Savollar:
1. Bo‘g‘inga ajratish va bo‘g‘in kochirishning bog‘liqligi nimada?
2. Bu ikki hodisaning farqini tushuntiring.
3. Nima uchun mashqda berilgan ayrim so‘zlar ko‘chirish uchun bo‘g‘inga bo‘-linmaydi?
72-mashq. Berilgan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirishga doir xatoni tuzatib ko‘chi-ring. Xatolarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga asoslanib izohlang.
A-sosiy, o-madli, a-rava, e-shelon, mutola-a, matba-a, diag-ramma, mudofa-a, monog-rafiya, geog-rafiya, silind-rik, kos-hona, soc-hiq, sin-gil, ko‘n-gil, den-giz, Chin-giz.
73-mashq. Quyidagi ifodalar satrdan satrga ko‘chiriladimi? Javobingizni qoida asosida izohlang.
BMT, SamDU, 6-“B” sinfi, 37, IV “B” guruhi, 210 gr, 25 ga, 98 m, 33 sm, 110 mm, 1991, 652, “Navro‘z – 92” (festival), “Boing – 767” (samolyot), “O‘qituvchi – 1991” (ko‘rik tanlov), XXI, “Foton – 774” (televizor), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g‘oza navlari), A. S. Sobirov, S. H. Safarov, Sh. Shoabdurahmonov v.b., virus va sh.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |