlikning kuchliligidir. Badiiy uslubda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o’z ichiga olish bilan birga o’zbek shevalariga kasb-hunarga doir leksik belgilar, bugungi kundalik iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so’zlar ham personajlarnutqi orqali ishlatiladi.
Badiiy uslub o’quvchida estetik zavq uyg’otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro’yobga chiqqan nutq ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berishdan tashqari, o’quvchiga ta’sir qilish vazifasini ham bajaradi. Badiiy uslubda til obraz, xarakter manzara yaratishda, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Masalan, quyidagi badiiy uslubga xos bo’lgan A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” asaridan olingan parchada asosan tavsifiy matn tasvirlangan. Bu parchada tabiat hodisasi va manzarasi tasviri va tafsifi haqida ma’lumot bergan.
“Kuz kunlarining oyog’I va qish kunlarining boshi edi. Daraxtlardagi sariq barglar to’kilib tugagan, yer yuzi o’zining qishki sariq kiyimini kiygan edi. To’rt tomonining o’ralganligi soyasida yaproqlarini to’kilishdan saqlab qolgan va gilos yog’ochlar bilan bukun tungi qora sovuqqa chodolmay yelning ozgina harakati bilan-da barglarini shirt-shirt uzib tashlamoqda edilar. Havo ochiq bo’lib quyosh tuzukkina ko’tarilgan, ammo uning ham bu kun uncha ta’siri yo’q, bu kungi qora sovuq quyosh kuchini-da kesgan edi”.
5 savol “Omad ” guruhiga
-Tavsifiy matn publisistik uslubga xosligini izohlang
Javob:Publissistika davrining eng muhim dolzarb masalalarni o’quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga, gazeta-jurnal, radio,televideniya orqali etkazish , ommani jonlantirish , kishilarni ongiga atrofda sodir bo’layotgan voqealarni singdirish , ularning ijtimoiy qarashlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniya ) , Oliy majlis yig’inlarida , turli xil anjumanlarda qo’llanadigan nutq uslubi publisistik uslub sanaladi . Publissistik uslubning o’ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo’lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bu uslubga asosan tavsifiy matn ham muhim rol o’ynaydi, yani hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo’shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ularda umumiy xulosalar chikariladi xamda muximi xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o’quvchiga ta’sir ko’rsatadi. Masalan: ommaviy axborotlarda aytiladigan sport xabarlariga ma’lum bir sportchining tavsifi yoxud erishgan yutugi haqida xabar , ma’lumot beriladi .
“Ko’pchilik boks ishqibozlarining anchadan buyon kutayotgan uchrashuvi Amerikaning Florida shtatida bo’lib o’tdi. Bayton Bich shaxrida o’tkazilgan ushbu jangda professional bokschimiz Timur Ibragimov Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Superog’ir vaznlilar toifasida ringga tushayotgan bokschimiz ning qarshisida bu gal Kolumbialik Xuan Karlos Viloria turardi. Ammo o’zbek o’g’loni o’zligini o’zgalarga topshirib qo’ymadi. U ikkinchi raunddayoq raqibini texnik nakautga uchratib , barchamizning ishonchimizni yana bir karra oqladi. Bu jangni ham qo’shib hisoblaganda , Timur Ibragimov hisobidagi g’alabalar soni 9taga etdi . Yani 9 jang, 9 g’alaba va shunday 5 tasi nakaut bilan yakun topgan ! ”
“Umid ” guruhiga
Savol : -Tavsifiy matnning rasmiy-idoraviy uslubga xosligini tushuntirib bering .
Javob: -Rasmiy-idoraviy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munusabatlar, davlat va davlatlar aro rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir. Bu uslub hujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko’ra yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar , bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari ya’ni buyruq, ariza , talabnoma, tavsivnoma, tavsiyanoma , ishonchnoma va boshqalar bu uslubga xosdir . Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy shtamplar , kasbga oid so’zlar , atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo’llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini taminlaydi . Idoraviy hujjatlarda ko’rsatilgan ma’lum voqea- hodisalarga , narsa va shaxslarga oid fikr muloxaza bildirish, ularni dalillar bilan ta’riflash , izoxlash, isbotlash , asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir.
Bu uslubda berilgan matnda belgi xususiyatni ifodalovchi so’zlar, atamalar, kasbga oid so’zlar, yana buyruq istak shakllaridan keng qo’llaniladi . Masalan , tavsifiy matnga xos bo’lgan idoraviy hujjatlardan biri tavsivnomada ma’lum bir shaxsning mexnat va ijtimoiy faoliyati, shuning dek uning o’ziga xos xislat va fazilatlarini aks etgan .
O’zMU fizika fakultetining
5-kurs talabasi, 1979 yilda
tug’ilgan, o’zbek
Nazar Shukurovga

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling