Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Download 152.76 Kb.
bet35/54
Sana31.01.2024
Hajmi152.76 Kb.
#1830251
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси (2)

I.I.Zarubin tasnifi

  • Professor I.I.Zarubin o’zbek shevalarini to’rt guruhga bo’lib tasnif qiladi: 1)Xiva; 2) Farg’ona; 3)Toshkent; 4)Samarqand-Buxoro shevalari.
  • I.I.Zarubinning bu tasnifida o’zbek shevalari orasida katta o’rin tutgan hozirgi O’zbekistonning anchagina hududiga tarqalgan qipchoq j-lovchi shevalari va shimoliy o’zbek shevalari hisobga olinmagan.

K.K.Yudaxin tasnifi

  • K.K.Yudaxin o’zbek shevalari tasnifining ikki variantini tavsiya etadi: U o’zining dastlabki variantida o’zbek shevalarining tojik tili bilan bo’lgan munosabati va singarmonizmni saqlash darajasiga qarab, to’rt guruhga ajratadi.
  • 1)asl turkiy tovush tarkibi va singarmonizmni saqlagan o’zbek shevalari;
  • 2)o’z tovush tarkibini qisman o’zgartirgan, singarmonizmni yo’qotgan shevalar;
  • 3)eron tillari oilasiga mansub unlilar tarkibini saqlagan shevalar;
  • 4)o’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari (Samarqand, Buxoro kabi shaharlarda).
  • Keyinchalik, K.K.Yudaxin o’zbek shevalarini o’ziga xos xususiyatlari bilan mufassal tanishib, avvalgi tasnifiga tegishli aniqliklar kiritdi va o’zbek shevalarini besh guruhga bo’ldi: Toshkent, Farg’ona, Qipchoq, Xiva, (Xiva-o’g’uz) va shimoliy o’zbek shevalari.

E.D.Polivanov tasnifi

  • E.D.Polivanov tomonidan bir qator o’zbek shevalari va dialektlari o’rganib chiqildi va shu asosda shevalarning mukammal tasnifi berildi.
  • E.D.Polivanov o’z tasnifida tildagi ikki holatni ko’zda tutadi: 1)metisatsiya (qardosh tillarning chatishuvi);
  • 2)gibridizatsiya (turli tizimdagi tillarning chatishuvi).
  • U shevalarda uchraydigan barcha fonetik o’zgarishlarni hisobga olib, o’zbek shevalarini bir necha guruhga bo’ladi. Eronlashish nuqtai nazaridan, ya’ni ba’zi o’zbek shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini hisobga olib quyidagicha guruhlashtiradi.
  • 1.Eronlashgan shevalar.
  • 2.Eronlashmagan shevalar.

Download 152.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling