Mavzu: O'zbekiston respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari Reja: Kirish


Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar


Download 79.69 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi79.69 Kb.
#1580788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasida auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari

Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar


  • Mustaqillik prinsipi

  • Auditor taxminlarga asoslanib fikr bildirishdan xoli bo‘lishi va o‘zining obro‘sini tushiradigan faktlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

  • Auditorlik tashkiloti mustaqilligiga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, auditorlik xizmatlari ko‘rsatishni rad etishi kerak.

Xolislik va halollik prinsipi


  • Xolislik va halollik prinsipi

  • Auditor jamiyat manfaatlari ustuvorligiga rioya etishi, beg‘araz bo‘lishi va taxminlarga asoslanishi, manfaatlar to‘qnashuvi yoki boshqa shaxslarning bosimlari sababli o‘zining kasbga oid fikr-mulohazasida tavakkalchilik qilmasligi, auditorlik tashkilotining obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak

  • Chuqur kasbiy bilimga egalik prinsipi

  • Auditor ushbu Qonun talablariga rioya etishi, yetarli darajada chuqur kasbiy bilimga ega bo‘lishi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini auditorlik tashkiloti tarkibida sifatli auditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan darajada saqlab turishi kerak.

Axborotning maxfiyligi prinsipi


  • Axborotning maxfiyligi prinsipi

  • Auditorlar va auditorlik tashkiloti xodimlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish jarayonida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni o‘ziga auditorlik xizmatlari ko‘rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz oshkor qilishga hamda o‘zgalarga berishga haqli emas, bundan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Auditorlik faoliyati standartlari

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon qilinadigan auditning xalqaro standartlari hamda sifat nazoratining xalqaro standartlari, tahliliy tekshiruvlarning xalqaro standartlari, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari, turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari auditorlik faoliyati standartlaridir.Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi.


  • Auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ruxsatnomasi asosida auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan auditorlik faoliyati standartlari asosida amalga oshiriladi.

  • Auditning xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun ularni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Auditorlik faoliyati, audit Tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy (buxgalteriya) hisobotlarini mustaqil ravishda tekshirish bo'yicha tadbirkorlik faoliyati.Shaxsiy auditorlar va yuridik shaxslar - mulkchilik turidan qat'i nazar, xorijiy va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tashkil etilgan auditorlik tashkilotlari O’zbekistonda auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega. Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan tashkilotlar sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi va ochiq aktsiyadorlik jamiyatining shakli bundan mustasno, O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo'lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari nazorat sub'ektlari sifatida o'z faoliyatini pullik shartnoma asosida, birinchi navbatda, iqtisodiyotning nodavlat sektoridagi tashkilotlarga kengaytiradi. Shu bilan birga, auditorlik tekshiruvini o'tkazish yoki auditorlik bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatish uchun auditor (auditorlik tashkiloti) bilan shartnoma tuzgan har qanday mijoz (jismoniy yoki yuridik) talabiga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi o'tkazilishi mumkin.
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim.Auditorlik faoliyatining ta’rifi o’zining tarixiy taraqqiyot yo’lida turli manbalarda turlicha bayon qilingan. Masalan, professor M.M.Тo’laxo’jayevaning «O’zbekiston Respublikasida Moliyaviy nazorat tizimi» nomli kitobida auditga quyidagicha ta’rif berilgan:
«audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir».
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu 25.02.2021 yildagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida nazarda tutilgan auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.4Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan. O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir. Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin. Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi. 5
Shuningdek, Qonunning 17-moddasiga muvofiq Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy shaxs auditorning yordamchisidir.Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi. Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.


Download 79.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling