Mavzu: O’zbekiston Respublikasida moliyaviy nazoratni


Moliyaviy nazorat uslublari


Download 22.1 Kb.
bet5/6
Sana07.05.2023
Hajmi22.1 Kb.
#1437432
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jamol Kholmirzaev Moliyaviy huquq fanidan bajargan mustqail ishi

Moliyaviy nazorat uslublari. Moliyaviy nazorat turli uslublar
vositasida amalga oshirilib, bunda uni o‘tkazish uslub va yo‘llari tushuniladi. U yoki bu uslubni qo‘llash bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib,ularga moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlarning huquqiy ahvoli, nazorat obyektlari va maqsadlari, nazorat huquqiy munosabatlarining yuzaga kelish asoslari va boshqalarni kiritish mumkin.
Ilmiy va o‘quv adabiyotlarida moliyaviy nazoratning turli uslublari
ajratiladi. Ayrim hollarda ularga kuzatish, tekshirish, tahlil qilish, boshqa
hollarda esa, moliyaviy rejalar, buyurtmalar, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslarning ma’ruza, axborotlarini eshitish va boshqalar kiritiladi. Bizning fikrimizcha, moliyaviy nazoratning bunday uslublarini ajratish, garchi bu munozarasiz bo‘lmasa-da, shunga qaramasdan, u mavjud bo‘lishga haqli. Ko‘pchilik mualliflar moliyaviy nazoratning faqat tekshiruv va taftish kabi uslublari mavjud deb hisoblaydilar.
O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi 1998-yil 24-
avgustdagi qonuni bilan uning uslublari sifatida tekshirish, moliyaxo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) hamda qarshi tekshiruv va nazorat tartibidagi tekshirish, statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish mustahkamlab qo‘yilgan (Ushbu qonunning 4-moddasi).
Amaldagi qonunchilikda tekshiruvlarning belgilangan barcha turlariga ta’rif berilgan, jumladan:
tekshirish nazorat organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini ijro etishlari ustidan bir marta o‘tkaziladigan nazoratdir;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) – soliq va valuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash;

Download 22.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling