11-mavzu: Bo‘gin ko‘chirish qoidalari (2 soat)
Reja:
1.Bo‘g‘inga ajratish va bo‘g‘in ko‘chirishning farqi
2. Bo‘g‘in ko‘chirilmaydigan so‘zlar
1. Mashqlar bajarish
20-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajrating.
Paxta, sabzavot, koʻngil, aka, go‘zallik, to‘playdi, ta’na, e’lon, e’tiqod, daryolar-dan, ta’tilda, mutolaa, un, asr, bodring, yoz, ma’naviyat, katta, hakka, pilla, beshik-tervatar, xalq, madaniy, qirq.
Savol va topshiriqlar:
1. Bo‘g‘in nima?
2. Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati nimada?
3. Bo‘g‘inning qanday turlari bor?
4. So‘zlardagi unli tovush va bo‘g‘inlarni sanang. So‘zdagi bo‘g‘in soni nimaga bog‘liqligini ayting.
5. So‘zlarni bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga ajrating.
6. Bo‘g‘inlarning tovush tarkibini ayting (bir unlidan iborat, bir unli va bir undoshdan iborat, bir unli va ikki undoshdan iborat, bir unli va ikki undoshdan iborat).
21-mashq. Matn parchasidagi so‘zlarni bog‘inga ajratib, bo‘g‘inlarning turini ayting va namunadagidek yozing.
Namuna: dov-yu-rak – yopiq, ochiq va yopiq bo‘g‘in.
Bobur dovyurak, epchil, kuchli, o‘ta idrokli inson bo‘lgan. U ona yurti Andijonni, oilasini qadrlagan, farzandlarini sevgan. U farzandi uchun jonini berishga tayyor turgan otadir. (P. Qodirov)
22-mashq. So‘zlarni bo‘g‘inga ajralishi va bo‘g‘in ko‘chirilishiga ko‘ra ikki ustunda yozing.
Mehribon, tabiat, masofa, inshoot, matbaa, uka, madaniyat, ekin, olam, musaffo, manglay, sabr, opa, ko‘ngil, ko‘ngli, shifobaxsh, Olmaliq, Dashtobod, iyun, alang-lamoq, alebastr, G‘allaorol, anor, arzonchilik, itoat, marhamat, mutolaa, chuval-chang, mard, pushaymon, chordevor, chuchmoma, yerosti, Ohangaron, biologiya, kauchuk.
Namuna:
Do'stlaringiz bilan baham: |