Mavzu: O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari. Mashgʻulot rejasi


-mavzu: Ajratib yozish va bosh harfiar imlosi (2 soat)


Download 26.52 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi26.52 Kb.
#206692
1   2   3   4   5
Bog'liq
0RkK5aafJaniGl0lcIuY7GjMqqr6Pu3e (2)

10-mavzu: Ajratib yozish va bosh harfiar imlosi (2 soat)

Reja:

1.Ajratib yozish.

2.Bosh harflar imlosi.

1. Mashqlar bajarish

61-mashq. Berilgan so‘zlarga qil, et, chek, bo‘l, ber, qo‘y, ol, kel, chiq fe’llarini qo‘shib, qo‘shma fe’l hosil qiling va yozing. Qo‘shma fellarning imlosini tushunti­ring.



Xursand, xafa, miq, sayr, azob, mashaqqat, ozod, katta, javob, savol, imzo, so­tib, olib.

62-mashq. Quyida berilgan fe’llardagi imloviy xatoni tuzatib yozing. Ko‘makchi fe’l va to‘liqsiz fe’lning imlosi haqida xulosa chiqaring.

O‘qibchiq, kuzatibqo‘y, yasayoladi, boribturibman, kira vering, borar kan, so‘­rab ko‘r, bor oladi, kelganedi, chiqibqoldi, ketganekan, kela qol, qo‘shibqo‘ydi, bor olmadim, o‘qiganemish, qidiraboshladi.



63-mashq. Berilgan so‘zlarni bilan, sari, sayin, qadar, uchun, bo‘yi, singari, tomon, -la, -chun ko‘makchilari bilan yozing. Ko‘makchilarning imlosini tushuntiring.

Belkurak, borgan, kun, dengiz, xalq, osmon, yil, akam, qishloq, sen, siz.

64-mashq. Berilgan so‘zlardagi imloviy xatoni tuzatib (agar bo‘lsa), ajratib yoki qo‘shib yozilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lib yozing. Bu so‘zlarning yozilishini imlo qoidasi asosida izohlang.

Hammayoq, birzum, qaybiri, bir oz, hech nima, birvarakayiga, buyon, hechqay-si, qay kuni, shu yerda, qayerda, uyoqqa, o‘shayoqdan, birato‘la, qayyerda, bir muncha, qayyoqqa, harqaysi, bir pas, bir muddat, biryoqlama, bir yoqli.

65-mashq. Berilgan sifatlar oldidan belgining ortiq yoki kamligini bildiruvchi to‘q, jiqqa, tim, liq, lang, och so‘zlarini qo‘yib yozing. Hosil qilingan qo‘shma sifatlar imlosini tushuntiring.

Qizil, qora, to‘la, ochiq, sariq, ho‘l, qorong‘i.



66-mashq. Quyidagi raqamlarni so‘z bilan yozing. Imlosini tushuntiring.



56, 115, 12, 1977, 2005, 4688, 506, 412, 37, 45, 678, 10541, 26, 65.

67-mashq. Quyidagi birikmalardagi imloviy xatolarni tuzatib yozing. Ularning imlosini tushuntiring.

Tomdan-tomga, yildanyilga, ochiqdanochiq, ko‘pdanko‘p, qizigandan-qizidi, shirindanshirin, kundankunga, tog‘ridanto‘g‘ri, kattadankatta.

68-mashq. Berilgan so‘zlardan izofali birikma hosil qiling. Izofali birikmaning imlosini izohlang.

Tarjima hol, Buxoro sharif, dard bedavo, nuqta nazar, gul beor, dard sar, mual-lim soniy, Qur’on karim, taqdir azal, balo azim, luqma halol, toj davlat, osmon falak, chashm giryon.

69-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Bosh harflarning ishlatilish sababini tu­shun­­­tiring.

1. Tanishib qo‘yaylik: otim Hoshim, erkalatib chaqirmoqchi bo‘lsangiz, Ho­shim­jon deb aytasiz. Familiyam – Ro‘ziyev, Ro‘zivoy traktorchining o‘g‘liman. (X. To‘x­taboyev)

2. – Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek?

– Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li. (A. Qodiriy)

3. Menga Pushkin bir jahon-u,

Menga Bayron bir jahon.

Lek Navoiydek bobom bor,

Ko‘ksi osmon o‘zbegim. (E. Vohidov)

4. Mening bolalik yillarim Farg‘ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg‘unzor, Oqqo‘rg‘on degan qishloqlarida o‘tgan. (A. Qahhor) 5. Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti. 6. Siz bilursiz, men Movara-unnahrdan umidimni uzganimdan beri yorug‘ bir istiqbolni Hindiston tomondan izlamoqdamen. (P. Qodirov) 7. Ulug‘bekning nomi va asarlari mamlakatimiz-dagina emas, balki butun dunyoga mashhur. Uni XVI asrdan beri Yevropada ham, Osiyoda ham, Amerikada ham yaxshi tanishadi. (B. Ahmedov) 8. Uzoq Sirdaryo vohalarida endi lola barg yozadigan salqin hamal oyida Jamna bo‘ylari avji saraton paytidagidek issiq edi. (P. Qodirov) 9. O‘lkamiz hududida Qizilqum, Ustyurt, Mir­zacho‘l, Qarnobcho‘l, Qarshi cho‘llari mavjud. 10. Viloyatda Katta Farg‘ona kana­li, Janubiy Farg‘ona, Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shahrixonsoy va boshqa kanallar bor. 11. 16-asrda Irlandiya hududining barcha qismida Angliya hukm­ronligi o‘rnatilgach, hozirgi Shimoliy Irlandiya hududi Olyestr viloyati tarkibiga kirgan. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) 12. Kavkaz tillari Shimoliy Kavkaz, Turkiyada va kichik guruhlari Suriya, Eron va ba’zi Yaqin Sharq mam­lakatlarida tarqalgan. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) 13. Aslida Qu­yosh Yerga nisbatan bir joyda turadi. Yer esa Quyosh atrofida aylanadi. 14. Za-monaviy sport inshootlaridan “Buxoro” futbol klubining 25000 tomoshabinga mo‘ljallangan “Buxoro” stadioni, “Semurg‘” suv havzasi, “Olimpiya” sport maj­muyi, turli darajadagi xalaqaro musobaqalar o‘tkaziladigan “Humo” tennis korti mavjud. (“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”dan) 15. Asaka shahrida ulkan avtomobil zavodi ishga tushgan. U yerda “Matiz”, “Damas”, “Neksiya”, “Lasetti”, “Epika”, “Kaptiva” kabi yengil avtomobillar, Samarqanddagi SamAvto zavodida esa mikroavtobuslar ishlab chiqarilmoqda. (M. Hamidova) 16. 1935 – 37- yillar mobaynida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani, “Soz” to‘plami bosmadan chiqqanini va “Jo‘r” to‘plami tayyorlanib, nashriyotga topshirilganini aytish kerak. (O. Sharafiddinov)17. “O‘tkan kunlar” romani adibning shoh asaridir. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 18. “G‘uncha” – boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallan-gan jurnal. 19. Yosh-u qari – barchaning kayfiyati ko‘tarinki, bayramona. Chunki bu kun – yangilanish, qayta tirilish, ya’ni Navro‘z bayrami. (“Bolalar ensiklo-pediyasi”dan) 20. 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilandi. (D. Kamoljonova)



70-mashq. Berilgan tarkibli nomlardagi imloviy xatoni tuzatib ko‘chiring. Murakkab otlarning imlosini tushuntiring.

O‘zbekiston respublikasi, Misr arab respublikasi, O‘zbekiston respublikasi pre-zidenti, O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisining raisi, Buyuk Britaniya qirolligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Birlashgan millatlar tashkiloti, Bosh Vazirning o‘rinbosari, Rossiya federatsiyasi, Mudofaa Vaziri, Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, Yozuvchilar Uyushmasi, Fanlar Akademiyasi, O‘simlik Moddalari Kim-yosi instituti, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi, Jahon tinchlik kengashi, Buxoro Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi, “Oltin yul-duz” medali, “Sog‘lom Avlod uchun” ordeni, “Ozbekistonda Xizmat Ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “O‘zbekiston qahramoni” unvoni, “Matbaa A’lochisi” nishoni.

71-mashq. Berilgan gaplardagi imloviy xatolarni tuzatib yozing. Nima uchun xato hisoblanishini imlo qoidasi asosida tushuntiring.

1. yoz kunlari kelsa, bolalarni kapalak va tillaqo‘ng‘iz tutib kelishga tutib kelish­ga buyurardi. (A. Qodiriy) 2. – Bu qanday falokat, mudhish falokat! – Dedi ibn Sino yig‘lamoqdan beri bo‘lib. (M. Osim)

3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorgarlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalalarni:

– Mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;

– Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa mate­riallar to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini... hal qiladi.

4. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) Umumturkiy so‘zlar; 2) O‘zbekcha so‘zlar; 3) Tojik tilidan kirgan so‘zlar; 4) Arab tilidan kirgan so‘zlar; 5) Rus tilidan kirgan so‘zlar.


Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling