Mavzu: O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari. Mashgʻulot rejasi


Download 26.52 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi26.52 Kb.
#206692
1   2   3   4   5
Bog'liq
0RkK5aafJaniGl0lcIuY7GjMqqr6Pu3e (2)

1. Mashqlar bajarish.

50-mashq. Berilgan otlarga xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab so‘zlarini qo‘shib qo‘shma so‘z hosil qiling va yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini izohlang.

Dori, taklif, makka, xulq, xabar, maymun, hamma, omma, shahar, qishloq, tilla, dev, mosh, xalq, chiqim, orom, suv, bashariy, sartarosh, insoniy, izzat, ta’lim, choy, osh, beda, suhbat, quvvat, xabar, qo‘y, havo, hamyon, yo‘riq, guvoh, lazzat, unum, quvonch, muomala, ovoz, suxan, tabiat, ta’m, bichim, sabzi, olov, bug‘doy, kul, ohang, jihat, suv, gap, qon, xarajat, hosil, hayvon, tomosha, ulug‘, tabrik, ta’ziya, bildirish, jang, sayohat, Bobur, Humoyun, yil.



51-mashq. Quyidagi taqlid va undov so‘zlarga -ak yoki -la qo‘shimchasini qo‘-shib ot hamda fe’l yasang va yozing. Hosil bo‘lgan ot va fe’llarning imlosini izoh-lang.

Pir-pir, biz-biz, tir-tir, shar-shar, voy-voy, hay-hay, gij-gij.



52-mashq. Berilgan qo‘shma ot va sifatlarning nima uchun qo‘shib yozilishini imlo qoidasi asosida tushuntiring.

Sheryurak, kinoteatr, olaqarg‘a, qizilishton, qiymataxta, tokqaychi, radiostansiya, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, mingboshi, so‘zboshi, shaftoliqoqi, sarvqomat, so‘zboshi, karnaygul, atirgul, achchiqtosh, bayramoldi, fotoapparat, oshrayhon, elektrotexnika, radioeshittirish, suvosti, teleekran, qorako‘z, devqomat, cho‘lyal-piz, atirsovun, molqo‘ra, Ochildasturxon, kiryuvdi, o‘qilon, bodomqovoq, qirg‘iy-ko‘z, oshpichoq, tog‘olcha, suvilon, qashqargul, otquloq, qirqoyoq, suvqovoq, bilaguzuk, qo‘ziqorin.

Savol va topshiriq:

1. Bu so‘zlarni qo‘shib yozish qoidasiga ko‘ra necha guruhga bo‘lish mumkin?

2. So‘zlarni yozilish qoidasiga ko‘ra guruhlab yozing.



53-mashq. So‘zlardagi xatoni tuzatib yozing. Imloviy xatoni qoida asosida tu­shun­tiring.

O‘rataosiyo, Mirza cho‘l, Xalq obod, Amu daryo, O‘rtachirchiq, Quva soy, Markaziyosiyo, Yunus obod, Ko‘hnaurganch, Yangi Yo‘l, Qizil qum, To‘da ko‘l, Bux DU, SamDU ning, O‘zXDPMK.

54-mashq. Quyida berilgan so‘zlardan juft va takroriy so‘z hosil qilib yozing. Juft va takroriy so‘zlarning imlosini tushuntiring.

Baxt, tez, qop, baland, saodat, to‘lib, or, katta, o‘n, qir, uy, past, bilinar, nomus, mehr, taq, shafqat, ich, qovun, besh, mayda, qo‘y, tarvuz, olti, chuyda, kecha, ba-land, yosh, kiyim, bitta, kechak, qari, semiz, chopa, bilinmas, joy, toshib, o‘n besh-ta, qator, duk, yaqin, ishlay, to‘da, ko‘p, qo‘zi, kunduz, shirin, uzoq, biq, tonna, bilakday, etak.

55-mashq. Berilgan juft so‘zlar orasiga -u, -yu bog‘lovchisidan mosini qo‘yib yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini tushuntiring.

Bog‘-bo‘ston, yaxshi-yomon, yosh-qari, tun-kun, kecha-kunduz, tog‘-tosh, oq-qora, katta-kichik, do‘st-dushman, tog‘a-jiyan, amma-xola, qo‘y-qo‘zi, qovun-tarvuz.

56-mashq. Yetakchi va ko‘makchi fe’lni bir xil shaklga keltirib yozing. Yozgan so‘zlaringizning imlosini tushuntiring.

Yozib oldi, ketib qoldi, yozib qo‘yasan, uxlab qolibman, ag‘darib tashladi.

57-mashq. Berilgan sifatlarning kuchaytirma shaklini hosil qilib yozing. Kuchaytirma shakldagi sifatlarning imlosini izohlang.

Dumaloq, yashil, to‘g‘ri, tayyor, toza, qora, katta, ko‘k, qizil, sariq, tekis, oq, sog‘, oson, tuzuk.

58-mashq. Berilgan so‘zlardagi xatoni tuzatib yozing. Bu so‘zlarning yozilishini imlo qoidasi asosida tushuntiring.

Koʻchamako‘cha, rangbarang, uymauy, to‘ymato‘y, dambadam, kunmakun, roʻ-baro‘, dar-badar, unter ofitser, kilovatt soat.

59-mashq. Berilgan so‘zlarni -chi, -a, -ya, -mi, -u (-yu), -oq, (-yoq), -da, -e, -ey (-yey), -gina (-kina, -qina) yuklamalari bilan yozing. Yuklamalarning imlosini tushuntiring.

Ko‘raylik, bilasan, keldi, aytding, kelgan, yaxshi, ko‘rib, o‘zi, keng, bor, qizim, keldi, o‘qituvchi, terak, qo‘shiq.

60-mashq. Tartib sonlardan keyin zarur o‘rinda chiziqcha qo‘yib ko‘chiring. Tartib sonning imlosini tushuntiring.

6 uy, 3 sinf, 4 “A” sinfi, 1, 2, 3 kurs talabalari, 70 yillar, 1991 yilning 1 sentabri, XXI asr, V bob, IX sinf.




Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling